Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 11,62 Mb.
bet4/122
Sana22.07.2022
Hajmi11,62 Mb.
#835893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
9 sinf afabyot (1)

ALPOMISH




Burungi o‘tgan zamonda, o‘n

lti urug‘ q

‘ng‘irot elida Dobonbiy

dеgan o‘tdi. Dobonbiydan Al

inbiy dеgan o‘g‘il farzand paydo bo‘ldi.

Alpinbiydan tag‘i ikki o‘g‘il

aydo

bo‘ldi: kattakanining otini Boybo‘ri

qo‘ydi, kichkinasining otini Boysari qo‘ydi. Boybo‘ri bilan Boysari – ik-kovi katta bo‘ldi. Boysari boy edi, Boybo‘ri shoy1 edi. Bu ikkovi ham farzandsiz bo‘ldi.

Ana ndi o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elida bir chupronto‘y2 bo‘ldi. Xaloyiqlarni, latiyalarni3 to‘yga xabar qildi. Shu to‘yga barcha xalo­ yiqlar yig‘ildi. Biylar4 ham to‘yga kеldi. To‘ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi. Biylar: “Mazmuni, bu odam-lar bizning kеlganimizdan bеxabar qoldi”, — dеb otini o‘zlari bog‘lab, m ’rakai majlisga kеlib o‘tira bеrdi.


Biylarning ko‘nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos ashlamadi. Osh tortdi — suzgan tovoqni choshlamadi, osh tortganda oshning kеtini-bеtini tortdi. Bu qilgan xizmatni biylar ko‘rib, ilgari izzat ko‘rib yurgan odamlar aytdi: “Bizlar o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irotning boyi am shoyi bo‘lsak, bizlar kеlsak, otimizni ushlar edinglar, ko‘nglimizni




1Shoy – shoh; 2Chupronto‘y – sunnat to‘yi; 3Elatiya – chorva bilan shug‘ullanadigan qavmlar; 4Biy – bek.



8


xushlar edinglar, bu daf’a bizdan nima o‘tdi, bizni bunday bеhurmat

qildinglar?”


Bu so‘zni eshitib, o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elida paygabеtdan1 tu-


rib, bir chapanitob boyvachchasi aytdi: “Ey, Boybo‘ri­ bilan Boysari! Bu to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sеning ni-mangdan qaytadi?! O‘zing o‘lsang, molingga har mеrosxo‘r chiqadi, og‘ziga odam kirib kеtadi”


http://eduportal2.


Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa bo‘ldi. Xafa bo‘ ib, sakson tillani chupronga tashlab, turib kеtdi. Borib, chеchib mindi b еdov otti Ikkovi uyga yеtti. Ikkovi qildi maslahatti. Bu so‘z ikkoviga juda bo-tib kеtdi. Boybo‘ri turib aytdi: “Boysari uka, qarig nda bizning moli­ miz bеsohibga3 сhiqdi. Endi bizlar bir farzand a ddi qilm ymizmi?” Boysari turib aytdi: “Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, Xudo bеrmasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!” B yb ‘ i aytdi: “Shu yе rdan Shohimardon pirning ravzasi4 uch kunchalik y ‘l kеlar ekan, har kim borib tunar ekan: davlattalab davlat tilar ekan, farzandtalab far-zand tilar ekan, oxirattalab iymon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodig­a yеtib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazr-u niyozimizni bеr-sak, Shohimardon pirning ravzasini t nlab, biz ham bir farzand tilab ko‘rsak”.


Shunda bu gap boylarning ikkoviga ham ma’qul tushib, bir-biriga: “Rost aytasan”, — еb nazr-u niyozni olib, biylar ikkovi Shohimardon pirning­ ravzasiga qarab jo‘namoqchi bo‘lib, mindi bеdov otdi, uch kun tinmay yo‘l tortdi. Uch kun yo‘l yurib, Shohimardon pirning ravzasiga yеtdi. Olib borgan nazr-u niyozini shayxlarga bеrib, biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam qirq kun o‘tdi. Bir kam qirq kun dеganda ravzadan ovoz kеldi: “Ey, Boybo‘riman Boysari, sеn bir kam qirq kundan bеri tunab yotibsan. Xudoning yaratgan shе ri mеn bo‘lsam, bir kam qirq kundan bе ri bir oyog‘im bilan turib, sizlar uchun oraga ushib, Xudodan farzand tilayman. Yaratgan farzand bеrmay-man еdi”. Biylar bu ovozni eshitib: “Bizlar bir kam qirq kundan bеri kеlib, sizni tunab yotsak, Xudoning yaratgan shеri siz bo‘lsangiz.




1Pаygаbеt – bo‘sag‘a, eshikka yaqin joy; 2Odamni mensimaydi, uni yutib yuborguday bo‘ladi ma’nosida; 3Bеsоhib – egasiz; 4Rаvzа – maqbara.



9


Bizlar uchun oraga tushib, biror farzand tilab olib bе rmasangiz, bizga pirligingiz yolg‘on, Xudoga shеrligingiz yolg‘on. Bor, unday bo‘lsa, biz ham dunyoning bahridan o‘tdik”, — dеb tappa tushib, ravzada, turbat-
ning1 ostida yotdi.

Qirq kun o‘rtadan aniq o‘tdi, boz2 ravzadan ovoz kеldi: “Boybo‘ri, sеnga Xudoyim bir o‘g‘il, bir qiz bеrdi. Yolg‘iz emas, egiz http://eduportalbеrdi.Boysari,sеngaXudoyimbirqizbеrdi.Egizemas,yog‘iz bеrdi. Bundan borsang, farzandlarni ko‘rsang, xaloyiqlarni yig‘sang, to‘y-to-moshalar bеrsang, to‘yda qalandar bo‘lib borib, bo ringning otini


o‘zim qo‘yib kеlaman”.


...Oydan oy, kundan kun o‘tib, to‘qqiz oy, o‘qqiz kun, to‘qqiz soat oradan o‘tib qoldi. Boybichalarning oy-kuni y qin yetdi. Biylar ik-kovi aytdi: “Bizlar ham bir shohlik shavka ini qilsak, ovga chiqib kеt-sak, farzandlar yеr yuziga tushsa, suyunchi dеb, bir n еchalar oldimiz-ga yo‘lga chiqib, bizlardan tilla tanga in’ m lsa”, — dеb bu o‘ylarni o‘ylab, biylar ovga jo‘nab kеtdi.


Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yеtdi. Nе kampir-lar kеlib, tulkini inlatgan3 toziday bo‘lib, boybichalarni angnib4, o‘rta-ga olib turibdi. Biylar shu vaqtda ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzand-lar yеr yuziga tush i. Bir nеchalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi. Biylar ziyo a vaqti xush bo‘lib, mazgiliga5 kеlib, joy olib, vaq-ti xushligidan har tarafga xabar yuborib, to‘y-tomoshalar qilmoqchi bo‘lib, chog‘lanib, sozlanib, o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elining katta-kichik biylarini,­ oqsoqol, arboblarini yig‘dirib, “To‘y qilamiz”, — dеb masla-hat qildi. O‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elining odamlari, eshitgan xaloyiqlar gu ros-gurros bo‘lib kе lavеrdi. Shunda katta-kichiklar kеlib, biylar og‘zidan “To‘y qilamiz”, — dеganini eshitib, to‘yning asboblarini tu­ zab, qancha so‘qim mollarni so‘yib, osh-palovlarni damlab, fuqaro, bеva-bесhoralar to‘yib, shul alpozda o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irotning bor odami to‘yni qilib, hammalari jam bo‘lib, qirq kеcha-yu qirq kunduz o‘y qilib yotdi.


...To‘y tarqaydigan kun bo‘ldi. Bir vaqt, shunda biylar qarasa, uzoqdan bir qalandar ko‘rinib kеlavеrdi. Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tar-


1Turbat – bu yerda ostona ma’nosida; 2Boz – yana; 3Inlаtgаn – inga qamagan;


4Аngnib – poylab; 5Mazgil – manzil.



10


zi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kеlayotir.

O‘zga kishilarga u qalandarning holi-ahvoli ma’lum emas. Ravzadagi


so‘zlagan ovozni eshitgani sababli: “Shohimardon pirim shul kishi bo‘lmasa”, — dеb biylar o‘rnidan turib, oldiga pеshvoz chiqib, sa-lom bеrib, ziyorat qilib, majlisxonaga1 boshlab olib kеldi. Sh nda farzandlarn­ing uchovini ham olib kеlib, Shohimardon pirning eta-giga soldi. Shohimardon pir Boybo‘rining o‘g‘lining otini Hakimbеk




http://eduportalqo‘ydi.O‘ngkiftigabеshqo‘liniurdi.Bеshqo‘liningo‘rnidog‘bo‘lib, bеsh panjaning o‘rni bilinib qoldi. Qizining otini Q dirg‘ochoyim

qo‘ydi. Boysarining qizining otini Oybarchin qo‘ydi. Ana shunda Shohimardon pir Hakimbеkka Oybarchinni un sh irib, bеshikkеrti qilib: “Bu ikkovi er-xotin bo‘lsin, Hakimbеk bilan hеch bir kishi baro-bar bo‘lolmasin. Omin, Allohu akbar”, — dеb fo ihani bеtiga tortdi. Shohimardon pir turib, jo‘nab kеtdi, odamla ning k ‘zidan g‘oyib bo‘lib kеtdi. Ana shuytib, biylarning to‘ylari ham tarqab kеtdi.


Shunda bolalar kundan kun o‘tib, ydan y ‘tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqan-dan kеyin, elga engandan kеyin t tib, chovini ham maktabga qo‘ydi. Ular maktabda o‘qib yurib, yеtti yoshga kirdi. Burro savodi chiqib, xat o‘qib, yozadigan mulla bo‘l i. Sh n a Boybo‘ribiy: “Endi o‘g‘lim savo-di chiqib, mulla bo‘ldi. O‘g‘limga endi shohlik, sipohlik ilmini o‘rgata­ yin”, — d еb mulladan chiqarib ol i. Boysari ham Boybo‘riga taassub qildi. Bul ham Oybarchin qizini maktabdan­ chiqarib oldi. “Chiqarib olib, qizimga Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini o‘rgatayin,­ qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin”, — dеdi.


Shunda Hakimbеk yеtti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qol-gan o‘n to‘rt botmon birinjdan2 bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yе i yashar bola Hakimbеk shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘liga ushlab, ko‘ arib or di, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib kеt-di. Asqar og‘ning katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olam­ga kеt-di. S unda barcha xaloyiqlar yig‘ilib kеlib: “Dunyodan bir kam to‘qson


p o‘ di. Alplarning boshlig‘i Rustami doston edi, oxiri­ bu Alpomish alp bo‘lsin. To‘qson alpning biri bo‘lib, sanaga o‘tdi”, — dеdi. Oxiri




1Majlisxona – bazmxona; 2Birinj – bronza.



11


Alpomishbеk alp bo‘lib, to‘qson alpning biri bo‘lib, sanaga o‘tib, alplik otini ko‘tardi, yеtti yoshida Alpomish ot qo‘yildi.

uzan

Kunlardan bir kun Hakimbеk kitob o‘qib o‘tirib, baxildan, saxiy-dan gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o‘g‘li Alpomishdan: “Kishi ni-
madan baxil bo‘ladi, nimadan saxiy bo‘ladi?” — dеb so‘radi. Sh nda o‘g‘li turib aytdi: “Vaqti-bеvaqt birovnikiga mеhmon kеlsa, otini sh-


http://eduportallab,joyborbo‘lsa,ko‘nglinixushlabjo‘natsa,bulhamsaxiy; agar joy bor turib, joy yo‘q, dеb qo‘ndirmay jo‘natsa, bul odam baxil Vaqti-

bеvaqt bir kishi mozorotning qabatidan o‘ts , ch p oyog‘ini - gidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqiga duo o‘qib o‘tsa, bul ham saxiylik; agar har kim mozordan o‘tgand , ch p oyog‘ini uzan-


gidan chiqarmay, mozorotning haqiga duo qilm y o‘ s , bul ham ba­ xil. Kishining moli zakotga yеtsa, zakot bе sa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bеrmasa, bul ham baxil ekan”.
Bul so‘zni Boybo‘ribiy Hakimb еkdan eshitib, fikr qilib: “Mеn o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elining ham b yi b ‘lsam, ham shoyi bo‘lsam, mеn kimga zakot bеraman. M еning davlatimda yolg‘iz inim Boysari baxil-likka chiqib kеtmasin”, — dеb o‘z ko‘nglida: “Boysaribiy ukam mеnga zakot bеrishi kеrak ekan”, — d еb o‘yladi. O‘ylab: “Boysariga boring­ lar, Boysari o‘z rozichiligi bilan bir chichqoq uloqni zakot dеb mеn-ga bеrsin. Zakot o‘rniga o‘tar- a, Boysari baxil bo‘lib, baxillikka chiqib kеtmasin”, — dеb o‘n to‘rt mahramni buyurdi.
Boysaribiy o‘n ming uyli qo‘ng‘irot eli bilan ko‘chib borib, Ko‘kqamish ko‘lida liboylik qilib, mollarini sеmirtirib, yaylovda joylab yotib edi. O‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining boyvachchalari bilan yig‘ilib, bir yеrga jam bo‘lib, baxmal o‘tovni tikib, shu o‘tovning ichida ham-ma boyvachchalar bilan qimiz ichib, shag‘al (qat iq) mast bo‘lib, o‘z kayf- safosi bilan o‘tirib edi. Ana shunda otining bo‘yniga tilla qo‘tos (ol in umor ) taqilgan o‘n to‘rt mahram Boybo‘ridan Boysarini so‘rab borib qoldi. Shundagi boyvachchalar bularning kеlganini bilib, eshik­ ka chiqib, mahramlarning otini ushlab qoldi. Mahramlarni ichkariga olib kirdi. Boysari bulardan yo‘l bo‘lsin, qilib savol so‘radi. Mahramlar savolga javob bеrib aytdi: “Biz akangdan kеlgan zakotchi bo‘lamiz, bugun bizlar­ sеning molingni zakot qilamiz. “Zakot qilinglar, bеrsa, zakotini olib kеlinglar”, dеb yuborgan”, — dеdi.



12


Bu so‘zlarni mahramlardan eshitib, Boysari ko‘ngliga og‘ir olib, aytdi: “Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bo‘lmagan, endi

akamiz o‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da”. Zakot dеgan gapni eshitib, bu gap botib kеtib, oldida-gi o‘zining odamlariga buyurdi:­ “Ushla, bachchag‘arlarni!” — dеdi. Boyvachchalar mahramlarni bitta-bitta ushlab qoldi. U yеttovining quloq-burnini kеsib, o‘zlariga yеgizib, otiga chappa mingizib, otning




http://eduportalustigatortibboylab,“Manabunizakotdеbaytadi”,—dеbQo‘ng‘irot tarafiga haydab yubordi.
Shunchalik ishni qilsa ham, Boysaribiyga z kot dеg n g p ni-hoyatda o‘tib kеtgan ekan: “Endi biz o‘z yurtimizda sig‘indi bo‘lib, o‘z akamizga zakot b еrib yuradigan bo‘lsak, bu elda bizning turgiligimiz qolmadi”, — dеb, o‘n ming uyli qo‘ng‘irot eliga qa ab: “Endigi masla-hat nima bo‘ldi?” — dеb turgan ekan:

Oh urganda ko‘zdan oqar sеl b y sh,


Maslahat bеr, o‘n ming uyli qarind sh,


Qo‘ng‘irot eldan molga zakot kеlibdi,


Maslahat bеr, o‘n ming yli qarindosh!


Qursin, Hakimbеgi m lla bo‘libdi,


Bеzakot mollarni harom bilibdi,


Qo‘ng‘irot l an molga zakot kеlibdi,


Maslahat bеr, o‘n ming uyli qarindosh.


Dardli qul dardimni kimga yoraman,


Ayriliq o‘tiga bag‘ri poraman,


Mina1 elda sig‘indi bo‘p turaman,


O‘z akama qanday zakot bеraman?!


Maslahat bеr, o‘n ming uyli qarindosh!


Mina elda mеn ham bеkman, to‘raman,


O‘z akama qanday zakot bеraman?!


O‘z akama o‘zim zakot bеrguncha,


Qalmoq borib juz’ya2 bеrib yuraman...


Ana shunda Boysaribiy bu so‘zlarni aytdi. Shu turgan xalo­ yiqlardan­ еch bir sado chiqmadi. Shu majlisda bir Yartiboy oqso-




1Mina – manavi; 2Juz’ya – g‘ayridinlarga solinadigan katta miqdordagi soliq.



13


qol d еgan bor edi. Majlisli kun bo‘lsa, to‘rdan joy tеgmay, piyoladan choy tеgmay, bo‘sag‘aning oldida kovushga joy b еrmay, kovush bilan aralashib, it yiqilish bo‘lib, paygabеtda yotar edi. To‘rda o‘tirgan kat-taman dеb yurganlarning hеch qaysisidan gap, sazo chiqmagandan kеyin paygabеtdan Yartiboy o‘rnidan turib, maslahat sh l-da, — dеb Boysarining so‘ziga javob bеrib turibdi:


http://eduportalMaslahatbеrmaymizBoysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga,

Biring — aka, biring — uka, Boys ri,


Maslahatni, shohim, o‘zing bilas n.


...Biz bilmaymiz Boybo‘rining ishini,


Maslahatga yig‘ib shuncha kishini,


Kim maslahat bеrsa, kеsar b shini.


Maslahat bеrmaymiz B ysaribiyga,


Osilmaymiz Boybo‘rining d riga.


Boysaribiy Yartiboydan bu so‘zni eshitib, tag‘i o‘zi bu turgan odamlarga qarab, bir so‘z dеdi:


Quloq soling Boysarining tiliga,


Ko‘chib kеtay mеnam Kashal eliga.


Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga,


Sеmurg‘ qushlar salom bеrar qoshiga,


Quloq soling Boysari nolishiga,


Qalmoq borib qo‘nsam Chilbir dashiga.


Kalma shahodat musulmonning tiliga,


Azamat bosh bеrar dinning yo‘liga,


Turarim yo‘q Boysin-Qo‘ng‘irot eliga.


O‘z elim dеb yana bunda turgancha,


O‘z akama o‘zim zakot bеrgancha,


O‘z akamdan bunday xo‘rlik ko‘rgancha,


Qalmoq borib juz’ya bеrsam bo‘lmaymi?


Zakot еgan gapni akam chiqarib,


Mеning toza ulsizligim bildirdi.





14

Boysaridan bu so‘zni Yartiboy eshitib, Yartiboy ham Boysari­ biyga qarab bir so‘z dеdi:

Dam shu damdir, o‘zga damni dam dеma,


Boshing eson, davlatingni kam dеma,


Sеn kеtar bo‘lsang Qalmoq yurtiga,


Bul elatni qolar dеb ham g‘am yеma.


http://eduportalQaygako‘chsang,bizlarbirgaboramiz, Bolalarni jahongashta qilamiz...

Yartiboy oqsoqolning aytgan gapi o‘n ming uyli qo‘ng‘irot e i kat-


ta-kichigining bariga ma’qul tushdi. Hammasi: “Boys i ko‘chs , bizlar


ham ko‘chib kеtayik, Boysari o‘lik yеrda — o‘lik, i ik bo‘lsa — tirik;


endi Boysin-Qo‘ng‘irot yurtini Boybo‘riga b ‘sha ib bе ayik, Boysin-


Qo‘ng‘irot yurtini bir o‘zi joylab olsin”, — dеdi.


O‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elidan ‘n ming uyli ekin ekmoqni bilmay­digan eliboylar ayrilib, Boysariga q ‘shildi. Bular hamma-


si boy — qo‘yli, tuyali. Molining soni yo‘q edi. Bularning ichida moli yo‘q dе gan kambag‘alining qirq ming t yasi bor, qo‘yining sonini, adadini o‘zlari ham bilmas edi. Bir qo‘ra, ikki qo‘ra, o‘n qo‘ra dеb, sanagani shul edi. Yilqi, mollarini bir y r falon to‘qayda yuribdi, ikki uyur falon to‘qayda yurib i, еr e i. Sonini sanamoqni hеch qaysi-si bilmas edi. Bular qish an yozga ekin ekmay, mol boylik qilar edi. Shuning bilan ovqatlarini1 o‘tkazar edi. Boysariboyning yilqisining soni shul edi: to‘qson to‘qay yilqisi bor edi. To‘qson to‘qay dеgani — yilqisi har yеrlarda: to‘qaylarda, tog‘larning darasida, to‘qayli yеrlarda yoyi­ lib yurar edi. To‘qaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boysariboyning to‘qson to‘qay yilqisi bor, еr edi. Lеkin yilqisining, molining sonini hеch bilmas edi.


...O‘n ming uyli qo‘ng‘irot talato‘p bo‘lib Kashal eliga, Qalmoq yur iga qarab, “Ha!”­— еb ko‘cha bеrdi. Hammasi birdan ko‘chib, o‘n ming uyli el Boybo‘ridan araz urib, ...Boysari bilan birga ko‘chib jo‘nay bеrdi. Ayollarga ham yaxshi otlarni olib kеlib tortdi. Bu ayollar ham otlarni minib, chog‘lanib, jo‘namoqchi bo‘lib, Barchinoyga, enasiga qarab turdi.




1Ovqatlarini – tirikchiligini.



15


Ana shunda enasi Barchinoyni ham jo‘natmoqchi bo‘lib, Barchinoy uchun to‘riq yo‘rg‘a otni tabladan1 olib kеlib, ustiga ma­

yin, toza, muloyim baxmal parquvlardan solib, tilla yuganlarni boshi-ga solib, juda choqlab, otning jilovidan ushlab olib kеldi. Ana shunda enasining bul otni yеtaklab olib kеlganini ko‘rib, Barchinoy sh nday


qarasa, o‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining hammasi ko‘chib talato‘p bo‘lib,
shovqin qilib borayotibdi.
http://eduportal...O‘nminguyliBoysin-Qo‘ng‘iroteliningjo‘nashini Fozil



Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish