MUSULMONNINg ArAzLAB YUrISHI HAQIDA
Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.):
“Bir-biringiz bilan achchiqlashmang, hasad qilmang, teskari qa-
rab ketmang. Ey, Alloh taoloning bandalari! Bir-birlaringiz bilan
aka-uka bo‘linglar. Hech bir musulmon kishi o‘z birodaridan uch
kechadan ortiq arazlab yurishi joiz emasdir”, dedilar.
tO‘g‘rILIK VA NOMUSNI SAQLASH HAQIDA
Uboda ibn Somit rivoyat qiladi: “Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
“Siz menga olti narsaga kafolat bering, men ham sizga jannat
kafolatini berayin: rost so‘zlang, va’dangizni bajaring, omonat-
ga rioya qiling, nomusingizni saqlang, haromga nazar qilishdan
tiyi ling va qo‘lingizni haromdan torting”.
Do'stlaringiz bilan baham: |