2. Kesim ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanadi: Ajablanarli yeri shundaki, tor ko'ngil daladan panoh izlagan edi. - Tor ko'ngilning daladan panoh izlashi ajablanarli edi.
3. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanadi: Biz shunday kutubxona barpo qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin.Biz butun el qoshida manzur va mo‘tabar kutubxona barpo qilaylik.
4. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanadi: Kim mendan sir saqlasa, o‘shanga qiziqaman.- Mendan sir yashirgan odamga qiziqaman.
Misollardan ko‘rinyaptiki, ergash gap sodda gap tarkibida murakkab bo‘lakka aylanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |