Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma'nodoshligi
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan ega, kesim, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar mazmunan sodda gaplarga ma'nodosh bo‘lishi munikin. Bunda ergash gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga qo‘yiladi, natijada qo‘shma gap sodda gapga aylanadi:
1. Ega ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanadi: Shunisi achinarliki, ular g`animat umrlarini g`iybat bilan o‘tkazib, jamiyat nafi uchun arzirli biron narsa qilmaydilar. - Ularning g`animat umrlarini g`iybat bilan o‘tkazib, jamiyat nafi uchun arzirli biron narsa qilmasliklari achinarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |