Qosimova R. A. Boltayev Z. B


I-IV sinf o’quvchilari bilan sayr-sayohatlarni uyushtirish



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

10.3. I-IV sinf o’quvchilari bilan sayr-sayohatlarni uyushtirish 
usullari. 
 
O’tgan bo’limlarda bayon etilgan mazmunlar, maqsad va vazifalar 
asosida  boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  tizimidagi  o’qituvchilar,  shular 
qatorida  jismoniy  tarbiyani  o’qitishdagi  mutaxassislar,  ayniqsa  shu 
yo’nalishdagi  talabalar  sayohatlarning  tashkil  qilinish  usullarini  yaxshi 
bilishlari  lozim.  Chunki,  ta’kidlanganidek,  sayohatlar  ta’lim  berish  va 
sog’lomlashtirishda muhim omillardan biridir. 
 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  bilan  tashkil  etilishi  lozim  bo’lgan 
sayohat turlariga quyidagilarni keltirish mumkin:  
-Sharoit  va  talablar  asosida  haftaning  so’nggi  kunlaridan  birida 
oxirgi  jismoniy  tarbiya  darsini  sayr-sayohatga  bag’ishlash  va 
qo’shimcha vaqtlar (60-90 daqiqa) ajratish; 
-Dam olish kuni sayr-sayohati; 
-Ulug’  sanalar  va  bayramlarga  bag’ishlab  sayr-sayohat  (tomosha) 
o’tkazish; 
-Ota-onalar  va  o’qituvchilar  hamkorligida  ma’lum  bir  mavzu 
(maqsad) bo’yicha sayr uyushtirish.  
Sayohatlarning  (sayr-ekskursiya)  shakllari  quyidagicha  tavsiya 
etiladi: 
-maktab, mahalla sharoitida manzarali joylarga piyoda yurish; 
-masofalar  uzoq  bo’lganda  avtobuslarga  o’tirib  borish  va  sayr-
tomosha qilish; 


 
172 
-oilaviy  sharoit  bo’yicha  sayr  uyushtirishda  shaxsiy  yoki  jamoat 
ulovlarida manzil yoki manzil yaqiniga yetib borish, qolgan masofalarni 
piyoda o’tish; 
Mazkur  sayr-tomosha  jarayonlarida  bajarish  zarur  bo’lgan  amaliy 
tadbirlar: 
1.  Shahar  (qishloq)  sharoitida  manzarali  xiyobonlar  (katta 
ko’chalar  -  qishloq),  chiroyli  bezatilgan  binolar,  savdo 
do’konlari, bozor atroflari bilan tanishish. 
2.  Muzey,  teatr,  sport  majmualari  va  bayramlar  o’tkaziladigan 
maydonlar  oldida  tomosha  qilish,  ular  haqida  suhbatlashish 
ma’lumotlar berish. 
3.  Istirohat  bog’laridagi  o’yinlarni  ko’rish  va  bevosita  ishtirok 
etish; 
4.  Xotira maydonlarida suhbatlar; 
5.  Sayr-tomosha jarayonlarida keng-ochiq maydon va o’tloqlarda 
dam olish, suhbat qurish, turli harakatli o’yinlarni tashkil etish; 
6.  Videotasvir  va  qo’l  telefonlarida  diqqatga  sazovor  joylar, 
suhbatlar,  o’yinlarni  suratga  olish,  tushirish  va  oilada,  darslar 
oralig’idagi tanaffuslarda ularni ko’rish, kursatish. 
Yuqoridagi  amaliy  sayr-sayohatlar  bolalarda  qiziqishni  uyg’otish 
bilan  bir  qator  ularning  tushunchalari,  bilimlari,  amaliy  ko’nikma  va 
malakalarini  shakllantirish,  tarkib  toptirishda  o’ziga  xos  xususiyatlarni 
tashkil qilishi, amalga oshirishi mumkin. 
Xulosa  qilib  aytganda,  turizmda  qo’llaniladigan  turli  xil  amaliy 
tadbirlar  va  nazariy  tushunchalar  ishtirokchilarning,  shuningdek 


 
173 
boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  tabiat  haqidagi  bilim  va 
tushunchalarini kengaytirishda xizmat qiladi.  
Boshlang’ich    sinf  o’quvchilarining  sayr-sayohatlarda  u  yoki  bu 
shaklda faol ishtirok etishlari natijasida ularda tabiat manzaralari, tarixiy 
va  madaniyat  yodgorliklari,  zamonaviy  qurilishlarini  tomosha  qilish, 
ularni  o’rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Eng  muhimi  esa  sayr-
sayohatlarning  sog’lomlashtirishdagi  ahamiyatini  bevosita  seziladi.  Shu 
bilan  birga  suhbatlar  jarayonida  atrof-muhitni  toza  tutish,  daraxt 
ko’chatlarini ekish, ularda faol ishtirok etishga havas uyg’otadi.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish