Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y


Qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofini



Download 2,73 Mb.
bet7/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

Qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofini (vagina m. recti abdominis) qorinning yon devoridagi keng muskullarning aponevrozlari bu muskulni oldindan va orqadan o‘rab hosil qiladi. Qovurg‘alar sathida g‘ilofning oldingi devorini tashqi qiyshiq muskulning aponevrozi, orqada V-VII qovurg‘alarning tog‘aylari hosil qiladi. To‘g‘ri muskulning yuqorigi 2/3 qismida, ya’ni qovurg‘a ravog‘idan boshlab yoysimon chiziqqacha, muskul g‘ilofining oldingi devori, tashqi qiyshiq muskulning aponevrozi va ichki qiyshiq muskul aponevrozining yuza varag‘i hisobiga, mazkur g‘ilofning orqa devori ichki qiyshiq muskul aponevrozining chuqur varag‘i va ko‘ndalang muskulning aponevrozi hisobiga hosil bo‘ladi.
Kindikdan 2-5 sm pastda to‘g‘ri muskul g‘ilofining orqa varag‘ini hosil qiluvchi aponevrozlar ham oldinga o‘tib g‘ilofning oldingi devorini hosil qilishda qatnashadi. Aponevrozlarning oldinga o‘tib ketishi natijasida to‘g‘ri muskul g‘ilofining orqa devori tugagan joy, ko‘ndalangiga joylashgan, qavariq tomoni yuqoriga qaragan, kindikdan 2-5 sm pastda joylashgan yoysimon chiziq (linea arcuata, Duglas chizig‘i) shaklini oladi. Shunday qilib, yoysimon chiziqdan pastda g‘ilofning uchta muskul aponevrozidan tashkil topgan qalin va pishiq oldingi devorigina bor, xolos. To‘g‘ri muskulning orqa yuzasini, bu yerda, ko‘ndalang fassiya qoplaydi. Yoysimon chiziqning ikkala chekkasini chuqurchalararo boylamning davomi bo‘lgan fibroz tolalar mustahkamlaydi. Ba’zan yoysimon chiziqning chekkalarida, ko‘ndalang muskulning aponevrozida teshiklar bo‘ladi va ular orqali a. epigastrica inferior ning shoxlari o‘tadi. Bu teshiklar kengaysa, ular orqali Duglas chizig‘i churralari chiqadi.


Qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining turli sathlardagi tuzilishi. Gorizontal kesim xanjarsimon o‘simta sathida (A), ravoqsimon chiziqdan yuqorida (B), ravoqsimon chiziqdan pastda (S) va qov simfizi ustida (D) o‘tkazilgan.

  1. – to‘sh suyagi;

  2. – teri osti kletchatkasi;

  3. – , 10 – va 22 – qorinning to‘g‘ri muskuli; 4 – qovurg‘a tog‘ayi;

5 – va 7 – qorinning tashqi qiyshiq muskuli; 6 – qovurg‘alararo ichki muskul;

  1. – qorinning ichki qiyshiq muskulining aponevrozi;

  2. – va 18 – qorinning tashqi qiyshiq muskulining aponevrozi;

  1. – qorinning to‘g‘ri mukuli qinining oldingi devori;

  2. – oq chiziq;

  3. – , 20 –va 24 – pariyetal qorin parda; 14 – va 19 –va 25 – ko‘ndalang fassiya; 15 – qorinning to‘g‘ri muskuli qinining orqa devori; 16 – qorinning ko‘ndalang muskuli; 17 – qorinning ichki qiyshiq muskuli; 21 – piramidasimon muskul; 23 – plica umbilicalis mediaus.




    1. qavat. Ko‘ndalang fassiya (fascia transversalis), qorin ichi fassiyasining (fascia endoabdominalis) bir qismi bo‘lib, qorinning old-yon devorini ichki tomondan qoplaydi. Qorinning yuqorigi qismida bu fassiya yupqa bo‘lib, pastga tomon qalinlashib boradi, kindik sohasida qalin bo‘lib, kindik fassiyasi (fascia umbilicalis) deb ataladi. O‘zining eng pastki, chov boylami yaqinidagi qismida ko‘ndalang fassiya zichlashib, qalinlashadi va yonbosh-qov tizimchasi (tractus iliopubica) nomini oladi. Yonbosh-qov tizimchasiga chov kanalini plastika qilish chog‘ida choklar qo‘yiladi, chunki u ko‘ndalang fassiyaning yuqorigi yupqa qismlariga nisbatan mustahkam bo‘lib chok qo‘yilganda titilib ketmaydi. Urug‘ tizimchasi qorin bo‘shlig‘idan chiqib ketadigan sohada, ko‘ndalang fassiyada, voronkasimon chuqurlik hosil bo‘ladi (chov kanalining ichki halqasi), ya’ni moyak pastga tushayotganda xuddi qo‘lqopning barmog‘iday o‘zi bilan birga ko‘ndalang fassiyani ham chov kanaliga va undan yorg‘oqqa olib kiradi. Shunday qilib, urug‘ tizimchasining umumiy g‘ilof pardasi bo‘lgan fascia spermatica interna – ko‘ndalang fassiyasining bo‘rtig‘idir. Ko‘ndalang fassiya pastda taroqsimon boylamga (medial tomonda) hamda yonbosh fassiyasiga birikadi (lateral tomonda), ichkarida qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining orqa tomonini (yoysimon chiziqqacha) va to‘g‘ri muskulning orqa yuzasini qoplab (yoysimon chiziqdan pastda), oq chiziq bo‘ylab pariyetal qorin pardaga yopishadi, tashqarida esa belning chuqur muskullarining fassiyasiga, yuqorida – diafragma fassiyasiga, pastda tos ichi fassiyasiga davom etadi.

    2. qavat. Qorin parda oldi kletchatkasi (tela subserosa) qorin pardaning pariyetal varag‘ini ko‘ndalang fassiyadan ajratib turuvchi yog‘ qatlami bo‘lib, qorinning orqa devoridagi qorin parda orti kletchatkasiga, pastda tosning kletchatkasiga davom etadi. Qorin parda oldi kletchatkasi qorinning oldingi devorida yupqa qatlam ko‘rinishida bo‘ladi, oq chiziq va kindikda bo‘lmaydi. Qorin parda oldi kletchatkasida a. epigastrica inferior et a. circumflexa ilium prophunda va ularning venalari o‘tadi. A. epigastrica inferior tashqi yonbosh arteriyasidan boshlanib, ichki va tashqi chov chuqurchalari orasidan, pastdan yuqoriga, tashqaridan ichkariga, kindik tomonga yo‘nalib, to‘g‘ri muskul qiniga kirguncha qorin parda oldi kletchatkasida joylashadi. Bu arteriya qorinning oldingi-yon devorida kindikni yonbosh suyagining oldingi-ustki o‘tkir o‘sig‘i bilan tutashtiruvchi chiziqni (linea spinaumbilicalis) uning ichki va o‘rta 1/3 qismlari orasida kesib o‘tadi. Shu sababli, qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilishda troakarni linea spinaumbilicalis ning o‘rtasidagi nuqtada kiritiladi. Bunda, birinchidan, qorin ustining pastki arteriyasi shikastlanmaydi, ikkinchidan, troakar asosan, qorin devoridagi muskullarning aponevrozlari orqali o‘tadi (ichki qiyshiq muskulning esa yupqa muskul tolalarini teshib o‘tadi).

    3. qavat. Qorin pardaning devor oldi (pariyetal) varag‘i (peritoneum parietale) yuqorida diafragma fassiyasiga birikib, oldinda qorinning old-yon devorini ichki tomondan qoplaydi va pastda chov boylamiga 1 sm yetmasdan orqaga burilib, tos bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Demak, bu yerda ko‘ndalang fassiya bilan qorin parda orasidagi yog‘ kletchatkasi bilan to‘lgan oraliq ancha qalin bo‘ladi. Shu yerda qorin pardani kesmay turib, uni asta surish yo‘li bilan siydik yo‘lining pastki qismini va siydik pufagini qorin pardadan tashqarida ochish mumkin. Ushbu kletchatka bo‘shlig‘ida tashqi yonbosh tomirlari (vasa iliaca externa) va ularning shoxlari hamda tashqi yonbosh limfa tugunlari joylashadi. Qorin parda qorin oldingi-yon devorining ichki tomonini qoplab, qorin devorining ichki yuzasida o‘zining bir nechta hosilalarini hosil qiladi. Ularga kindik burmalari va chuqurchalar kiradi.




Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish