Badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi
Aksariyat hollarda yetkazilgan shikast oqibatida badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazmasa-da, u odamni juda badbashara, xunuk qilishi natijasida jabrlanuvchi ma’naviy qattiq azob chekadi. Bunday shikast shaxsning jamoat bilan aloqalari uzilib qolishi xavfini tugʻdiradi. Jabrlanuvchilar tashqi qiyofasidan uyalib, doʻstlari, yaqinlari, qarindoshlari bilan aloqa qilmay qoʻyadilar, mehnat va boshqa faoliyatlarini keskin kamaytiradilar, aksariyat holda ishlamay qoʻyadilar, spirtli ichimliklarga, giyohvandlikka beriladilar, bundan taskin topganday boʻladilar va ba’zan daydilik, tilamchilik bilan shugʻullanib, darbadarlikda kun kechira boshlaydilar. Bunday shaxslar koʻpincha jinoyat sodir etadilar.Badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi deganda, tananing ayrim qismlari (quloq, burun va lab) olib tashlanishi yoki yuzning notekis boʻlib qolishi, mimikaning buzilishi, yuzda chuqur chandiqlar, tirtiqlar, qaltiroqning paydo boʻlishi va natijada shaxs badani xunuk,jirkanch, yoqimsiz koʻrinish hosil qilishi tushuniladi2.
Sud-tibbiy eksperti jarohatning xunukligini aniqlamaydi, chunki mazkur tushuncha tibbiy sohaga oiddir. U faqatgina oddiy belgilardan kelib chiqib tan jarohatining xususiyati va ogʻirlik darajasini belgilaydi va jarohat tuzalishi mumkinligini aniqlaydi.Shikastning tuzalishi deganda, vaqt oʻtishi bilan yoki tibbiy yoʻllar bilan, vositalar ta’sirida yoʻqolib ketadigan patologik oʻzgarishlar (chandiqlar, tirtiqliklar, mimika buzilishlari va hokazo)ning anchakamayib borishi tushuniladi. Agarda ularni yoʻqotish uchun tezkor aralashuv (kosmetik operatsiya) talab qilinsa, badanga yetkazilgan shikast tuzalmaydigan deb hisoblanadi.Badanga yetkazilgan shikast badanni xunuklashtirishi yoki xunuklashtirmasligi masalasi sud tomonidan taraflar ishtirokida va shikastning xususiyati, joylashuvi, tuzalmaslik darajasi hisobga olinib va umumiy qabul qilingan estetik tasavvurlar asosida sudning faqat ichki ishonchigagina asoslangan holda hal etiladi. Aynan sud obyektiv ravishda, jabrlanuvchining shikast yetkazilmasdan oldingi va keyingi qiyofasini taqqoslash yoʻli bilan badanning xunuklashganligini aniqlashi
kerak 1.Yuz terisining tuzalmaydigan darajada xunuklashishi masalasi dastlabki tergov va sud muhokamasida hal qilinadi. Agar sud muhoka- masida tan jarohati koʻrib chiqilayotgan belgi boʻyicha ogʻir deb topil- masa, keyinchalik jabrlanuvchi sogʻligining muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan jarrohlik va kosmetik operatsiyalar natijasida yomonlashuvi, agarda ogʻir tan jarohatining boshqa belgilari boʻlmasa qilmishni JK 105-moddasi boʻyicha kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻla olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |