8. Geometriyaga oid topshiriqlar
1) Asoslari 5 m va 11 m, yon tomoni 4 m bolgan teng yonli trapesiya yuzini toping.
2) Teng yonli uchburchakda yon tomoni 17 sm, asos esa 16 sm. Asosga tushirilgan balandlikni toping.
3) Ishlab chiqarish korxonasining ikki binosi orasida materiallarni uzatish uchun tarnov ornatilgan. Binolar orasidagi masofa 10 m, tarnov uchlari esa yerdan 8 m va 4 m balandlikda joylashgan. Tarnov uzunligini toping.
4) Asosi AC dan iborat teng yonli ABC uchburchakda BD mediana otkazilgan. ABC uchburchakning perimetri 50 m ga teng. ABD uchburchakniki esa 40 m ga teng bolsa, shu mediana uzunligini toping.
5) Bir-biridan 3,4 m masofadagi ikki vertikal ustunning yuqori uchlari tosim bilan tutashtirilgan. Bir ustunning balandligi 5,8 m, ikkinchisiniki 3,9 m. Tosimning uzunligini toping.
6) 15 m uzunlikdagi telefon simi telefon ustuniga yer sirtidan 8 m balandlikda mahkamlangan va undan uyga tortilgan. Sim osilib turmabdi deb faraz qilib, uy bilan ustun orasidagi masofani toping.
7) Teng tomonli uchburchakning tomonlari 3 m ga teng. Uchburchak har bir uchidan 2 m masofada bolgan nuqtadan uchburchak tekisligigacha bolgan masofani toping.
8) Teng yonli uchburchakda asosi va balandligi 4 m ga teng. Berilgan nuqta uchburchak tekisligidan 6 m masofada va uning uchlaridan bir xil masofada yotadi. Shu masofani toping.
9) A nuqtadan kvadratning uchlarigacha bolgan masofa a ga teng. Kvadratning tomoni b ga teng bolsa, A nuqtadan kvadrat tekisligigacha bolgan masofani toping.
10) Berilgan nuqtadan tekislikka uzunliklari 10 sm va 17 sm ga teng ikkita ogma otkazilgan. Bu ogmalar proeksiyalarining ayirmasi 9 sm ga teng. Ogmalarning proeksiyalarini toping.
11) Nuqtadan tekislikka 23 sm va 33 sm ga teng ikkita ogma otkazilgan. Agar ogmalarning proeksiyalari 2:3 ga teng nisbatda bolsa, shu nuqtadan tekislikkacha bolgan masofani toping.
12) Togri burchakli ABC uchburchakning C togri burchagi uchi orqali gipotenuzaga parallel holda va undan 1 m masofada tekislik otkazilgan. Katetlarning bu tekislikdagi proyeksiyalari 3m va 5 m ga teng. Gipotenuzani toping.
13) Tekislikni kesib otmaydigan berilgan kesmaning oxirlari tekislikdan 0,3 m va 0,5 m masofada yotadi. Berilgan kesmani 3:7 ga teng nisbatda boluvchi nuqta tekislikdan qanday masofada yotadi.
14) 1 m uzunlikdagi kesma tekislikni kesib otadi. Uning oxirlari tekislikdan 0,5 m va 0,3 m masofada yotadi. Kesmaning tekislikdagi proyeksiyasining uzunligini toping.
15) Berilgan nuqtadan uchburchak tekisligigacha bolgan masofa 1,1 m ga, uchburchakning har bir tomonigacha bolgan masofa esa 6,1 m ga teng. Bu uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |