Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

taolo oyati karimasida: “Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon kel-
tirganlarni  va  ilmni  yuksaltirganlarni  bu  dunyoda  yarlaqab,  martaba-
sini  ulug‘  qilg‘aydir,  oxiratda  jannatga  kirmoqlikni  nasib  etgusidir, 
Alloh  taolo  qilayotgan  ishlaringizdan  xabardordir”, –  deyilgan.  Yana 
boshqa oyati karimada esa: “Yo robbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen,deb 
ayt!”  deyilgan

Bundan dunyo va oxirat omonligi, farovonligi ilm bi-
lan bo‘lishi, Yaratgandan eng avval ilm so‘rash lozimligi anglashiladi. 
Ilm olish osonlik bilan kechmaydi: o‘ziga xos mashaqqati, turli murak-
kabliklari bo‘lishi tabiiy. Ilm tolibi buni oldindan bilgan, ularni bo‘yniga 
olgan holda bilim olishga kirishmog‘i lozim. Ana shuni nazarda tutib 
boshqa bir hadisda: “Ilmni  Chinga  borib  bo‘lsa  ham  olinglar”, deyil-
gan.  Hadisdagi  “Chin”  faqat  Xitoy  yurtinigina  bildirmaydi,  ayni  payt-
da u ramziy ma’noda ham masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan 
uzoqlik – davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlar-


142
ni ifodalaydi. Demak, qayerda, qachon va qay muddatda bo‘lishidan 
qat’iy nazar zahmatlar chekib bo‘lsa ham ilm egallashga astoydil bel 
bog‘lash lozim. Hadis mazmuniga e’tibor etgan holda mumtoz adib-
larimiz o‘z asarlarida ilm ahamiyatiga alohida to‘xtalganlar. 
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asarida yozadi: “Bilik  birla 
bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula
1
. Ogahiy ilmdan ke-
ladigan naf haqida yozadi: “Ilm  andoq  ganji  nofe’dur,  bani  odamg‘a  
kim,  Kimda  ul  bo‘lsa,  ikki  olam  bo‘lur  obod  ango”.  Zokirjon  Furqat 
esa: “Ko‘ngullarning sururi ilmdandur, Ko‘rar ko‘zlarni nuri ilmdandur” 
baytini bitadi. Shuningdek, xalqimiz orasidagi mashhur “Baxt belgisi – 
bilim”, “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni”, “Bilim – aql chirog‘i” 
kabi maqollar shu mavzudagi hadislarga mazmunan ohangdosh 
ekanligini payqash qiyin emas.
 Hadislarda ota-onani e’zozlash, qarindoshlarga, qo‘ni-qo‘sh-
nilarga yaxshilik qilish, umuman, jamiyatga manfaat yetkazish, 
ta’lim-tarbiya, odob-axloq kabi mavzular keng yoritilgan. Masalan, 
Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyila-
di: “Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-ona-
sini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar 
ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. 
Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh 
taolo undan rozi bo‘lmaydi”, dedilar. 
Shunda bir kishi: “Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola 
nima qilishi kerak?” — deb so‘radi. Abdulloh: “Agar ular bolaga zulm 
qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak”, – dedilar. Bu hadis orqa-
li islom dinida farzandlarning ota-onasiga munosabati qat’iy belgilab 
qo‘yilganligini ko‘ramiz: har qanday holda ota-onani rozi qilishga inti-
lish, ularga itoat qilish lozim. Faqat boshqa bir hadisda aytilganidek
gunohga, zulmga (ya’ni jinoyatga) buyursalargina itoat qilinmaydi. Bu 
mavzuda yana ko‘plab hadislar mavjud. 
Yusuf Xos Hojib bu kabi hadislardan ta’sirlanib “Qutadg‘u bilig”-
da:  “Atangni,  anangni  sevundir  tushi,  Yanut  berg‘a  tapg‘ing  tuman 
ming asig‘” (Otangni, onagni doim xursand qil, Xizmatlaring evaziga 
1
Bula – top.


143
ming hissa foyda topasan) deb yozgan edi. Alisher Navoiy ular haqi-
da “Birisin oy angla, birisin quyosh” deb uqtiradi. 
Hadislarni o‘qib, ularning yuzada qalqib turgan ifodasidan te-
ran ma’nolarni anglaymiz, o‘zimizga ibrat, pand-nasihatlar ola miz. 
Shuningdek, tarixiy sharoit, dunyoqarash, ijtimoiy qatlamlarga mu-
nosabatdan kelib chiqib ularning zamirida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy mazmun ham jo bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Misol tariqasida 
quyidagi hadisga diqqat qaratamiz. 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning uchta qizi bo‘lsa, ular-
ga odob bersa, mehrli bo‘lsa va kafolatini olgan bo‘lsa, unga jannat 
vojib  bo‘ladi”,  dedilar.  “Yo  Allohning  Rasuli?  Agar  ikkita  bo‘lsa  ham-
mi?”  deyishdi.  “Ikkita  bo‘lsa  ham”,  dedilar.  Qavmdan  ba’zisi  “Bitta 
bo‘lsa-chi?”  deyilganda,  “Bitta  bo‘lsa  ham”,  derdilar. Bir qarashda 
qiz farzand(lar) ko‘rib, u(lar)ni o‘stirgan ota-ona jannati bo‘ladi de-
gan fikr ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin uni tahlil qilganimizda tarixan 
ijtimoiy-siyosiy, ayni paytda hamma davrlar va barcha xalqlar uchun 
birdek ahamiyatli ma’naviy-ma’rifiy mohiyati oydinlashadi. Islomiyatga 
qadar arablarda qiz farzandga past nazar bilan qarash, qiz tug‘ilishi-
dan or qilish odatiy hol edi, hatto otalar o‘z qizlarini tiriklayin ko‘mib 
yuborardilar. Ana shunday bir sharoitda qiz bolani jannat vositachisi 
deb e’lon qilinishi uning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirdi, unga qa-
rashni tubdan o‘zgartirdi. 
Hadisning  ma’naviy-ma’rifiy  ahamiyati  alohida  e’tiborga  molik. 
Qizi bor odamning jannatga tushishi uchun uchta shart qo‘yilyapti. 
Birinchisi, “odob  bersa”. Qiz bolani tarbiyalash g‘oyat nozik, murak-
kab va mas’uliyatli ish. Uni iboli, hayoli, har qanday vaziyatda ham 
or-nomusini saqlaydigan qilib o‘stirish ota-onaning birlamchi vazifasi. 
Bu sifatlarga ega bo‘lgan qiz oilaning, qolaversa, millatning sha’ni, if-
tixoridir, aks holda, u o‘z xonadonini ham, xalqini ham isnodga qoldi-
radi. Isnodga sabab bo‘ladigan qiz ota-onasi uchun dunyo va oxirat-
da azobdan boshqa narsa emas. Ikkinchisi, “mehrli bo‘lsa”. Ota-ona 
o‘g‘il farzandiga bo‘lgani kabi qiziga ham birdek mehrli bo‘lsa, unda 
hech qanday o‘ksiklik bo‘lmaydi, ko‘ngli butun, ruhi ba land, o‘zini 
to‘laqonli his etadi. Shunda odobi ham, ma’naviyati ham ibratli bo‘la-


144
di. Uchinchisi, “kafolatini olgan bo‘lsa”. Kafolatini olish – bu yetarlicha 
uni moddiy ta’minlash: yedirib-ichirish, o‘rtacha kiyintirish, dunyo va 
oxiratiga  kerakli  ilmlar  berish  hamda  muvofiq  keladigan  hunarli  qi-
lish. Mumtoz adiblarimiz, ma’rifatparvarlik hamda jadid adabiyoti na-
mo yandalari ijodida farzandga ilm berish, xususan, qiz bola tarbiya-
si borasida teran fikrlar bor. Bu fikrlarni o‘qib, ular asosan yuqoridagi 
kabi hadislardan mazmunan oziqlanganligiga iqror bo‘la miz.
Payg‘ambarimiz (a.s.)ning mukarram axloqi, har ishdagi komil 
ibrati soyasida tarbiya topgan va o‘zlarining buyukligi bilan e’tirof qo-
zongan sahobalar tomonidan aytilgan hikmatlar asarlar (osor) deyila-
di. Asar (osor)larda hadislar bilan mazmuniy uyg‘unlik kuzatiladi.
Hadislar adabiyotimiz, dunyoqarashimiz, turmush tarzimiz-
da chuqur iz qoldirgan ibrat, hikmat va donishmandlik asosidir. 
Hadislarni o‘qish, uqish, yodlash, eng asosiysi, ularda jo bo‘lgan yuk-
sak axloq me’yorlari bilan zohir-u botinimizni, umuman, hayotimizni 
ma’nan bezamog‘imiz darkor.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish