PODSHOHNING IKKI XIZMATKORI
Podshohning ikki xizmatkori bor ekan. Biri juda chiroyli bo‘lib, ikkinchisi uning batamom aksi edi. Bir kuni podshoh ikkisini sinash maqsadida huzuriga chorladi va chiroyli quliga qarata:
Sheriging haqida nima deysan? — dedi. Shunda u:
Uning fe’li juda yomon. Ishonchli emas. Qo‘lidan har qanday razillik kelishi mumkin, — dedi.
Podshoh narigi xizmatkorini yoniga chorlab dedi:
Sheriging haqida nima deysan?
Podshohim! Men sherigim haqida bir og‘iz so‘z aytishga qodirmasman. Men faqatgina uning yaxshiligini ko‘rdim, — deb javob berdi.
Shunda podshoh yana so‘radi:
U sen haqingda yomon fikrda, bunga nima deysan?
Podshohim! Hech bir banda aybsiz bo‘lmas. Men o‘z kamchiliklarimni tan olaman.
Keyin podshoh xulqi yomon xizmatkorini chaqirib, unga shunday dedi:
Qalbing toza emas ekan. Menga yordamchi bo‘lolmaysan. Tezda saroyimdan ket! Podshoh narigi quliga qarab:
Qalbing tashqi ko‘rinishingdan go‘zal ekan. Sen mening ishonchli kishimsan.
|