Lirik qahramon nega: “Og‘ir botmasmikin bu so‘z kimgadir”
demoqda?
Shoirni: “qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga”, — deyishga majbur qilgan sababni toping. Nega shoir: “Avvalo, bu so‘zni o‘zgalar aytsin”, — deydi?
“Bu so‘zni bir umr aytmay yashadim” deyishi sababi to‘g‘risida o‘ylang.
Shoirning: “G‘am so‘zin elimdan avvalroq aytdim, baxt so‘zin aytaman eldan keyinroq”, — deyishi sababini anglating.
Lirik turga mansub asarlarda shaxsning ichki tuyg‘ulari, hissi- yoti, ruhiy kechinmalari, sezimlari asosiy o‘rinda bo‘ladi. Bu turdagi asarlarda hayotda ro‘y bergan voqealar emas, balki ular tufayli inson- da paydo bo‘ladigan tuyg‘ular tasviri muhim hisoblanadi. Odamning tuyg‘ulari o‘z-o‘zidan bezovta bo‘lavermaydi. Kishining ruhiy dunyo- sini muvozanatdan chiqaradigan ijtimoiy-hayotiy sabab bo‘lgandagina hissiyotlar harakatga keladi.
Shavkat Rahmon she’rlari kishining tuyg‘ulariga kuchli ta’sir ko‘rsatish xususiyati bilan ajralib turadi. Shoirning “Tong ochar ko‘zlarin” she’rida tabiatning kishi ruhiyatida umidbaxshlik uyg‘otgan holati aks etgan. Garchi she’r tong manzarasini chizish uchun yo- zilganday tuyulsa-da, shoir tabiat orqali inson shaxsini tadqiq etadi. Sevinchdan yig‘layotgan qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va mehnatkashligi bilan dunyoni masxara qilmoqchi bo‘lgan chumoli tim- sollarida, lirik qahramonning olam hamda odamlar haqidagi murak- kab va o‘ziga xos qarashlari aks etgan. She’rning so‘nggi bandida- gi chumoliga murojaat shundan dalolat beradi. Chumoli - faqat ish- lashni bilib, atrofdagi go‘zallik va ezgulikdan bexabar qolayotgan inson timsoli. Ko‘rinadiki, ijodkor uchun tabiatning holatlarini tasvirlash yagona maqsad bo‘lolmaydi, balki u odamga xos qandaydir jihatni aks ettirish maqsadi yo‘lidagi vosita bo‘lishi mumkin.
Shoirning “Turkiylar” she’rida esa shonli bobolarga munosib bo‘lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etiladi. Shavkat Rahmon bu she’rida xolis tasvir yo‘lidan bormay, asarga bevosita aralashganday bo‘ladi. Chunki qalamga olinayotgan holat xolislikni taqozo qilmaydi. Butun bir millatning hayot va borliqqa munosabat yo‘sinini tubdan o‘zgartirish kerakligi shoirni muvozanatdan chiqara- di. Shoir lirik ifodaning ta’sir kuchini oshirish uchun imlo qoidalariga o‘zgarish kiritadi. Chunonchi, “yetkazib” so‘zini “yetkarib” shaklida ish- latadi. “z” tovushini “r” sonori bilan almashtirish qilinajak ishning zal- vorini oshirganday bo‘ladi. Shoirning darslikdan o‘rin olgan barcha she’rlari ham o‘qigan kishini olam, odamlar va o‘zi haqida o‘ylashga undaydigan otashin bitiklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |