Qorin sohasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Gulmanov I. D. 2020 y



Download 2,73 Mb.
bet4/16
Sana18.01.2023
Hajmi2,73 Mb.
#900193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Qorin.Qorinning old – yon dеvоri.Churralarda bajariladigan operatsiyalar

Qorinning pastki sohasi (hypogastrium).

  1. O‘ng yonbosh-chov sohasi (regio ilioinguinalis dextra)da yonbosh ichakning

oxiri, ko‘richak, chuvalchangsimon o‘simta, o‘ng siydik yo‘li joylashadi.

  1. Qov usti sohasi (regio suprapubica). Ingichka ichak qovuzloqlari, siydik yo‘llarining pastki qismlari, rektosigmoidal qism, to‘lgan holatdagi siydik pufagi, bachadonning tubi (to‘g‘ri ichak yoki siydik pufagi to‘lganda) joylashadi.

  2. Chap yonbosh-chov sohasi (regio ilioinguinalis sinistra)da S–simon ichak,

ingichka ichak qovuzoqlari va chap siydik yo‘li joylashadi.


Qorin oldingi-yon devorining qavatma-qavat tuzilishi.


    1. qavat. Terisi yupqa, ostidagi to‘qimalarga nisbatan yaxshi siljiydi (kindikdan tashqari). Qorin bo‘shlig‘idagi ayrim normal (homiladorlik) va patologik holatlarda (assit, meteorizm) teri ancha cho‘ziladi. Ba’zan bunday cho‘zilish natijasida, teridagi biriktiruvchi to‘qima tolalari uzilishi va oqish chandiqli yo‘llar (striae), (homiladorlikda – striae gravidarum) hosil bo‘lishi kuzatiladi.

    2. qavat. Teri osti yog‘ kletchatkasi qorinning pastki sohasida yuqoridagiga nisbatan qalinroq bo‘ladi; uning yuza qavati katakchali strukturaga ega bo‘lib, ostidagi qatlamli qavatidan yuza fassiyaning yuza plastinkasi orqali ajralib turadi. Qorinning oq chizig‘i bo‘ylab teri osti yog‘ qavati kamroq bo‘ladi, kindikda esa umuman bo‘lmaydi.

    3. qavat. Yuza fassiya yuza va chuqur varaqlarga ajraladi: yuza varaq ancha yupqa bo‘lib, tananing umumiy yuza fassiyasining davomi hisoblanadi. chuqur varaq (Tompson plastinkasi) esa yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ayniqsa qorinning pastki qismida qalinlashib, chov boylamiga yopishadi; qov simfizining usti bo‘ylab esa oraliqning (erkak olat va yorg‘oqning) yuza fassiyasiga davom etadi. Yuza fassiyaning bunday tuzilishi amaliyotda katta ahamiyatga ega: agar yiring yoki gematoma yuza va chuqur varaqlar orasida bo‘lsa, songa tarqalishi mumkin; agar chuqur varaqning ostida bo‘lsa, chov boylamidan yuqorida to‘planadi. Siydik pufagining jarohatlarida siydik g‘ovak kletchatka orqali olatga, yorg‘oqqa va oraliqqa tarqalishi mumkin. Teri osti yog‘ qavatida qorinning yuza qon tomir va nervlari o‘tadi. Qorin old-yon devorining pastki qismida son arteriyasidan chiquvchi arteriyalar tarmoqlanadi: qorin tepasidagi yuza arteriya (a. epigastrica superficialis) chov boylamining o‘rta va ichki qismlari orasidan kindik tomonga yo‘naladi; undan tashqarida yonbosh suyagini o‘rovchi yuza arteriya (a. circumflexaye ilium superficialis) yonbosh suyagining old-ustki o‘tkir o‘sig‘i tomonga chov boylamiga parallel holda yo‘naladi; tashqi uyatli arteriyalar (aa. pudendae externae) qov usti sohasida tarmoqlanadi. Qorinning kindikdan yuqorigi qismida katta kalibrli tomirlar kam bo‘lib, uni asosan, segmentar tartibda borvuchi pastki qovurg‘alararo va bel arteriyalarining teshib o‘tuvchi shoxlari qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyalar bilan birga boruvchi yuza venalarning soni ko‘p bo‘lib, ular o‘zaro anastomozlanishi natijasida qorinning yuza venoz to‘ri hosil bo‘ladi. Bundan tashqari yuza venalar chuqur qavatdagi venalar bilan ham tutashadi. Yuza qavatdagi vena to‘ridan qon v. thoracoepigastrica (bitta yoki bir nechta) bo‘ylab yuqoriga oqadi va qo‘ltiq venasi (v. axillaris) yoki ko‘krakning tashqi venasi (v. thoracica lateralis)ga quyiladi (yuqori kavak vena tizimi), qorinning pastki qismidan esa pastga oqadi va son venasi (v. femoralis) orqali tashqi yonbosh vena (v. iliaca externa)ga, undan pastki kavak vena (v. cava inferior)ga quyiladi (pastki kavak vena tizimi). Bu anastomozlar kava- kaval anastomozlar deyiladi.


Qorin old-yon devori. O‘ng tomonda xususiy fassiya ochilgan.
1 – oldingi tishsimon muskul;
2 – qovurg‘a ravog‘i konturi;
3 – katta ko‘krak muskulining qorin qismi;
4 – qorinning oldingi teri shoxlari;

  1. – ko‘krak-qorin venalari;

  2. – qorinning teri osti venalari;

7 – teri osti yog‘ kletchatkasi;
8 – kindik;
9 – a.circumflexa ilium superficialis;
10 – v.epigastrica superficialis;

  1. – a.epigastrica superficialis;

  2. – v.circumflexa ilium superficialis;

13 – v.saphena magna;

  1. – v.pudenda externa;

  2. funiculus spermaticus;

16 – n.ilioinguinalis;
17lig.inguinals18 – fascialata;

  1. – n.iliohypogastricus;

  2. – oldingi yuqori yonbosh o‘sig‘i;

  3. – qorinning tashqi qiyshiq muskuli aponevrozi;

22 – n.cutaneus lateralis abdominis;
23 – qorinning tashqi qiyshiq muskuli.
Qorinning oldingi-yon devori terisini 5 ta pastki qovurg‘alararo nervlar, qovurg‘a osti nervi (n. subcostalis), yonbosh-qorin osti (n. iliohipogastrica) va yonbosh-chov nervi (n. ilioinguinalis)dan chiquvchi va qorinning qiyshiq muskullarini teshib, teri ostiga o‘tuvchi yon teri shoxlari va oldingi teri shoxlari innervatsiyalaydi. VII-VIII va IX qovurg‘alararo nervlarning shoxlari epigastral sohaning terisi ostida, X va XI qovurg‘alararo nervlarning shoxlari mezogastral sohada, qovurg‘a osti, yonbosh-qorin osti va yonbosh-chov nervlaridan chiquvchi shoxlar gipogastral sohaning terisi ostida tarqaladi. Teri osti limfa tomirlari qorinning yuqorigi qismidan qo‘ltiq osti limfa tugunlariga, qorinning pastki qismidan yuza chov limfa tugunlariga boradi.

    1. qavat. Xususiy fassiya. Qorinning qiyshiq muskullarini o‘rovchi chuqur fassiyalarni bir-biridan g‘ovak kletchatka ajratib turadi, o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘idan orqada bu fassiyalar o‘zaro birlashib ketadi. Qorinning yassi muskullari aponevrozga o‘tish bilan ularning fassiyalari ham apnevrozlarga, pastda – chov boylamiga birikib ketadi.

Qorin old-yon devori.

      1. – oldingi tishsimon muskul;

      2. – qorin oq chizig‘i; 3 – xanjarsimon o‘siq; 4 – r.perforantes;

  1. – yuqorigi qorin ustki arteriyasi;

  2. – VII qovurg‘alararo nerv; 7 – VII qovurg‘a; 8 – VIII qovurg‘alararo nerv;

9 – qovurg‘alararo arteriyalar bilan bog‘lanish; 10 – qorin to‘g‘ri muskuli qinining orqa plastinkasi;

  1. – yuqorigi va pastki qorin ustki arteriyalarining qo‘shilishi;

  2. – X qovurg‘alararo nerv; 13 – XI qovurg‘alararo nerv;

14 – qorin ko‘ndalang muskuli; 15 – yarimoysimon chiziq;
16 – qovurg‘a osti nervi; 17 – n. iliohypogastricus; 18 – n. ilioinguinalis;

  1. – ravoqsimon chiziq;

  2. – a.et v.circumflexa ilium profunda; 21 – ko‘ndalang fassiya;

  1. – annulus inguinalis profundus;

  2. – lig.interfoveolare; 24 – falx inguinalis; 25 – urug‘ tizimchasi;

  1. – pastki qorin ustki arteriyasi;

  2. – lig suspensorium penis; 28 – m.cremaster; 29 – m.pyramidalis; 30 – fascia lata;

31 – qorin to‘g‘ri muskuli; 32 – oldingi yuqori yonbosh o‘sig‘i;

  1. – pastki qorin ustki arteriyasining oldingi teri shoxi va teshib o‘tuvchi shoxlari;

  2. – qorin ichki qiyshiq muskuli; 35 – interdigistionis tendinous; 36 – qovurg‘a ravog‘i.




    1. qavat. Muskul qavati. Qorin devorining yon qismini (juft sohalarni) uning ustma-ust joylashgan keng va yassi muskullari bo‘lgan tashqi qiyshik, ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullar, oldingi qismini esa (toq sohalarni) qorinning to‘g‘ri muskuli egallaydi. Qorinning yon tomondagi keng muskullarning aponevrozlari to‘g‘ri muskulning g‘ilofini hamda qorining oq chizig‘ini hosil qiladi.


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish