Qorin bo’shligi yallig



Download 101,34 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi101,34 Kb.
#266334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
APPENDITSIT

PERITONITLAR
Qorin pardasining yallig‘lanishi peritonit deyiladi. Jarayon- ning tarqalishiga ko‘ra tarqalgan, tutash (diffuz), mahalliy (chega- ralangan yoki chegaralanmagan) peritonitlar tafovut qilinadi.

Tarqalgan peritonit. Bu turdagi yallig‘lanish jarayoni erkin, qorin bo‘shlig‘ida muayyan chegaralarsiz tarqaladi, jarayonga butun qorin pardasi qo‘shiladi.

Klinikasi. Peritonit ikkilamchi rivojlanganligi tufayli uning klinikasi birlamchi kasallik simptomlariga qo‘shilib ketadi. Be- morlar qorindagi og‘riq, quvvatsizlik, tashnalik, ko‘ngil aynishidan shikoyat qiladilar. Kovak a'zolar perforatsiyasida avvaliga «xan- jar bilan urgandek» og‘riq qayd qilinadi, keyinchalik og‘riq biroz pasayadi va tutash xarakterga ega bo‘ladi. Bemorning umumiy ko‘rinishi: chalqancha yoki oyoqlarini qorniga tortib yotadi, yuz qiyofasi o‘tkirlashgan, ko‘zlari kirtaygan (Gippokrat qiyofasi), te- risining rangi kulrang-zahil bo‘ladi.

Bemorning harorati avvaliga 38—39˚C ga ko‘tariladi, keyin normaga tushadi yoki bundan ham pasayadi. Haroratning pulsdan orqada qolishi xarakterli («qaychi simptomi»). Puls kichik, tez,



bir daqiqada l20—l40 martagacha uradi. Arterial bosim pasaygan bo‘ladi. Til quruq, karash bog‘lagan, ketma-ket qusish kuzatiladi. Leykotsitoz l5000—25000 ga teng, leykotsitar formula chapga surilgan. Qorin mushaklari taranglashgan, Da osi. Peritonit keltirib chiqargan sababni tugatish maqsa- dida tezlik bilan operatsiya qilib, perforativ teshik tikiladi, yal- lig‘langan chuvalchangsimon o‘simta yoki o‘t pufagi olib tash- lanadi. Yiringli suyuqlikni chiqarish uchun qorin bo‘shlig‘iga drenaj qo‘yiladi. Antibiotiklar yuboriladi va ichki zaharlanishga qarshi kurashish uchun katta miqdorda fiziologik eritma, 5% li glukoza eritmasini vitaminlar bilan, plazma, qon, oqsilli gidro- lizatlar quyiladi. Oksigenoterapiya, yurak dorilari va sedativ vo- sitalar qo‘llaniladi.

Chegaralangan peritonit deganda, qorin bo‘shlig‘idagi lokal yallig‘lanish jarayoni tushuniladi. Chegaralangan peritonitlarga qorin bo‘shlig‘i jarohatlari, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, o‘tkir appenditsit, xoletsistit va boshqa kasalliklar sabab bo‘ladi. Yallig‘lanishning chegaralanib qolishiga charvi, ingichka ichak qovuzloqlari va shu lokalizatsiyaning anatomik xususiyatlari im- kon beradi.

Klinikasi.

Da osi. Yiring bog‘lagan joy kesiladi. Diafragma osti abssessida l2-qovurg‘a rezeksiya qilingandan va diafragma kesilgandan ke- yin u ko‘krak devori orqali ochiladi. Plevra bo‘shlig‘i yiringdan infeksiyalanmasligi uchun plevra yuqoriga surib qo‘yiladi yoki diafragma pariyetal plevraga tikiladi.

Duglas bo‘shlig‘i abssesslarida to‘g‘ri ichak orqali yoki ayol- larda qin orqali kesib yiring chiqariladi. Ochilgan yiringlagan joyga drenaj qo‘yiladi va umumiy davolash yiringli jarohatlardagi kabi olib boriladi.

Pnevmokokkli peritonit. Pnevmokokk yoki diplokokkdan yuzaga keladigan peritonit o‘g‘il bolalarda qorin bo‘shlig‘iga, qiz bolalarda esa jinsiy a'zolari orqali pnevmokokk infeksiyasi tush- ganda yoki gematogen yo‘l bilan paydo bo‘ladi.


Klinikasi. Kasallik to‘satdan qorinda kuchli og‘riq, harorat ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Peritonitning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, qorin devori, odatda, tarang bo‘lmaydi. Keyinchalik tu- tash pnevmokokkli peritonit qorin bo‘shlig‘ining biror sohasi bilan chegaralanishi mumkin.

Da osi. Operatsiya qilinib qorin ochiladi. Qorin bo‘shlig‘i suyuqlik va yiringdan tozalanadi. Umumiy antibiotikoterapiya. Antibiotiklarni qorin bo‘shlig‘iga yuborish yaxshi natija beradi.

Sil peritoniti. Birlamchi sil g‘oyat kam uchraydi. Aksariyat u ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi va sil infeksiyasi birlamchi o‘choqda (o‘pka, oyoq sili) gematogen va limfogen yo‘l bilan tar- qalganda paydo bo‘ladi. Kasallikning ilk bosqichlarida qorin par- dasida ko‘p sonli tariqsimon alohida-alohida do‘mboqchalar va qorin bo‘shlig‘ida seroz yoki ekssudativ suyuqlik hosil bo‘ladi. Keyinchalik ingichka ichak qovuzlog‘i, charvi alohida konglo- merat bo‘lib, bir-biriga yopishadi, unda kazeoz massa bilan to‘l- gan bo‘shliqlar bo‘ladi (fibroz, kazeoz turi). Kazeoz massa so‘rilib ketganda ingichka ichak qovuzlog‘ining o‘zaro yopishgan kong- lomerati qoladi (chandiq kasalligi).

Klinikasi. Kasallikning ilk bosqichida qorinda xurujsimon og‘- riq va qorin bo‘shlig‘ida ekssudat paydo bo‘ladi. Bemor ozib ke- tadi, ishtahasi yo‘qoladi. Qabziyat ich ketishi bilan almashinadi. Boshqa a'zolarda sil o‘chog‘i borligi tashxisni aniqlashga yordam beradi. Oxirgi bosqichida chandiq kasalligi yetakchi hisoblanib, bu qorinda o‘rtacha doimiy og‘riq, ichaklarning dam bo‘lishi, doimiy qabziyat bilan xarakterlanadi.

Da osi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida silga qarshi max- sus davo mavsumiy davolash va kuchli ovqatlar berish bilan birga olib boriladi. Laparotomiya va ichki a'zolarni ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish davolashning ta'sirchan usullari hisoblanadi. Bitishma kasalligida ingichka ichak qovuzlog‘i ajratiladi, keyin u muayyan tartibda tikiladi.


Download 101,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish