Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Nazariy ma’lumot
KOMIL INSON
Tasavvuf – musulmon olamida (mamlakatlarida) keng tarqal-
gan, butun dunyoda mashhur bo‘lgan islom diniga asoslanuvchi 
buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat islom dinining ichki va tash-
qi go‘zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. 
Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni 
komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’navi-
yatli, aqlan va jismonan barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat 
adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan 
teng lashtiriladi. Demak, ruhni poklash zarur. Poklanishning yo‘li esa 
bitta, u nafsni yengishdir.
Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana 
johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo, dunyoparastlik, zulm, o‘g‘ri-
lik, tanballik, tama, ko‘rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, ko‘ngli tor-
lik, g‘azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg‘aydigan, uni Allohdan 
uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig‘indisi tushuniladi.
Qur’oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bi-
lan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. 
Shuningdek, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadis-
larida ham bu borada ko‘rsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati 
Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: “Yo Ali, 
valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko‘p-ko‘p ibodat qilgan-
laridan emas, o‘z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug‘ daraja-
ga erishganlar”. Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga 
tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum.
Shuning uchun Navoiy “Nafs itin qilsang zabun, olamda yo‘q 
sendek shujo” deb yozsa, “Qisasi Rabg‘uziy”da bir nafsning ishini 
yet mish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi.
“Farhod va Shirin”ga qaytaylik. Dostondagi Farhod olishib yeng-
gan ajdaho, Ahraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy 


86
obrazlar emas, balki har bir inson (masalan, Farhod)ning botini (ichki 
olami)dagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. 
Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, 
ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko‘rinadiki, nafsni yengish 
quroli — bu ISHQ ekan.
Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg‘ulargina 
emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisor-
lik, sabr, qanoat, g‘ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mard-
lik, hayo, pokizalik, shirinso‘zlik, shafqat, umuman, inson qalbini, 
ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Allohga yaqinlashtiradigan bar-
cha ezguliklar, pokliklar yig‘indisi tushuniladi. Ishqning o‘rni ko‘ngilda 
bo‘ladi. Ko‘ngil ishq tufayli poklanadi. Ko‘ngil poklansa, ishq yanada 
o‘tli, nurli bo‘ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko‘ra ko‘ngil-
ni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o‘rganiladi. Farhodning 
ustozlaridan kasb o‘rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand 
ustalar obrazi emasdi.
Boniy – ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan 
piri komil. Moniy – Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglat-
gan ustoz. Qoran – ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklar-
ni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, 
Suqrotdek ulug‘lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o‘zlashtirgan in-
songina hayotlik davrida o‘z botinida dev, ajdaho, arslondek bo‘lgan 
nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o‘z 
nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga 
bas kela oladi. Bir so‘z bilan aytganda, u insoniy o‘zligini yo‘qotmay, 
poklanish yo‘lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson 
ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’no-
da Farhod o‘zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson 
obrazidir.


87
xOjA
(1480–1547)
Xojaning to‘liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo‘lib, 
millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda bir-
dek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o‘rin tuta-
di.  Toshkentlik  mashhur  avliyo  Zangi  Ota  avlodlaridan.  1480-  yil-
da Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdul-
vahhob xoja oilasida tug‘ilgan. 
Dastlab otasidan, so‘ng e’tiborli murabbiylardan tahsil ol-
gan  Poshshoxoja yigitlik bo‘sag‘asidayoq davlat xizmatiga kirishadi
ya’ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi. Keyinchalik 
shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli Darun viloyatiga 
hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi 
vazifalari da ishlaydi. 1529- yilning kuzidan Navoiyning kindik qoni 
to‘kilgan Hirotning, 1534- yildan esa Balx shahrining shayxulislomi 
vazifasiga tayin etiladi. Umrining so‘nggi yillarida davlat ishlaridan 
iste’fo bergan adib Buxoroga qaytadi va butun borlig‘ini badiiy ijodga, 
xalqning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Xoja 1547- yilda Buxoroda 
vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi. 
Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur 
“xojagon” silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi. Bu silsila dun-
yoga Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi 
ko‘plab dovruqli murshidlarni yetkazib bergan.
Xojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” asarida 
otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli 
ma’lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida ba-
land bo‘lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe’li, 
adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan “maxdumi 
a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida fikr 
yuritib, “shahbozi balandparvoz” (baland uchuvchi lochin) deb baho-
lagan ediki, bu bejiz emas. “Muzakkiri ahbob” muallifi Xojaning fazi-
latlari haqida so‘z yuritib, she’r ilmini, insho (yozishma san’ati)ni mu-
kammal bilganini xabar qiladi. Jumladan, podsholikning chet ellarga 
jo‘natiladigan xatlarini ham ko‘pincha shu kishi yozgan ekan.


88

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish