6 0
Q h „ «babli qo'shilgan qiymat solig'ining asosiy imkoniyatlari va turli
mamlakatlarda ularning ishlatilishining tahlili O'zbekiston uchun katta
a h a m i v a t g a egadir. . . . , . , , • •
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiy о sish darajasiga
hoB'lia holda soliqlarning bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linishi
rtasida aniq bogiiqlik ko'zga tashlanadi. Davlatning va undagi aholining
Lisodiv rivojlanishining pastligi asosan har bir aholi jon boshiga to'g'ri
к ladigan YalM bilan o'lchanadi hamda bu hoi jismoniy va yundik shaxs-
lar daromadlaridan olinadigan to'g'ri soliqlar hajmining pastligiga olib ke
ladi Shu sababli, ko'pgina endigina rivojlanayotgan davlatlarda soliqqa
tortishda bilvosita soliqlar asosiy o'rinni egallaydi. Rivojlanishning eng
past ko'rsatkichlariga ega bo'lgan davlatlarda bilvosita soliqlarning barcha
soliqlar tushumi orasidagi o'rni 68 %ni, to'g'ri soliqlar esa atigi 32 %ni
tashkil qiladi. Rivojlangan davlatlarda esa, buning aksi, ya'ni 32 %ini
to'g'ri soliqlar, 68 %ni esa egri soliqlarni tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida bilvosita soliqlarning ahamiyati va
kerak bo'lganda ularning rolini oshishi muqarrarligini inkor qilmagan
holda, quyidagi hollarga e'tiborni qaratish lozim bo'ladi.
Bilvosita soliqlarning yangisini kiritish yoki mavjudlarining soliq
stavkalarini oshirishda ularning ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta'sirini o'r-
gangan holda amalga oshirish lozim. Ushbu xollarda bu salbiy holatlarni
oldini olish uchun barcha choralami amalga oshirish kerak, hattoki,
bilvosita soliqlar, ayniqsa, salbiy holati iste'molni juda tez qisqarishiga olib
kelib, ishlab chiqaruvchilarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatuvchi QQSni
qisqartirish choralarini ko'rish lozim.
Bunday xollarda ba'zi etaplarda bilvosita soliqlarning o'rnini oshi-
rishga majbur bo'lgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarning ama-
liyotini ham hisobga olish zarur. Bu amaliyot shuni ko'rsatadiki, bilvosita
soliqlarning rolini, soliq solish bazasini, soliq stavkasini oshirish faqatgina
ushbu choralar natijasida olingan qo'shimcha mablag'larni soliq sohasidagi
aniq bir o'zgarishlar uchungina ishlatilganda uzoq muddatli yaxshi natijalar
berishi mumkin. Bunday choralar sifatida foyda solig'ini kamaytirishni
takl if qilish mumkin.
QQS ko'pgina mamlakatlarda davlat daromadining 12-30 %gacha
qismini ta'minlab beradi va bu YaMMning 5-10 %ga tengdir. Ushbu soliq
soliq tushumlari orasidagi ishonarli manbadir va bu ayniqsa daromadlar
(foyda) cheklangan mamlakatlar uchun tegishlidir.
O'zbekistonda 1992-yildan beri qo'llanilib kelinayotgan QQS (aksiz
soliqlari bilan birgalikda) oldin amal qilib kelgan bilvosita soliqlar - savdo
va oborotdan olinadigan soliqlarning o'rnini to'liq almashtirdi. Ammo
QQS o'zining o'rni bo'yicha byudjetning daromad qismini shakllan-
tirishda, respublika va korxonalar iqtisodiga ta'siri, narxlar proporsiyasini
aniqlashda ulardan o'tib ketdi.
QQS qo'llanilib boshlangan vaqtdan hozirgi kungacha bo'lgan davrda
O'zbekiston davlati budjetining asosiy manbalaridan bin bo'ladi qoldi.
61
O'tgan davrlar ichida QQS stavkasi 1992-yilda amal qilgan 30 %dan
1997-yilga kelib 18 %gacha tushirildi va 1998-yildan boshlab 20 % qilib
belgilanib, ushbu stavka bugungi kungacha saqlanib qolindi.
Soliqning ushbu stavkasi deyarli barcha MDH davlatlarida amal qilib
keladi va bu davlatlararo savdoda amalga oshirishda ancha samarali
hisoblanadi. Bundan tashqari, soliqning ushbu stavkasida davlat budjeti-
ning daromad qismi 30 %ligcha saqlanib qoladi va bu bozor iqtisodiga
mo'ljallangan davlatlardagi ushbu manbadan keladigan tushumlar hajmi
bilan mos keladi. Soliqning bu stavkasi yiliga 1-2 %dan kamayib bora-
yotgan foyda solig'i stavkasining pasayishi natijasida olinmay qolinayotgan
budjet daromadi o'rnini qoplash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |