Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlar va nol
darajali stavka bo'yicha soliq solish
Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilish. Qo'shilgan qiymat solig'i-
dan quyidagilar ozod qilinadi:
1. Sug'urta bo'yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan
sug'urta qilish va qayta sug'urta qilish operatsiyalari, shu jumladan, bunday
operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar.
2. Ssudalar berish va o'tkazish.
3. Pul omonatlari, joriy hisob varaqalar, to'lovlar, o'tkazmalar cheklar
va boshqa qimmatli qog'ozlarga daxldor operatsiyalar.
4. Qonuniy to'lov vositasi bo'lgan chet el valutasi va pullar muo-
malasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadlarga foydalaniladi-
ganlari bundan mustasno.
5. Qimmatli qog'ozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar. Ularni
tayyorlash va saqlash operatsiyalari bundan mustasno.
6. Maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat
boji, yig'imlar undiriladigan harakatlar.
7. Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar
va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar.
8. Dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari.
6 6
9 Intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni olganlik uchun
natent bojlari, ro'yxatga olish yig'imlari va litsenziya to'lovlari.
10 Protez-ortepediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab
chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko'rsatishga ixti-
soslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi
davolash ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari.
11 Pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlardan tashqari), markali
otkritkalar va konvertlar sotish.
12. Aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to'lash bo'yicha
xizmatlari.
13. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilmiy
texnika taraqqiyotining muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi fan va tex-
nikalar Markazining ilmiy texnika dasturlari doirasidagi davlat shartno
malari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot innovatsiya ishlari.
14. Shahar yo'lovchilar transporti xizmatlari (taksi, shu jumladan,
yo'nalishi taksidan tashqari) shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir
yo'l va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan, yo'nalishdagi yo'lov
chilar tashish xizmatlari).
15. Xalq ta'limi sohasidagi o'quv ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'
liq xizmatlar, shuningdek Oliy va O'rta maxsus o'quv yurtlaridagi ta'lim
uchun haq.
16. Saqlab turish bo'yicha vakolatli davlat organlariga qimmatbaho
metallarni realizatsiya qilish oborotlari.
17. Diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar
o'tkazishga doir xizmatlar.
18.Tibbiy, sanatoriy-kurort va sogiomlashtirish, turistikeks-kursiya
xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) fao
liyati bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining
xizmatlari.
19. Xususiyiashtirilayotgan davlat mulkining qiymati.
20. Gidrometeorologiya va aerologiya ishlari.
21. Geologiya va topografiya ishlari.
22. Nashiriyotlarning, gazeta va jurnallar tahririyatlarining, matbaa va
kitob savdosi korxonalarning, O'zbekiston Teleradiokompaniyasining O'z
bekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulotlari va
xizmatlari.
23. Vakolatli davlat tashkilotlari o'tkazadigan ekologiya ekspertizasi
xizmatlari.
24. Davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o'rgatish xizmatlari.
^5; Nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg'armasi va
zbeklst
°ri chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo'lgan, ishlovchilari
umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik
shaxslar ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko'rsata-
yo gan xizmatlar (savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliya
ti bilan bog h
q 18
Ыаг va xizmatlar bunda mustasno).
67
26. Ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik bo'linmalarining xiz
matlari.
27. Faoliyatining gastrol-konsert turi bilan shug'ullanish huquqini
beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan yurildik shaxslarning gastro-konsert fao
liyati.
28. Kitob mahsulotlarini, maktab o'quv ashyolari va ko'rgazmali
qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya
qilish.
29. Mol-mulkni lizingga berganlik uchun lizing to'lovlari.
Faoliyatining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishga doir
qismi bo'yicha quyidagilar qo'shimcha qiymat solig'ida ozod qilinadi.
1. Tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to'g'risidagi qonun huj-
jatlari bilan tasdiqlangan normalari doirasidagi jismoniy shaxslar tomo
nidan import qilinadigan tovarlar.
2. Tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar,' baxtsiz hodisalar yoki falokatlar
yuz berganda yordam ko'rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg'araz
texnik ko'mak sifatida O'zbekiston Respublika hududiga olib kirilayotgan
tovarlar, shuningdek, davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan
xayriya maqsadida olib kirilayotgan tovarlar.
3. O'zbekiston Respublika tuzgan shartnomalar (bitimlar) bo'yicha
xalqaro va hukumatga qarashli bo'lgan chet el moliyaviy va iqtsiodiy
tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga O'zbekiston Respublika
yuridik shaxslari, shu jumladan, norezendlari tomonidan olib kirilayotgan
asbob-uskunalar, materiallar (ishlar va xizmatlar).
4. Import bo'yicha keltirilayotgan dori-darmon vositalari va tibbiy
buyumlar.
5. O'zbekiston Respublikasi hududiga:
- chet el kreditlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiri-
ladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotgan
texnologik jihozlar;
- xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan yangi
qurilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun olib kirilayotgan
texnologik jihozlar.
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga
chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik
jihozlar.
- vakolatli bankning tegishli tasdig'i bo'lgan taqdirda, belgilangan
tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo
etish, shuningdek, ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish
va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kirilayotgan texnologik jihoz
lar.
- vakolatli bankning tegishli tasdig'i bo'lgan taqdirda, lizingga top-
shirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar.
- xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun chet ellik investorning
investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kirilayotgan texnologik jihozlar.
68
6 Chet el investitsiyalari ishtirokida, bolalar poyabzali ishlab chiqa-
rishaa ixtisoslashayotgan korxonalar tomonidan o'z ishlab chiqarishlarida
foydalanish uchun olib kirilayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor
mahsulotlar.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar
vuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan iste'mol tovarlariga nisbatan
tatbiq etilmaydi, ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3, 5, 6, 7 bandlarida
nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni iste'mol tovarlari
jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(O'zRning 12.12.2003-yildagi Qonuniga asosan 71-moddaning yangi
tahriri).
Do'stlaringiz bilan baham: |