Matn yuzasidan savollar
1. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar qanday ishlar bilan shug‘ullanishgan?
2. Nima sababdan yangi-yangi kasb va hunarlar paydo bo‘lgan?
3. Rivojlangan jamiyatimizda qanday kasblar keng tarqalgan?
4. Bolalar necha yoshdan boshlab o‘zlariga kasb tanlashadi?
5. Ko‘pchilik bolalar qaysi kasblarni egallashni orzu qilishadi?
6. Tanlagan yoki orzu qilgan kasbni egallash uchun nima qilish kerak?
7. O‘qituvchilik qanday kasb hisoblanadi?
8. Nima uchun ko‘pchilik bu kasbni sevadi?
9. Sharqda Arestotel va Forobiyga qanday yuksak baho berishgan?
10. O‘qituvchi maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchiga nimalarni o‘rgatadi?
11. O‘qituvchi o‘z shogirdlarining qanday insonlar bo‘lishini xohlaydi?
12.Ustoz o‘z shogirdlarining erishadigan muvaffaqiyatlarini yoki yo‘lqo‘yadigan kamchiliklarini qanday qabul qiladi?
II. Nazariy ma’lumot
Kasb-hunar so‘zlari nutqiy faoliyatda o‘z o‘rniga ega. Ular rasmiy-idoraviy uslubda ham faol qo‘llaniladi. Bunda kasb-hunar so‘zlari rasmiy-idoraviy uslubning asosiy talablariga bo‘ysunadi. Ya’ni, kasb-hunar so‘zlari o‘ta murakkab bo‘lmasligi kerak.
Biz yaxshi bilamizki, kasb-hunar so‘zlar ukki turga bo‘linadi.
Jamoatchilik uchun umumiy darajada tushunarli bo‘lgan so‘zlar:
a) fizika: issiqlik, energiya, yadro, zaryad, elektron, anod, katod, elektr maydon,magnit, gaz, optika, dinamika, diod, triod, harakat;
b) botanika: lupa, mikroskop, hujayra, o‘simlik, barg, tana, daraxt, buta, mag‘iz, to‘qima;
v) ma’muriy-boshqaruvga oid: qaror, buyruq, elchi, elchixona, tashkilot, shartnoma, bitim;
d) tibbiyotga oid atamalar: og‘riq, tempratura, doza, vena, yo‘tal, hansirash, o‘pka, qon, oqsil, bemor;
e) sportga oid atamalar: futbol, o‘yinchi, sovrin, g‘olib, kurash, chopish, sakrash, chavandoslik, kamon, o‘q otish, mergan, eshkak, kema, suzish, to‘p, to‘r, qanot, qilich.
Yuqoridagi so‘zlar kasb-hunar so‘zlari sifatida tan olinadi. Shuningdek ular keng iste’mol so‘zlari sifatida omma leksikasida faol qo‘llanishi ham mumkin. Bu kabi so‘zlar barcha kasb-hunarda mavjud.
2. Tor doiradagi mutaxassislargina tushunadigan va qo‘llaydigan atamalar:
a) botanika: sitologiya, hujayra qobig‘i, sitoplazma, plastidalar, leykoplast, xromoplast, xloroplast, vakiol, ona hujayra, bola hujayra, hosil qiluvchi to‘qima, asosiy to‘qima, jamg’aruvchi to‘qima, qoplovchi to‘qima, mexanik to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima, epiderma, floema, lub tolalar, kambiy, ksilema, elaksimon nay, organ, vegetativ, generativ.
b) ma’muriy-boshqaruvga oid: rezolyutsiya, rasmiy tashrif, o‘z-o‘zini boshqaruv, hal qiluvchi qaror, farmoyish, qaror qismi, aybini og’irlashtiradigan xato,ichki nazorat, rasmiy xat, qayd qilish, xizmat ma’lumotnomasi, dalolatnoma, bayonnoma;
v) tibbiyotga oid atamalar: abdominal, absorbsiya, avitaminoz, agevziya, agoniya, adaptasiya, adinomiya, insulin, ingalatsiya, inspitasiya, patologiya;
d) sportga oid atamalar: auytsayder, yon hakam, chala, yonbosh, aut, yarim final, chorak final, badminton, tramplin;
Mazkur atamalarni shu soha vakillari yaxshi tushunishadi va faol qo‘llashadi.
1-mаshq. Mаtnni o‘qing.Kasb-hunarga oid so‘zlarning tagiga chizing.
O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog‘chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog‘och, bandak, bog‘ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho‘p (asbob) kabi maxsus so‘zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‘llanadi va ular uchun tushunarlidir.
Bilib oling.Rasmiy-idoraviy uslubda noaniqlik va murakkablikka yo‘l qo‘ymaslik uchun tor doiradagi atamalar deyarli ishlatilmaydi. Jamoatchilik uchun umumiy darajada tushunarli bo‘lgan terminlar esa qo‘llanadi. Agar rasmiy uslubdagi matnda murakkab atamalar qo‘llamaslikning iloji bo‘lmasa, ular ishlatiladi. Qavs ichida izohi beriladi. Bu holatlar qonun matnlarida, nizomlarda, ko‘rsatmalarda ko‘proq uchraydi.
Kasb-hunar so‘zlari hujjatchilik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni, rasmiy uslubdagi kasb-hunar so‘zlari o‘zining asosiga, hujjatiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, shifikorlik kasbiga oid quyidagi so‘zlardan akusherlik, ginekologiya, kardiologiya kabilar rasmiy uslubda ma’muriy-boshqaruv ma’nosida ishlatiladi: Akusherlik va ginekologiya instituti, Kardiologiya markasi, kardiolog tekshiruvi qoidalari, akusherlik ishi bo‘limi, akusherlik vazifasi, ginekolog, akusher. Mazkur so‘zlar asosida ma’lum yuridik hujjat yotadi. Akusherlik va ginekologiya institut hamda Kardiologiya markasi nizom va vazirlik buyrug‘i asosida tashkillanadi; kardiolog tekshiruvi qoidalari ko‘rastma, buyruq yoki bayonnoma asosida ishlab chiqiladi.
Bu uslubda kasb-hunar so‘zlarining boshqa uslublardagi, jumladan, so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan sheva, jargonlardagi variantlari ishlatilmaydi. Masalan, rahbar so‘zining so‘zlashuv uslubidagi xo‘jayin, katta; badiiy uslubdagi rahnamo, peshvo, sarvar kabi variantlari rasmiy uslubda qo‘llanilmaydi. Balki adabiy til me’yoriga mos keladiga boshliq, rahbar variantlari ishlatiladi. Bundan tashqari, kasb-hunar so‘zlarining so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan variantlari bilan birga rasmiy uslubga xos shakli ham ishlatiladi. Faqat boshqa-boshqa matnlarda. Masalan, shartnomalarda xaridor, sotib oluvchi shaklariishlatiladi. Qonun matnlarida esa iste’molchi qo‘llaniladi. Tarjimai hol, tavsivnomalarda chevar, tikuvchi shakli qo‘llanilsa, qaror, buyruq kabi rasmiy matnlarda kasanachi, hunarmand tarzi faolroqdir.
2-mаshq. Quyidagi she’rni ifodali o‘qing va undagi oshpazlik kasbiga oid leksik so‘z birliklarining tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |