Qoraqalpoq davlat universtiteti Qurilish fakulteti Bino va inshootlar qurilishi <<2A>>-kurs talabasi Uderbaeva Guljamal
Biz OITS ga qarshimiz!
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OIV deb nomlangan virus (odam immunotanqislik virusi) sabab bo’lgan sindrom, xalq orasida ko’proq SPID kasalligi nomi bilan tanilgan. Kasallik immunitet tizimini o’zgartirib, odamlarni infektsiyalar va kasalliklarga ko’proq moyil qilib qo’yadi. Bu sezuvchanlik sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi.
OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni tashqi xavfli ta'sirlardan himoya qiluvchi tizim ─ immun tizimini izdan chiqaradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, virus organizmga tushgan dastlabki davrda hech qanay noxush alomatlar sezilmaydi, immun tizimi viruslarning tajovuzini bostirib turadi. Odam virusni yuqtirib olganidan boshlab 10 yilgacha o‘zi kasal ekanini sezmaydi. Bu davrda organizmda OIV viruslari bilan kasallangan hujayralar soni sog‘lom hujayralarga qaraganda oshib boradi, natijada OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqadi. Bu surunkali tarzda kechuvchi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tushunish xato. Organizmning viruslar bilan mahv etilishi natijasida immun tizimi o‘z vazifasini bajara olmaydi, natijada inson har qanday tashqi ta'sirga sezuvchan bo‘ladi, oddiy kasalliklarni ham og‘ir kechiradi. Organizmning kurashuvchanligi yo‘qolgani bois yondosh kasalliklar rivojlanib boraveradi. OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi (diareya), og‘iz bo‘shlig‘i va turli a'zolar yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
Davlatimiz rahbarining 2008-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida OIV kasalligining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi “OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har jihatdan sog‘lom farzandlar tug‘ilishini ta’minlash maqsadida nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik jarayonida bo‘lajak kelin-kuyovlarning barchasi OITS tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.
Aholi, ayniqsa, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish mazkur kasallikka qarshi kurashishning eng samarali yo‘lidir. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda.
– Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va mahallalarda “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz”, “Biz yoshlar OITSga qarshimiz” kabi mavzularda aksiyalar, rasmlar tanlovlari va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlardan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish kabi ezgu maqsadlar ko‘zlangan.
1 dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Turli ilmiy konferensiya va seminarlar, ushbu xastalikdan vafot etganlarni yod etish marosimlari, OITSga qarshi kurashga qaratilgan uchrashuvlar...
Yer yuzida istiqomat qilayotgan 37 milliondan ortiq bemorni o‘z iskanjasiga olgan, ularga har kuni o‘lim, og‘riq, uqubutlarni eslatib turgan OITS bir kunlik kurash bilan mag‘lub bo‘lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o‘lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo‘lsalar-da, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo‘yicha birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Insonga hayot bir marta beriladi. Berilgan imkoniyatdan ezgu ishlarni bajarishda foydalanaylik!2a>
Do'stlaringiz bilan baham: |