Qo`rquvni yengishning samarali usullari



Download 1,28 Mb.
Sana25.02.2022
Hajmi1,28 Mb.
#463503
Bog'liq
Qo\'rquvni yengish

Qo’ng’irot shahar 22-sanli mektepke shekemgi psixologi Xalmuratova Faridaning “Qo`rquvni yengishning samarali usullari” mavzusida ota onalar uchun tayyorlagan videoroligi

Ayting: farzandingiz nimadan qo`rqadi? Sizning farzandlaringizdan olingan so’rovnomalar quyidagicha tahlil qilindi

  • Aksariyat o’smirlar vahimaga tushadigan holatlarni inkor etgancha, qo`rquv hissini begonaday tutishga harakat qilishadi. Aslida esa bu o`z-o`zini aldashdir. Agar farzandingiz ruhiy osoyishtalikka erishishni istasangiz uni nimalar vahimaga solishi va buning sababi nima ekanligini so’rang va ovoz chiqargan holda so`zlab berishga o’rgating

Biror narsadan vahimaga tushmagan odam bo`lmasa kerak dunyoda. Kimdir buni his-hayajon bilan ifodalasa, kimlardir buning sababini ruhiy holatdagi o`zgarishlarda deb biladi. Vaholanki, irodani chiniqtirish haqida ko`p gapiriladi. Shunday bo`lsa-da, hayotiy muammolarga sabab bo`layotgan va o`zligimizni anglashga to`sqinlik qilayotgan qo`rquv hissi ta`qib etishini inkor qilolmaymiz. Agar bu his osoyishta hayot kechirishimizga mon`elik qilayotgan bo`lsa, uni engish mumkinmi?

  • Deylik, farzandingiz chaqmoq chaqishidan qo`rqadi. Farzandingiz tasavvuridan kelib chiqib, mana shu manzarani qog`ozda aks ettirsin! Suratning har bir tarkibiy qismni chizar ekan qo`rquvni nazorat qilayotganday bo`lsin! Ishni yakunlagach suratdagi “dushman”iga yaxshilab qarasin.Mana farzandingizni dahshatga soladigan hodisa. Istasa uni g`ijimlab, yoqib yuborsin, yoki muzlatgich eshigiga yopishtirib qo`yib, har kuni u bilan yuzma-yuz kelsinda, uni xayolan mahv etsin!
  • Albatta bu tavsiyalarni farzandingizga o’rgating!

.
  • Farzandingiz qo`rquvni tan oldi deylik. Hatto u bilan yuzlashdi ham. Demak, uni qo`rqitayotgan holatni his etishi qoldi. Avvallari qo`rquvdan qo`llari titrab, ko`zlari pirpirayotganini sezgansiz. Biroq bu qo`rquvga qarshi kurashayotgani, ya`ni noto`g`ri yondashayotganini belgisidir. Yuqorida biz bo`ron va chaqmoq chaqishini misol qildik. Keling, ana shu manzarani tasavvur etib, shu vaqtdagi qo`rquvni his etib ko`ramiz.
  • Bu hisni qanday boshqarilishini tushungani sari, bu faqat farzandingiz muammosi emasligini ham faxmlaysiz. Avvaliga chaqmoqning gumburlagan ovozi, so`ng shamol g`uvillashi va daraxt barglarini derazaga qattiq urilishini tasavvur qilishi kerak. Bu tovushlarni hayolan eshitib ham eti junjikadi. Shunda chuqur nafas olib, tanasini bo`shashtirsin! har safar mana shu qo`rquv bilan yuzlashsa , u bilan hayolan suhbatlashib, nafas mashqi yordamida tinchlanishga harakat qilsin!

Har ishning hikmati bor!

Bizning qo`rquvlarimiz noaniq kelajakdagi voqea-hodisalarga qaratilgani bilan ham vahimaliroq ko`rinadi. Misol uchun, ishdan bo`shatib yuborishsa nima qilaman, turmush o`rtog`im boshqasini topib olgan bo`lsa holim nima kechadi kabi savollarning noaniqligi ham qo`rquvga sabab bo`lishi mumkin. O`ylab ko`rilsa aslida har qanday ishning bir hikmati bor. Ishdan bo`shatishsa, demak, qaerdadir siz uchun bo`sh ish o`rni bor...

  • Olishuvga tayyormisiz?
  • Siz musiqachi yoki notiqsiz. Biroq jamoatchilik oldida iqtidoringizni namoyish etishdan qo`rqasiz. Sizdagi qo`rquv hissi omadsizlikka uchrash bilan ifodalanadi. Xo`sh, uni engish uchun nima qilish kerak? Ketma-ket, tinim bilmay o`z ustingizda ishlash va mashq qilish! Shunda kunma-kun dadilligingiz ortib, o`z iste`dodingizni zavq bilan namoyish etasiz.
  • Olg`a boring!
  • Balandlikdan qo`rqadigan insonlar odatda ko`zlarini yumib olib, qo`rquvlarini yashirishga urinishadi. Vaholanki, o`shaodamga bildirmay, uni yuqori qavatga olib chiqsangiz, u buni hatto sezmaydi ham. Ammo aytishingiz bilan darhol vahimaga tushib qoladi. Bunday vaziyatlarda, muhimi, oldinga qadam tashlashdan cho`chimaslik. Bitta kichik qadam tashlab, qo`rquvinigizga tik boqsangiz, keyingi qadamlar o`z-o`zidan ulanib ketadi. Qo`rquv oldinga qo`ygan maqsadlaringizni amalga oshirishga to`sqinlik qilsa, u bilan kurashing va g`olib chiqing!

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish