Qosimova feruza xursanali qizi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#436378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

o’qitish 
mavzulari, nutq malakalari
va 
til materiali
kabilarni kiritish, bizningcha, maqbul 


30 
ko’rinadi. Mazkur tarkibiy qismlar, avvalo, o’quv dasturlarida o’z aksini topadi. 
Ta’lim yakunida nimalarga erishish kerakligi, nutqiy ko’nikma va malakalarning 
sifati, tilning leksik, grammatik va talaffuz minimumi qay darajada o’zlashtirish 
lozimligi o’quv dasturida ko’rsatib beriladi.
O’qitish mazmunining birinchi tarkibiy qismi 
nutq mavzulari
dir. Ma’lumki, 
ingliz tili o’qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda nutq mavzulari tanlanadi. 
 
Nutq mavzulari tildan tashqari (ekstralingvistik) hodisa bo’lib, ingliz tili 
o’qitish metodikasida hozirgacha mukammal tadqiq etilmagan sohalardandir. 
Shunga qaramay, chet til dasturlarida tegishli mavzular tizimi tavsiya etiladi.
Dasturiy talablarga ko’ra o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlari 
o’quvchi va talabalaridan ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, madaniy, o’quv-
ta’limiy va kasbiy sohalarda muloqot qilish malakalarini egallash talab etiladi.
Og’zaki nutq va o’qish uchun mavzular tanlanadi.
Og’zaki nutq
mavzulari asosan to’rt nom bilan yuritiladi: (1) O’quvchi 
tevarak-atrofi, (2) Vatanimiz-O’zbekiston, (3) Tili o’rganilayotgan mamlakat(lar) 
va (4) Ixtisoslikka oid sohaviy mavzular. Ular quyidagi kichik mavzularni o’z 
ichiga oladi:
Vaqt
. Soat, hafta kunlari, oylar, sana, yil fasllari. 
Tabiat hodisalari
. Ob-havo, yilning to’rt fasli, tabiatning asosiy hodisalari. 
Oila
. Tarjimai hol, oila a’zolari (tarkibi), qarindoshlik munosabatlari, oila 
yashaydigan uy, kasb-hunar. 
Mustaqil O’zbekiston. 
Milliy ramzlar: O’zbekiston tamg’asi, madhiyasi, 
bayrog’i. Mustaqillik kuni. Konstitutsiya. Davlat tizimi. 
Oziq-ovqat
. Ovqat turlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dasturxon tuzash, idish-
tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlarini harid qilish, uyda va oshhonada ovqatlanish, 
ovqat tayyorlash. 
O’quvchining o’qishi va hayoti
. O’quvchining ish kuni, shahar va uning 
atrofida dam olish, kollej hayoti, bo’sh vaqtda sevimli mashg’ulot bilan 
shug’ullanish.



31 
Turar-joy
. Xonadon (hovli, xonalar, dala hovli), uy jihozlari. 
Kiyim-bosh
. Kiyim-bosh turlari va ularni harid qilish. 
Shahar va qishloq mavzusi bo’yicha
. Mening qishlog’im yoki shahrim. 
Shaharning diqqatga sazovor joylari. 
Yoshlar hayoti.
Qiziqishlar. Do’stlik. O’zaro hurmat. Avlod/ajdodlar 
munosabati (vorislik). Barkamol avlod orzusi. 
Til o’rganish. 
Til bilishning ahamiyati. Ko’p tillilik xosiyati. O’zga tillarni 
o’rganishga qiziqish. Chet tillarni puxta o’rganish.
Bayramlar 
bo’yicha

Mamlakatimizda 
va 
tili 
o’rganilayotgan 
mamlakat(lar)dagi bayramlar. Mustaqillik kuni, Bilimlar kuni, O’qituvchilar 
bayrami, Yangi yil, Navro’z bayrami, Xotira va Qadrlash kuni va h. k. 
Teatr, teatrga borish
. Sevimli spektakl va aktyorlar. 
Geografiyaga oid mavzular
. O’zbekiston Respublikasi poytaxti va shaharlari, 
tili o’rganilayotgan mamlakat(lar) poytaxti hamda ularning diqqatga sazovor 
joylari. Shahar transporti. 
Dam olish
. Mamlakatimizda va tili o’rganilayotgan mamlakat(lar)da dam 
olishni tashkil etilishi. Madaniy hordiq chiqarish. Sayr qilish. Sayohat. Ta’tilni 
o’tkazish. 
Sayohatga borish
. Sayohat qilish vositalari (Avtobus, poezd, dengiz porti, 
aeroport orqali). 
Sport
. Mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan mamlakat(lar)da sport va sport 
turlari. Sport musobaqalari. Salomatlik va sport. 
Kasbiy sohaga oid mavzular
. Mening yoqtirgan kasb. Kelajak haqida o’ylar 
(Istiqbol rejalari). Men kelajakda ... bo’lmoqchiman va h.k.
O’qish 
bo’yicha quyidagi mavzularni tavsiya etish mumkin: 
Ijtimoiy-maishiy
soha bo’yicha: Oila. Oilaviy urf-odat va an’analar. Oilaviy 
o’zaro yordam. Uy hayvonlari. Harid, oziq-ovqat. Men va do’stlarim va h.k.
 
O’quv-ta’limiy 
sohada: Kollej va mening sevimli fanim. Bo’sh vaqt: sport va 
boshqa sevimli mashg’ulotlar. Kelajakdagi rejalar. 


32 
Madaniy 
sohada: Shahar (qishloq) va boshqa diqqatga sazovor joylar (muzey, 
teatr, kino, ko’rgazmalar). Transport. Mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan 
mamlakat(lar) jug’rofiyasi, davlat tizimi, urf-odat, an’analari, madaniyati, fan va 
texnika yutuqlari haqida. Bayramlar. Tabiat va ekologiya. 
Ixtisoslik
sohasida: Men yoqtirgan kasb. Kelajak haqida o’ylar va h.k.
Nutqiy mavzularni tanlashda, albatta, o’qitish metodikasining muayyan 
mezonlariga asoslaniladi: (1) mavzular nutq malakalarini shakllantirish uchun 
xizmat qilishi lozim; (2) o’qitish sharoiti va imkoniyatlarining mavjudligi ko’zda 
tutiladi; (3) mavzularni tanlashda o’zlashtirishning retseptiv va (re)produktiv 
xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Binobarin, og’zaki nutq va o’qish uchun alohida 
mavzular tanlanadi.
O’quv dasturida tavsiya etilgan mavzular o’quvchi va talabalarning yoshi, 
qiziqishiga mos kelishi, til materiali asosida ularning umumiy saviyasini 
ko’tarishga qaratilishi, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni 
ko’zda tutishi talab qilinadi. 
Chet til o’qitish yuqori bosqichga o’tgan sari berilgan mavzu doirasi 
kengaytirib boriladi, chunki nutq mazmuni chuqurlashadi va til materialining hajmi 
orta boradi.
Muloqot doirasini belgilovchi nutqiy mavzularda Vatanimiz va tili 
o’rganilayotgan mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarni qiyosiy tarzda o’rganib 
borilishiga erishiladi. (Masalan: Oila: O’zbekiston, Angliya va AQSHda, 
Mustaqillik: O’zbekistonda (1 sentyabr) va AQSHda (4 iyul) va h.k.)
Nutq mavzularini tanlash bo’yicha quyidagi metodik xulosalarni chiqarish 
mumkin: 
1.
O’qitish mazmuni komponentlari turli o’quv yurtlarida o’xshash, lekin ular 
sifat va miqdor jihatidan farq qiladi. 
2.
Maktab va oliy o’quv yurtlarida nutq mavzulari ta’lim maqsadlaridan kelib 
chiqqan holda saralanadi. 
3.
Nofilologik oliy o’quv yurtlari sharoitida maktabda o’rganilgan nutq


33 
mavzulari doirasiga ixtisoslik yo’nalishidan kelib chiqqan holda sohaviy mavzular 
ham qo’shiladi.
4.
O’quv dasturida tavsiya etilgan nutq mavzulari o’quvchi va talabalar yosh 
xususiyati, qiziqishi va ularning umumiy saviyasini ko’tarishga xizmat qilishi 
lozim va h.k. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish