Qo‘chqor: — (Qiynalib.) Voy, jonim-ey... Kecha yana bo'pti- da, padariga la’nat!.. (Chaqirib.) Alomat! Alomat, deyapman! (Xo‘rligi kelib.) Buyam bog'lab tashlapti... Bu xotin zotining hammasi bir go'r ekan. Men ahmoq, bu robot-ku, odam emas-ku, esi bordir, deb o'ylabman! (Baqirib.) Alomat! Kimga aytyapman, buyoqqa qara! Voy- ey, ichim yonib ketyapti... Qumri hech bo'lmaganda suv-puv berib turardi... E-e, kecha terim boshlangan-ku, dalaga ketgan... (Chiranib ko‘rib.) Voy-voy-voy, bu Qumridan ham qattiq bog'labdi...
(Eshikdan og‘ir sumkani sudraganicha Turobjon keladi.)
Turobjon: — (Sumkani tashlab, yugurib keladi.) Dada! Biz yana qaytib ko'chib kelyapmiz!
Qo‘chqor: — O'g'iltoy!.. Keldingmi?.. Sog'intirib qo'yding-ku, o'g'iltoy!
Turobjon: — Siz nega bormadingiz, dada? Kutaverdik, kuta- verdik...
Qo‘chqor: — Kim? Menmi? (Tepaga qarab qo‘yib iztirobli.) Yelkamni bosib turgan yuk og‘irlik qildi-da, o‘g‘iltoy!
Do'stlaringiz bilan baham: |