Qoraxoniylar davlati



Download 362,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi362,09 Kb.
#262815
1   2
Bog'liq
Qoraxoniylar davlati - Vikipediya

Qoraxoniylar davlati  

forscha



ﻰﻘﯩﻠﻧﺎﺧ رﻼﻴﯩﻧﺎﺧارﺎﻗ 



 



 

  



 



 

840

 — 

1212

 

 

Poytaxti

Bolasogʻun

 – 

840


1130


  

Koshgʻar


 – 

840


1042


1130


1211


  

Samarqand

 – 

1040


1212


  

Oʻzgan


 – 

1141


1212


Yirik shaharlari

Koshgʻar


Amudaryo


Sharqiy Turkiston

Yettisuv


,

Shosh


Fargʻona


,

Til(lar)i

turkiy til

fors tili



arab tili



Dini

Islom dini

 

tengriizm



Maydoni

3 000 000 км²



Aholisi

turkiylar, 

tojiklar

qorluqlar



chigillar

argʻular


,

yagʻmalar

, yaxudiylar

Boshqaruv shakli

monarxiya



"Qoraxon"

 - 


Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon

Sulolaning kelib chiqishi

Tashkil topishi



Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yarmiga toʻgʻri

keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi.

Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan.

992-yili elikxon 

Bugʻra

 boshchiligidagi Qoraxoniylar qoʻshini 



Movarounnahr

 hududiga bostirib

kiradi. Qoraxoniylar gʻalabasiga 

Bugʻraxon

 bilan 

Xurosonning

 

somoniy


 hokimi 

Abuali Simjur

oʻrtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi 

Foiqning


 sotqinligi sabab boʻlgan.

Natijada qoraxoniylar 

Buxoroni

 jangsiz ishgʻol etadilar, amir Nuh esa Chorjoʻyga qochishga

majbur boʻladi. Ammo Bugʻraxon kasallanib, oʻz vatani 

Koshgʻarga

 ketayotganda vafot etadi.

Qoraxoniylar Buxorodan katta oʻlja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yoʻlboshchisi

boʻlgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin

madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi.

999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga

oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib

Qoraxoniylar davlati Movarounnaxrda

Qoraxoniylar davlati 1006 yil

Qoraxoniylar hukmronligini Movarounnaxrda

oʻrnatilishi



keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston,

Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005 yilgacha

somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq

raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. 

Bogʻdod

 halifi fatvosi bilan elikxon

Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach

qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat

tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin

vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi

muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe

boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga

koʻchirilgan. 

Buxoro


 ham 

Samarqandga

 tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda,

Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar

bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.

Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini

somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan.

Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib

zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti 

Buxoroni


deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq

turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari

yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma

tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi

yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa

Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr

oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv,

sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar

va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida

ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar

Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton 

Mahmud


Gʻaznaviy

 qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar

keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib,

oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040 yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar

saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi.

Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori 

Ibrohim Boʻritegin

foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi.

Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib

boradi.


Gʻarbiy Qoraxoniylar xoqonligi


Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1040 yilga kelib 2 mustaqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga

boʻlinib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, 

Qashqar

Taroz



Isfijob


Shosh


 va Sharqiy Fargʻona

kirgan. Poytaxti 

Bolasogʻun

, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism

Movarounnahrdan to Fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga

oladi. Markazi 

Samarqand

 hisoblangan.

Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy

kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy

hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar

davlati 1130 yil saljuqiylar hukmdori 

Sulton Sanjarga

 tobe boʻlib qoladi. 12-asrning 30-yillari

oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar

hujumiga duchor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda

boʻlsa-da, 13-asr boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212 yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili

Usmon ibn Ibrohimning

 Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi

qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi.

Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining

tarkibini Yettisuv, 

Isfijob



Shosh



, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, 

Fargʻonaning

 shim.-

sharqiy hududlarida yashovchi turkiylar, qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab

turkiy qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini

oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur

yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish

jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana

bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik

guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.



Usmon ibn Ibrohimxoning

 Samarqanddagi qarorgohini xarobalari, Afrosiyob xarobalari


Bu obʼyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan

belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish

jarayonining yakuniy bosqichi yuz berdi (qarang 

Oʻzbeklar

).

Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan 



Turk xoqonligi

, Turkash davlati kabi turkiy

davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat

boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi

taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr

oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi.

Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga

boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni

tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila

sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy

hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda

qatnashishgan.

Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib

borgan. 10-asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham

qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat

boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan

ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng

yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon,

bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.

Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib, davlat

viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari

"elning oq xoni", yaʼni "buyuk xon" qoraxondan nufuz va darajasiga koʻra keyingi oʻrinda

turuvchi "kichik xon" hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari

bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar

orasida, Movarounnahr eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu

davrda viloyatlarni "takin" unvonidagi kishilar boshqargan. "Takin" atamasi dastlab qadim

turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar

unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib "takin" unvonidagi

harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar

davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida

muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar

qoʻlida boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiyiqtisodiy ravnaqi uchun masʼul

Maʼmuriy-boshqaruv tizimi



hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan. Davlatning

mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va doʻstona

munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga eʼtibor

kuchayib, ularning obroʻsi nihoyatda baland boʻlgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular

taʼsirining kuchayishi va vaqf yerlarining kengayishiga olib kelgan.

Madaniyati



Kalon minorasi, Buxoro


Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi.

Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy,

ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan.

Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik

qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Mahmud Qoshgariy 

Turkiy xalqlarning

 

arab tilidagi



 ilk 

ensiklopediyasi

 — 

„Devonu lugʻotit turk“



(1072-74) yaratdi va 

turkshunoslik

 ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy

xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy

xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.

[4]


Qoraxoniylar davrida etishib chiqqan mashhur shoir va mutaffakir Xoja Ahmad Yasaviy

(taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) edi. U tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri,

turkiy xalqlarning

 buyk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli

zotlardan boʻlgan. Yassaviy 

chigʻatoy tilida

 ijod qilgan

[5][6][7]

.

Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos



turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til,

madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi

maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik

alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda,

11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.

[8]


Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon,

Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid,

madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida

hashamatli binolar qurish sanʼ-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy koʻrsatadi.

Ibrohim Tamgachxon

 (1040-1068) birinchi marta 

Samarqandda

 davlat mablag'lari hisobiga

madrasa

 qurdirdi va mintaqada madaniyatning rivojlanishini qo'llab-quvvatladi. Uning qo'l

ostida Samarqandda jamoat shifoxonasi va madrasasi tashkil etilib, u erda tibbiyot bo'yicha

o'qitish ham olib borilgan.

[9]

 1066 yilda uning buyrugʻi bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga



yaqin joyda Madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi maʼlum.

Raboti Malik saroy majmuasi 1068-1080 yillarda 

Samarqandda

 hukmronlik qilgan Qoraxoniy

Shams al-mulk buyrug'i bilan barpo etilgan. XIII asrdan boshlab, moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni bosib

olganlaridan soʻng, XVIII asrning boshlariga qadar Rabot-i Malik savdo karvonlarini toʻxtatish



Raboti Malik karvon saroyi, Navoyi shahri yaqinida


uchun karvonsaroy boʻlib xizmat qilgan. Rabot-i Malik - Markaziy Osiyo monumental

meʻmorchiligining eng qadimiy yodgorliklaridan biri va jahon ahamiyatiga ega meʻmoriy

yodgorlik.

Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng ko'zga koʻringan yodgorligi - XII asrda qalʼada

qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning

parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq kaftan kiygan va kamon ushlagan 

turkiy

 jangchi


tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga o'xshash ayollar ham tasvirlangan.

[10]


Qoraxoniylar davridan 

Buxorodagi

 qadimiy yodgorliklar: Kalon minorasi, Magoki-Attori va

Namozgox masjidlari va Turk-i Jandi saqlanib qolgan. 1119 yilda 

Shams al-mulk

 masjidining

yangi binosini tikladilar, u bugungi kungacha tiklangan shaklda saqlanib kelmoqda. 

Arslonxon

(1102-1130) hukmronligi ostida boʻlgan Qoraxoniylar davrida Buxoro meʻmorchiligining

durdonalaridan biri - Kalon minorasi (1127-1129) qurilgan. "Ichki shahar"ning janubi-gʻarbiy

qismida u turar-joy maydonini sotib olib, bu erda juma kuni masjidni tikladi (1121 yilda qurib

bitkazilgan), hozirda Kalyan masjidi deb nomlanmoqda. Boshqa bir masjid Kalan masjididan

bir oz janubda joylashgan edi. Hozir uning oʻrnida turar-joy binolari, ulardan bittasida -

Arslonxonning mozori joylashgan.

Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan.

Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Mahmud Qoshgʻariynit "Devonu

lugʻotit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

1. Kochnev B. D. Qoraxoniylar Kogonligi // O'zbekiston davlatchiligi tarixining ocherklari. -



Toshkent: Shark, 2001. — С. 65—66.

2. Robert Dankoff. 



Qarakhanid Literature and the Beginnings of Turco-Islamic Culture (http://v

lib.iue.it/carrie/texts/carrie_books/paksoy-2/cam4.html)

. vlib.iue.it. 2020-03-25.

3. Кочнев Б. Д., Нумизматическая история Караханидского каганата (991—1209 гг.).



Москва «София», 2006. с.147

4. E. Van Donzel, ed (1997). "Al-Kâshgharî" (inglizcha). 



The Encyclopedia of Islam

IV

Leiden



New York



E. J. Brill

.

5. 


Писал на чагатайском языке (http://bse.sci-lib.com/article083648.html)



переводы с чагатайского на казахский язык (http://www.nklibrary.kz/elib/collect/statyi



i/hikmety_yasavi.htm)

[sayt ishlamaydi]

Manbalar



7. 

Ясави первым из религиозных деятелей своего времени стал излагать духовные

наставления на чагатайском (http://kazpravda.kz/c/1174507427)

[sayt ishlamaydi]

Советская историческая энциклопедия. Т.14. М., 1973, С.667

9. Bartol'd V. V. Turkestan v epokhu mongol'skogo nashestviya // Sochineniya. T.I. M., 1963

10. Grene F., Karev Yu.V., Isamiddinov M., Afrasiab turar joyidagi arxeologik ishlar // MITSAI



Axborotnomasi, 2005 yil 1-son, p. 34

Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991;

Korayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983;

Muhammadjonov A.R., Oʻzbekiston tarixi, T., 1994;

Shoniyozov Q., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999

Kochnev B. D., Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991–1209 gg.).

Moskva «Sofiya», 2006

Bu maqola 

vikilashtirilishi

 kerak.

Iltimos, bu maqolani 

Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga

 muvofiq tartibga keltiring.



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyot



  Soʻnggi tahrir 1 oy avval 92.38.24.82 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?

title=Qoraxoniylar_davlati&oldid



=2194193

" dan olindi 



Download 362,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish