To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot
O`qituvchining ismi,familiyasi,otasining ismi: Olimova Gulnoza Salimjonovna
Ma’lumoti : Oliy
Mutaxasssiligi : Falsafa fani o`qituvchisi
Pedagogik ish staji : 5 yil
Ish joyi : Qorako’l tuman kasb –hunar maktabi
Elektron pochta manzili :
Telefon raqami : +99893 476-42-51
Mundarija:
1.Tarbiya fanidan taqvim-mavzular rejasi
2.Fanning ta’lim texnologiyasi
3.Mavzular to`plami
4.Baholash vositalari
5.Vizual –didaktik resurslar
Annotatsiya
Ushbu majmuada kasb-hunar maktablarining barcha yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oladigan I va II kurs ta`lim oluvchilari uchun “Tarbiya” fani bo`yicha dastur bajarilishining taqvim rejasi, fanning ta`lim texnologiyasi, mavzular to`plami,amaliy va mustaqil ishlarni bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar,baholash mezonlari,vizual didaktik resurslar va boshqa materiallar keltirilgan bo`lib, o`qituvchilar ta`lim oluvchilarga ushbu to`plamdan foydalanib bilim va ko`nikmalar berar ekan ,uni o`zlashtirish davomida ular o`zlari uchun zarur nazariy ma`lumotlarni oladilar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`ladilar. Shu bilan birga mustaqil ishlash malakasiga ham ega bo`ladilar. Fan o`qituvchilari esa o`qitish sifatini oshiradilar.
Kirish
Kasb-hunar maktablarining o`quvchilariga dars berish uchun mo`ljallangan ushbu to`plam namunaviy o`quv dasturi asosida yaratildi. To`plamda o`qituvchi uchun barcha kerakli hujjatlar mavjud. Ma`lumki, zamonaviy mutaxassis o`z sohasining mohir ustasi bo`lishi bilan birga,jamiyat hayotidagi o’rni undagi vazifalarini hamda burchlarinianglab yetishi ko`nikmalarini puxta egallagan bo`lishi lozim. Dunyoqarash bilan insoniyat jamiyati to'g'risidagi fan bilimlarining uyg'unligi. Inson shaxsi, jamiyat va ular aloqadorligi tarixiga yondashishda sivilizatsiyaviylik tamoyilining zarurligi. Shaxs kamolotining jamiyatga va ijtimoiy jarayonlar mazmunining inson yetukligiga bog'liqligi. «Tarbiya» o'quv predmeti mavzulari bilan fanning turli sohalaridagi insonshunoslik hamda din o'rtasidagi farqlar. “Tarbiya” fani o`qituvchisining o`quvchilarni xalq e`tiboridagi inson qilib tarbiyalashda o`rni katta. Shu maqsadda tarbiya fanidan berilgan materiallar o`quvchining mustaqil fikrlay olishga, o`z ustida ishlay bilish, xususan, tanlagan kasbga ilmiy va badiiy ko`nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Dars jarayonida mavzular izchilligi va uzviyligi ta`minlanishi, har bir bo`limdan so`ng mustaqil yozma ishlar va testlar o`tkazilib, egallangan bilimlarni amalda qo`llash va mustahkamlash mashqlari bajarilmog`i maqsadga muvofiqdir .
Inson kamolotida tarbiyaning o`rni beqiyosdir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni o`z tarbiyasi vositasida aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O`qituvchilarning vazifasi esa dunyoqarashi keng, mustaqil fikrli kasb egalarini tarbiyalashdir .
Do'stlaringiz bilan baham: |