Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 Sog’lomlashtiruvchi (valeologik) jismoniy tarbiya vositalarining



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

6.1. Sog’lomlashtiruvchi (valeologik) jismoniy tarbiya vositalarining 
asosiy turlari va foydalanish usullari. 
 
Salomatlik  tushunchasi  ma’naviy-ma’rifiy  va  jismoniy  jihatdan 
ko’p qirrali va qamrovi keng ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayondir.  
 
Sog’lom  kishilargina  hayot  mazmuni,  ijtimoiy  turmush,  mehnat 
jarayonlarida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.  
 
Sharqning buyuk donishmand tabibi hisoblangan Abu Ali Ibn Sino 
inson  salomatligi  haqida  yuqori  darajadagi  ilmiy  meroslarini  qoldirgan 
(5).  Uning  ta’rifi  va  ilmiy  tajribalarda  sinovlardan  o’tgan  ta’limida 


 
76 
salomatlikni  saqlash,  jismoniy  jihatdan  rivojlanish,  bemorlarni 
badantarbiya mashqlari bilan davolash yo’llari ustuvor turadi.  
 
Oila,  bog’cha,  maktab  va barcha  turdagi  o’rta  maxsus hamda  oliy 
ta’lim tizimida bolalar, o’smirlar, o’quvchi yoshlar hamda talabalarning 
sog’ligini  mustahkamlash,  jismoniy  tayyorgarlik  va  barkamollikni 
tarbiyalashda  jismoniy  tarbiya  va  sportdan  davlat  dasturlari  asosida 
maqsadli foydalaniladi.  
 
So’nggi  yillarda  salomatlik,  sog’liqni  saqlash  jismoniy 
tayyorgarlikni  tarbiyalash  va  davolash  jismoniy  tarbiya  jarayonlarida 
valeologiya  (sog’lomlashtirish)  atamasi  vujudga  keldi.  Bu  sohada 
tibbiyot, pedagogika, psixologiya, biologiya, jismoniy tarbiya, ekologiya 
va  boshqa  sohalarning  yetuk  olimlari  K.M.Mahkamjonov  (7), 
Shokirjonova  K.T.  (8),  Abdumalikov  R.,  Xoldorov  T.X.  (4),  Qudratov 
R.Q.  va  boshqalar.  (11)  kabilarning  tadqiqotlari,  o’quv  qo’llanmalari, 
ilmiy  ommabop  risolalari  e’tiborga  loyiqdir.  Mutaxassis  olim 
D.D.Sharipovaning  bolalar  va  o’smirlar  sog’ligini  (salomatligi) 
shakllantirishda 
valeologik 
jihatdan 
yondashish 
mavzusidagi 
mulohazalarida  eng  kichik  yoshdan  boshlab  to  voyaga  yetgancha 
jismoniy 
tarbiya 
vositalaridan 
sog’lomlashtirish 
maqsadida 
foydalanishni tavsiya etadi. Bunda salomatlik darajasini e’tiborga olgan 
holda  tana  a’zolarining  harakatchanligiga  va  jismoniy  jihatdan 
tayyorgarligiga  alohida  e’tibor  berish  ta’kidlanadi  (13).  Bunda  ma’lum 
darajada mantiq borligini e’tirof etish lozim bo’ladi, ya’ni oila, bog’cha, 
boshlang’ich sinflardagi bolalarning salomatlik darajasi, harakatchanligi, 
intilishi  va  qiziqishlari  salomatlik  darajasi,  harakatchanligi,  intilishi  va 


 
77 
qiziqishlari  bir  xil  bo’lmaydi.  Chunki,  har  bir  insonda,  ayniqsa  yosh 
bolalarda  anatomik  tuzilish,  fiziologik  faoliyatlar  (funksiya),  ruhiy 
holatlar  (psixologik)  tug’ma-tabiiy  yoki  u  bu  sabablar  bilan  turli  xil 
bo’ladi.  Shu  sababdan  ham  jismoniy  faol  harakatlar  (darslar,  o’yin-
mashqlar  va  h.k.)  natijasida  tanada  qo’zg’alish  (uyg’onish)  jarayonlari 
yuzaga kelib, bolalarning ruhiy holatlarini o’zgartiradi. Shuningdek, qon 
aylanish,  nafas  olish  darajalari  kuchayib,  mushaklar,  bo’g’inlarning 
harakat faoliyatlarini rivojlantiradi.  
 
Jismonan  zaif  bolalar  bunday  jarayonlarda  zo’riqmasligi  va  zarar 
ko’rmasliklari  uchun  maxsus  tarbiyaviy-davolovchi  mashqlardan 
(valeologiya) foydalanadi.  
Yuqoridagi  holatlari  e’tiborga  olingan  holda  “Jismoniy  tarbiya” 
dasturi  asosida  darslarda  shug’ullanuvchilarni  guruhlarga  (asosiy, 
tayyorgarlik  va  maxsus-tibbiy)  ajratib  o’qitish  usullari  ko’zda  tutilgan. 
Ammo  ko’pchilik  boshlang’ich  sinf  jismoniy  tarbiya  o’qituvchilari 
tayyorgarlik  guruhiga  tobe  bo’lgan  (jismonan  zaifroq)  bolalarga  to’la 
e’tibor  berishmaydi.  Natijada  esa  ularning  ko’pchilik  qismi  darsdagi 
o’yin-mashqlarni yaxshi o’zlashtirmay qoladi. Maxsus (tibbiy yordamga 
muhtoj) guruhga tegishli bo’lgan o’quvchilarni esa darslardan chetlatib, 
tomoshabin tarzida ishtirok etadi.  
Shu  sababki,  pedagoglar,  ruhshunoslar,  tibbiy  xodimlar  jismoniy 
tarbiya darslarida  valeologiya jihatdan yondashishni olg’a  surmoqdalar. 
Buning  uchun  esa  boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  tizimida  valeologik 
bilimlarni  bevosita  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlari  jarayonida 
qo’llashlari lozim bo’ladi.  


 
78 
Boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari 
turli  sog’lomlashtirish  tadbirlarida  salomatlikni  tarbiyalash  va  uni 
yanada mustahkamlash eng asosiy maqsad va vazifa hisoblanadi. Bunda 
quyidagi  jismoniy  tarbiya  vositalaridan  foydalanish  va  eng  yangi 
usullarni qo’llash hozirgi davr talablaridan biridir, ya’ni: 
Jismoniy  tarbiya  vositalariga  asosan  umumrivojlantiruvchi 
mashqlar, sport turlari, harakatli o’yinlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi 
ta’sir  kuchlari  (suv,  havo,  quyosh)  hamda  gigiyenik  (tozalik)  qoidalari 
hisoblanadi. Ulardan boshlang’ich sinflarda quyidagicha foydalaniladi: 
1.  Gimnastika  mashqlari:  saf-qatorda  turish,  qayta  saflanish,  saf-
qatorda yurish, yugurish; 
-Gimnastika  asboblarida  (turnik,  xalqa,  brus,  kozyol,  gimnastika 
devori  va  h.k.)  turli  mashqlar;  o’tirg’ich  (skameyka)  to’plar,  tayoqlar, 
tasma-iplar, chambarak va boshqa uskunalar bilan mashqlar bajarish; 
-Akrobatika mashqlari: muvozanat saqlash, oldinga, yonga, orqaga 
do’mbaloq oshish, chig’iriq boshda, yelkada turish mashqlari; 
-Sakrashlar:  ipdan  sakrab  turish,  50-100  sm.  Balandlikdan  (stul, 
devor, kazyol va hokazo.) pastga sakrab tushish; 
-badiiy gimnastika va raqslar. 
2. Yengil atletika mashqlari: 
-30,  50  (60)  m.ga  tez  yugurish;  O’yin  maydonlarida  (III-IV  sinf) 
100, 200 m.ga yugurish; 
-Joydan va qadamlab kelib uzunlikka, balandlikka (ip) sakrash; 
-rezina to’plarni yaqin va uzoq masofaga otish; 
3. Harakatli o’yinlar: 


 
79 
-yakka, juft va yoppasiga o’ynaladigan o’yinlar; 
-jamoa (komanda) estafeta o’yinlari; 
-jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalovchi o’yinlar; 
-jismoniy sifatlarni shakllantiruvchi o’yinlar; 
4.Futbol  (I-II  sinf)  va  basketbol,  qo’l  to’pi  o’yinlarining  oddiy 
qismlari (element); 
5. Milliy kurash qismlari (element); 
6.  Suvda  suzish  (asosiy  tur  va  amallarni  quruqlik  va  sayoz  suvda 
bajarish); 
7. Sayr-sayohatlar (tomosha). 
8.  Sport  maktablariga  qatnaydigan  va  iqtidorli  bolalarni  o’zlari 
sevgan va bilgan o’yin-mashqlar (sport turlari bo’yicha elementlar) bilan 
shug’ullanishga darslar jarayonida imkon yaratish. 
Ta’kidlash  zarurki,  jismoniy  tarbiya  darslari,  katta  tanaffuslardagi 
tashkil  etiladigan  sog’lomlashtirish  tadbirlarida  o’quvchilarga  darslar 
orqali  tanish  bo’lgan  mashqlar  va  darslar  jarayonida  qo’llanilmaydigan 
yoki o’zlashtirib ulgurmagan turli harakatli o’yinlar, bolalarning o’zlari 
sevib  o’ynaydigan  har  xil  o’yin-mashqlar  qo’llanilishi  lozim.  Chunki, 
mustaqil 
holda 
bajaruvchi 
o’yin-mashqlar  tana  a’zolarining 
harakatchanligini  tarbiyalash  bilan  bir  qatorda  ularning  ruhiy 
(emosional)  holatlarini  oshiradi.  Bu  esa  eng  avvalo  kuch-bahslashish, 
raqobatlashish  kabi  faoliyatlarni  shakllantiradi.  G’oliblik  zamirida  esa 
o’ziga  ishonch,  raqiblarga  yaxshi  munosabat,  o’zaro  hurmat,  do’stlik, 
mas’uliyatni  sezish,  ishni  (harakat)  oxiriga  yetkazish  kabi  ijobiy 
fazilatlarni tarbiyalash his-tuyg’ulari vujudga keladi.  


 
80 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish