Qo`shtepa tumani 1-umumiy o`rta ta`lim maktabida
“Jamiyat taraqqiyotining asosi – ma’rifatdur mavzusida o`tkazilgan ma`rifat soati haqida
MA’LUMOT
Ma`naviyat va ma`rifat soatida MMIBDO’ so`zga chiqib o`z so`zida: Bugun olam ahlini tashvishga solayotgan globallashuv zamonida yoshlarning ongi va shuurini egallashga qaratilgan tahdidlar turli sohalarda misli ko‘rilmagan darajada ortib bormoqda. Bu ayniqsa, axborot sohasida ko‘proq kuzatilmoqda. Aytaylik, dunyoda zamonaviy axborot vositalari kirib bormagan biron bir manzilni topish amrimahol. Har bir fuqaro o‘zi istagan har qanday ma’lumotni internet saytlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali bemalol qabul qilish imkoniga ega. Ayni paytda tele-radiokanallar murvatini burasak, matbuot nashrlarini varaqlasak yoki internet olamida sayohat qilsak, hech shubhasiz, foydali axborotdan ko‘ra zararlilariga ko‘proq duch kelamiz. Ayniqsa, hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yigit-qizlar ularni real haqiqat sifatida qabul qilib, yolg‘on va uydirma gaplarga aldanib qolishi hech gap emas. Bular “ommaviy madaniyat” niqobi ostida tarqatilayotgan, yosh avlod ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan axloqsizlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalari hisoblanadi. Ularning zamirida umuminsoniy qadriyatlardan mutlaqo yiroq bo‘lgan behayolik, zo‘ravonlik, ur-yiqit, firibgarlik, giyohvandlik, mayxo‘rlik kabi illatlar targ‘ib qilinadi. Bular barchasi insonni hayotdan yiroqlashtirib, ruhan qashshoq va mute jonzotga aylantirib qo‘yishi shubhasiz. Shu kunlarda ko‘plab mamlakatlarda dunyoning qonli jangohlarida bemaqsad daydib yurgan yoshlar odatiy turmush tarzidan, ijtimoiy muhitdan, shaxslararo munosabatlar tizimidan yiroqlashib, “o‘z qobig‘iga” o‘ralib qolayotir. Endilikda insoniyat butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday ko‘rinishlarga qarshi kurashishning naqadar muhim ekanini anglab yetmoqda. Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yutuqlarini puxta egallagan, har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hukumatimiz olib borayotgan yoshlar siyosatida ular faolligini oshirish va dunyoqarashlarini yanada yuksaltirish, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talay ishlar amalga oshirilmoqda. Qayerda yoshlar bekor qolsa, ular ongida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi illatlarning maqsad-muddaosi ham xuddi shunday bo‘shliq holatlarida namoyon bo‘ladi. Ma’rifat soatida 36 nafar pedagog xodimlar ishtirok etdilar.
MMIBDO’: J.Homidov
Do'stlaringiz bilan baham: |