Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Adabiy merosi. Nisoriy uning turkcha va forscha devon tar-
tib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan 
emas. Taqdiri noma’lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar 
haqiqatan ham, Xojaning iste’dodli shoirlardan bo‘lganini ko‘rsatadi. 
Xususan, bir g‘azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she’r unga 
ma’qul bo‘lib, maqtaganini qayd etib o‘tadi. Mana o‘sha she’r:
Kunduz avqotim
1
  sening hajringda nolon kechadur,
Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
Ulki, jondin kechadur, sham’i visolingni ko‘rub.
Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur.
Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi, 
Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig‘ nola qil, zulfi g‘amidin kechalar
Kim, mahali nola-vu faryod-u afg‘on kechadur.
Darhaqiqat, she’r yuksak san’atkorlik bilan yozilgan. Shoir 
so‘zlarning ma’no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foyda-
langan. Masalan, g‘azalda radif bo‘lib kelayotgan “kechadur” ko‘p 
o‘rinlarda ikki ma’noda kelyapti. Uchinchi-to‘rtinchi baytlarda bular yo-
niga “voz kechmoq”, “gunohini kechmoq” ma’nolari ham qo‘shilyapti. 
Bir so‘z bilan aytganda, butun she’rni birgina so‘z  — “kechadur“ har 
maqomga solib o‘ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab 
qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko‘z tashlaylik. 
She’rning har bir misrasi bir necha xil ma’no ifodalaydi. Jum-
ladan, matladagi ilk misraning birinchi ma’nosi: kunduzi vaqtim se ning 
hajringda nola bilan o‘ta (kecha)di. Ikkinchi ma’nosi: kunduz kunim 
sening hajring tufayli nolalarga to‘la qora tun (kecha)dir. Birinchi mis-
rada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo‘lsa, keyingi misrada 
tun (kecha)dagi to‘lg‘onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma’no-
si:  Bu  kecha  zulfing  kabi  holimni  parishon  qilgan  kecha  (tun)dir.  Ot 
so‘z turkumiga mansub “kecha” so‘zi misraning boshi va oxirida ega 
1
Avqot – vaqtlar.


89
va ot kesim munosabatida takror qo‘llanyapti. Shu misraning ikkin-
chi  ma’nosi:  kechasi  mening  holim  zulfing  kabi  parishonlikda  o‘ta 
(kecha)di. Misra boshidagi “kecha” – ot so‘z turkumi, misra oxiridagi 
so‘z esa – fe’l, ega va fe’l kesim munosabatida. Misrani boshqacha-
roq,  ya’ni  kechasi  holim  zulfing  kabi  parishonlikda  o‘tadi  ma’nosida 
talqin qilsak, bu so‘zlar orqali hol va fe’l kesim munosabati yuzaga 
keladi. Bu yerda zulf so‘zi o‘ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora 
zulf kabi kecha qorong‘u, yoyilgan zulf kabi oshiq holi parishon. Radif 
bo‘lib kelayotgan “kechadur” so‘zlari orqali yuzaga keltirilyotgan ba-
diiy san’atlarga e’tibor bering: bu so‘z ifodalayotgan ikkala misradagi 
birinchi ma’nolar ham, ikkinchi ma’nolar ham o‘zaro shakldosh bo‘lib, 
tajnis san’atini yuzaga keltirmoqda. Aynan bir so‘zni ifodalagan birin-
chi va ikkinchi ma’nolarda esa takrir san’ati hosil qilingan. 
Ikkinchi baytning birinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qo-
ra sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning bari ko‘zim oldida bir 
xil (yakson), ya’ni qop-qora kecha (tun)dir. Ikkinchi ma’nosi: ey pari, 
anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning ham-
masi ko‘zimga bir xil (yakson), ya’ni vayrona kabi kechadir (o‘tadi). 
Shu baytning uchinchi ma’nosi: “yakson” (bir xil) so‘ziga “yil, oy, kun, 
soat birdek o‘tadi”, degan ma’no ham berish mumkin. Shunda birin-
chi aniqlovchi so‘z “yil” bo‘lganligi uchun hammasi birdek, ya’ni yildek 
o‘tadi degan mazmun kelib chiqadi. Shu tariqa g‘azalning har bir bay-
tidan qavat-qavat ma’nolarni uqish mumkin.
Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. 
Doston 1514–1520- yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, 
Nizomiy  Ganjaviy  “Xamsa”sining  birinchi  dostoni  “Maxzan  ul-as-
ror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tarixi da 
ko‘proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi. Uning bizgacha ikki hikoyalar 
to‘plami – Temur Sultonga bag‘ishlangan “Miftoh ul-adl” („Adolat ka-
liti“),  Kistan  Qaro  Odilga  bag‘ishlangan  “Gulzor”  asarlari  yetib  kel-
gan.  “Miftoh  ul-adl”  1508–1510-  yillarda,  “Gulzor”  1538-  yilda  yo-
zilgan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nus xasi 
saqla nib qolgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka-
demiyasi Sharqshunoslik ins tituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. 
1962- yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan.


90

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish