Namuna: Suv keldi – nur keldi.
O’quvchilar yozgan gaplarini tezlik bilan jadvalga yopishtirib boradilar.
Masqhni to’g’ri va tez bajargan o’quvchilarni rag’batlantiriladi. O’tilgan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida guruhlar uchtadan test tuzib, bir-birlari bilan almashib, 3 daqiqa ichida ishlashlari lozim. (Agar mavzu yuzasidan kompyuterga kiritilgan testlar bo’lsa, yuqoridagi topshiriqqa qo’shimcha ravishda guruhlardan 2 tadan ishtirokchi chiqib testni bajaradi.)
A ql qasri. (Testlar ustida ishlash. Testlarni videoproyektor orqali ko’rsatib turiladi).
Rasm asosida matn yaratish.
Dars so’nggida “Qo’shma gaplar qasri”ga yetib kelguncha bo’lgan bekatlardagi mashqlarni bajarishda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
O’quvchilarni rag’batlantirishda guruh ishtirokchilariga “Sizningcha, kim faol ishtirok etdi?” savoli bilan murojaat qilib, g’oliblarni aniqlanadi. Bunda o’quvchilarga koptok yoki gul uzatib, o’z guruhlaridagi faol ishtirokchini aytishlari so’raladi. So’ng bugungi darsdagi eng faol o’quvchini ham o’quvchilarga koptok yoki gul taqdim etish asosida aniqlab, ularni alohida rag’batlantiriladi.
“BBB” jadvalining 3-qismi to’ldiriladi.
Darsni yakunlashdan avval «Men bugungi darsni ... ga o’xshatdim» o’yinini o’tkazaman. Har bir guruhga darsni shartli ravishda nimaga o’xshatishlarini izohlash topshiriladi. Guruhlar belgilangan muddat ichida topshiriqni bajaradilar. Masalan:
- Men darsni “tabiat”ga o’xshatdim, chunki tabiat juda go’zal. Tabiat go’zalligiga qanchalik intilish bo’lsa, darsda ham ana shu jihatlarni ko’rish mumkin.
Shu tarzda o’quvchilar o’z mustaqil fikr-mulohazalarini bildiradilar. Maqsad o’quvchilarni ijodiy izlanishga, fikrlashga o’rgatishdan iborat bo’ladi.
Faol ishtirok etgan guruhlarga rag’bat kartochkalari beriladi.
O’qituvchi: Bugungi darsimizdan qatra bo’lsa-da ilm oldingiz, deb o’ylayman. Yiqqan rag’bat kartochkalaringiz ham shuni ko’rsatib turibdi. Bu bilimlaringiz bir kun yig’ilib-yig’ilib, albatta daryo bo’ladi. Shunday ekan, har kungi darsga tirishqoqlik bilan tayyorlaning. «Bilmaslik – ayb emas, o’qimaslik ayb».
Mavzu mustahkamlangach, o’quvchilarga o’zlari o’qiyotgan badiiy asar sahifasidan qo’shma gaplar sonini aniqlash, qo’shma gaplarni turlarga ajratish, iqtidorli o’quvchilarga esa qo’shimcha tarzda topgan gaplarini boshqa qo’shma gap turlariga aylantirish, darslikdagi topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |