Qoraqalpoq davlat unversiteti


Badanga hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir shikast yetkazish



Download 60,33 Kb.
bet5/11
Sana11.05.2022
Hajmi60,33 Kb.
#602026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5278404524908743356

Badanga hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir shikast yetkazish


Bu badanga shikast yetkazishning eng koʻp tarqalgan turlaridan biridir. Bunday shikast, odatda, oʻlim bilan tugaydi yoki jabrlanuv- chining hayotiga bevosita xavf tugʻdiradi.Biror-bir oqibat yuz berishidan qat’i nazar, hayot uchun xavfli shikast yetkazilgan paytdan jinoyat tugallangan hisoblanadi va javobgarlik vujudga keladi. Yetkazilgan shikastning nima bilan tugashi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir koʻrsatmaydi.«Badanga yetkazilgan shikastning ogʻirlik darajasini aniqlash qoidalari»da badanga yetkaziladigan hayot uchun xavfli shikastning roʻyxati berilgan.Badanga yetkaziladigan hayot uchun xavfli shikastni kvalifikatsiya qilish uchun bunday jinoyat subyektiv tomonining eng muhim belgilarini e’tiborga olish lozim. Bunday shikast yetkazilishining oʻzi (ayniqsa, koʻkrak qafasi, qorin, bosh suyagiga hayot uchun xavfli jarohat yetkazish) shundan dalolat beradiki, jinoyatchining jabrlanuvchiga nafaqat ogʻir jarohat yetkazishi, balki uning oʻlishi mumkinligiga koʻzi yetadi. Badanga hayot uchun xavfli boʻlgan shikast yetkazishni odam oʻldirishga suiqasd qilishdan farqlash lozim.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida»gi qarorida:
«Qasddan odam oʻldirish jinoyatini jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatidan farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini, uning oʻz harakatlari oqibati, ya’ni jabrlanuvchining oʻlimiga nisbatan subyektiv munosabatini inobatga olish darkor.Qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga ogʻir shikast yetkazish shaxsning oʻlimiga sabab boʻlgan hollarda esa, oʻlimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi.
Aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan kelib chiqilishi, xususan, jinoyatni sodir etish usuli va quroli, tan jarohatlari soni, xususiyati va oʻrni (masalan, odam hayoti uchun muhim a’zolarning jarohatlanganligi), jinoiy harakatlar toʻxtashi sabablari, shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining jinoyat sodir etilgunga qadar boʻlgan fe’l- atvori, oʻzaro munosabatlari, aybdorning jinoyat sodir etilgandan
keyingi harakatlari xususiyati e’tiborga olinishi lozim»
Aybdor badanga hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir shikast yetkazayot- ganida jabrlanuvchini oʻldirib qoʻyishi mumkinligini nafaqat anglagan va shunday boʻlishi ehtimoli borligini faraz qilgandagina emas, balki shunday oqibat yuz berishini xohlagan, ya’ni boshqa odamni oʻldirishga qaratilgan toʻgʻri qasd bilan harakat qilgandagina uning qilmishi oʻldirishga qasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Toʻgʻri qasd odam oʻldirishga qaratilmagan boʻlsa, qasddan badanga hayot uchun xavfli boʻlgan shikast yetkazish Oʻzbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.Sodir etilgan qilmishni badanga hayot uchun xavfli shikast yetkazish deb toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning subyektiv tomonini sinchiklab tahlil etish, jinoyat motivining xususiyatini va qasd nimaga qaratilganini aniqlash talab qilinadi.
JK ning subyektiv tomoni toʻgʻri qasd bilan ham, egri qasd bilan ham ifodalanadi.Koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishi
«Qoidalar»ga binoan badanga ogʻir shikast yetkazish jumlasiga biror a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati yoʻqolishi alomati sifatida qoʻl, oyoq funksiyalari, eshitish, soʻzlash, nasl qoldirish qobiliyatining ishdan chiqishi yoki tamoman yoʻqotilishi kiradi.Koʻrish qobiliyatini yoʻqotish ikkala koʻzning batamom koʻrmay qolishi yoki koʻrish qobiliyatining 2 metr va undan kam masofada barmoq sanarli darajada pasaygan (koʻrish oʻtkirligi 0,04 % va past) holati. Bitta koʻzning koʻr boʻlib qolishi ham mehnat qobiliyatini uchdan bir hissa barqaror yoʻqotish alomatiga koʻra ogʻir tan jarohatlari jumlasiga kiradi. Koʻrmaydigan koʻzning shikastlanishi uning olib tashlanishini taqozo etsa, qilmish sogʻliq yomonlashganining muddati boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.

Download 60,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish