Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar



Download 18,75 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2022
Hajmi18,75 Kb.
#506049
  1   2
Bog'liq
Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar


Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanishi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omili sifatida qaraladi. Chunki, mamlakatning rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan fan va ishlab chiqarish, mehnat taqsimoti yuzasidan iqtisodiy aloqalari bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatni yuzaga keltiradi. Shu boisdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga qaratilgan davlat dasturini tuzib chiqish hamda bu borada qator iqtisodiy, huquqiy negizlarni belgilash muhim hisoblanadi. Chunki, faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada, hamkorlikda bo‘lish, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish hamda unda muqim o‘rin egallashning shartlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi. Shu o‘rinda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining quyidagi shakllarini belgilash mumkin:
- Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi).
- Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar.
Oxirgi yillarda mamlakatimizni rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin iqtisodiy asoslar maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalanilayotgani yo‘q. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan ayrim qo‘shma korxonalar to‘la quvvatda ishlamayotganligi natijasida iqtisodiy, jumladan: moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari boy berilmoqda. Bizning fikrimizcha, qo‘shma va hamkorlikdagi xo‘jalik yuritish subyektlari faoliyatni yo‘lga qo‘yishda mamlakat to‘la moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga ega. Respublika har qanday foydali va maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud. Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim bo‘limi sifatida alohida o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tahlilni avvalo, boshqaruvning va harakatning muhim sharti sifatida o‘tkazamiz. Tahlil etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi. Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi.
1. Eksport hajmi.
2. Import hajmi.
Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport hajmining tarkibiga qaratiladi. Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi. Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi. Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga baho beriladi. Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin.
Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi.
Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun:
Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, importni ratsionallashtirish zarur. Chunki, import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko‘zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Import siyosatida imkon boricha tayyor transport vositalari va texnologik asbob-uskunalarni foydali qazilmalar qazish ishlari va qayta ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Import samarasining oshirilishida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi va kam xarajat, jumladan, mahsulotlarni sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlarni e’tiborga olib, ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir. Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayot gan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga yaqinlashtirishni talab etadi.
To‘rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish salohiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish kerak. Ma’lumki, chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi hisoblanadi. Shu o‘rinda, chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy tavakkalchilikdan sug‘urta qiluvchi institutlarning samarali faoliyatini ta’kidlash kerak. Shuning uchun mamlakatda chet el investitsiyasi uchun qulay shart- sharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qator vazifalar belgilangan.
Beshinchidan, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash zarur.
Milliy xavfsizlikni tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari
mavjud:
1. Valuta nazorati.
2. Eksport va import nazorati.
3. Xomashyoning strategik turlarini olib chiqish.
Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qa rashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor berish, shak-shubhasiz eksport-import munosabatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Eksport operatsiyalari tahlili orqali korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati va uning samaradorligi ko‘rsatkichlariga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi. Bu bevosita tashqi savdo aylanmasi hajmini o‘stirish va foydaliligini ta’minlashning mavjud ichki imkoniyatlarini o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi. Eksport operatsiyalari tarkibini o‘rganishda yalpi eksport hajmida alohida olingan tovarlar yoki tovarlar guruhining mutlaq va nisbiy darajalariga baho beriladi. Shuningdek, tashqi savdo faoliyati bo‘yicha sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar turi bo‘yicha taqsimi, tashqi savdoning mamlakatlar bo‘yicha sotish hajmi, hududlar bo‘yicha taqsimiga (mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Yaqin Sharq mamlakatlari, Yevropa mamlakatlari va h.k.) baho beriladi. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha reja-topshiriqlarning bajarilishiga ahamiyat beriladi. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi dinamik o‘zgarishlari e’tiborga olinadi. Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi deganda, uning yillar bo‘yichi o‘zgarish darajalari tushuniladi. Tahlilda, shuningdek, eksport hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tarkibiga bevosita hisob-kitob qilinadigan, sotilgan tovarlar, ishlar va xizmat bahosinining o‘zgarishi va fizik hajmining o‘zgarishlari kiritiladi.

Korxonada eksport hajmi «A» mahsulot turi bo‘yicha +44, foizga, «B» mahsulot turi bo‘yicha +45,8 foizga oshirib bajarilgan. Ta’sir etuvchi omillar tahlilini ham yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida baholash mumkin. Korxona tashqi savdo aylanmasi rejaga nisbatan «A» mahsulot turi bo‘yicha 22 ming so‘mga, «B» mahsulot turi bo‘yicha 11 ming so‘mga oshishi kuzatilgan. Bu o‘zgarishlar ta’sirini quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlash mumkin «A» mahsulot turi bo‘yicha yalpi savdo hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omilllar ta’siri:


1. «A» mahsulot miqdorining o‘zgarishi hisobi
120-100∙5000=+10,0 ming so‘m.
2. «A» mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga 6000-5000•120=+12,0 ming so‘m.
Har ikki omil yig‘indisi =10,0+12,0=+22,0 ming so‘m.
«B»mahsulot turi bo‘yicha mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar:
1. «B»mahsulot miqdorining o‘zgarishi hisobi
100-80∙3000=+6,0 ming so‘m.
2. «B»mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga
3500-300∙100=5,0 ming so‘m.
Ikkala omil yig‘indisi =+6,0+5,0=11,0 ming so‘m.
Yuqoridagi bog‘lanishlarni jami mahsulot qatori bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Eksport operatsiyalari tahlilida korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha savdo aylanmasi yoki ish hajmi o‘zgarishlariga tarkibli va umumiy asosda baho beriladi.
Import operatsiyalari tahlilida import hajmining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlari va tarkibiga, shuningdek, hududlar va mamlakatlar bo‘yicha hajmiga baho beriladi. Import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarda o‘rganiladi. Uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi va baholanadi. Import hajmi bilan eksport hajmi orasidagi nisbat tahlilning muhim qatori hisoblanadi Ular orasidagi nisbat balansi orqali mamlakat yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulotlari aniqlanadi. Ya’ni yalpi milliy mahsulot hajmini aniqlashda tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha mutlaq farqlanish qo‘shilgan, chegirilgan holda umumiy ko‘rsatkich aniqlanadi.
Tashqi savdo aylanmasida musbat farqlanishga ega bo‘lish shartlari shu asosda boshqariladi va belgilanadi. Bu jihat o‘zgarishlar ko‘proq makro darajadagi tahlilda o‘rganiladi va mamlakat iqtisodining istiqbol ko‘rsatkichlari dastaklarini tuzib chiqishda foydalaniladi. Import hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida import hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning tahlilini ko‘rib o‘tish mumkin.
Korxonada import hajmi biznes rejaga nisbatan keskin oshgan. Jumladan, «A» mahsulot turi bo‘yicha o‘sish 86 % ni, «B» mahsulot turi bo‘yicha o‘sish esa 2,25 martani tashkil etgan. Korxona bo‘yicha jami o‘sish 97,1 foizni tashkil etgan.
Import hajmining o‘zgarishida miqdor omil o‘zgarishi hisobiga yalpi import hajmi quyidagi o‘zgarishga ega bo‘lgan.
1. (62-50*2000+60-40*1000)=+24,0+20,0=44,0 ming so‘m.
Import hajmining o‘zgarishi baho omilining ta’sirida yalpi import hajmi quyidagi o‘zgarishga ega bo‘lgan.
2. (3000-2000*62+1500-1000*60)=+62,0+30,0=92,0 ming so‘m
Har ikkala omil ta’sirida import hajmi o‘sishi quyidagicha bo‘lgan:
+44,0+92,0=136,0 ming so‘m.

Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida eksport-import operatsiyalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Eksport-import operatsiyalaridan olinadigan foyda summasining oshishi birinchidan, korxona iqtisodiy rivojiga ta’sir etsa, ikkinchi tamondan, mamlakat valuta rezervining shakllanishi va uning ortishiga imkon beradi. Korxonada valuta tushumlarining ortishi esa erkin iqtisodiy harakatda bo‘lish va chet el bilan aloqalarning rivojlanishida muhim moliyaviy tayanch bo‘ladi. Eksport operatsiyalari tahlilida eksport hajmidan olingan natija va uning rentabelligiga muhim e’tibor beriladi. Buni quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlashimiz mumkin. Korxonada eksport hajmidan olingan foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 10000 ming so‘mga ortgan. Bu o‘zgarish bevosita eksport hajmining yoki olingan daromadlar summasining o‘zgarishi hisobiga hamda eksport qilingan mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi hisobiga ro‘y bergan. Buni quyidagi bog‘la nishlar orqali topishimiz mumkin. Agarda korxona eksport operatsiyasidan o‘tgan yil mahsulot, ish va xizmatlarni ishlab chiqarish tannarxida joriy davr tushumlariga yoki daromadlariga ega bo‘la olganda korxona qo‘shimcha qancha foydaga ega bo‘lishi mumkin edi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin, ya’ni mahsulot, ish va xizmatlar joriy davr eksportidan olingan daromad summasidan ularning o‘tgan davr bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi chegirilgan holda


12000-85000=35000 ming so‘m.

Download 18,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish