1. “Tarbiya” fani predmetining mazmuni,maqsadi va vazifasi
TARBIYA fani inson, shaxs va jamiyat bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, yoshlar madaniyati va ongini oshirishga yordam berish, ularni imonli, vijdonli, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik,huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishda o‘z hissalarini qo‘shishga o‘rgatishdan iboratdir.
“ TARBIYA” fani ayni inson bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni, kishining olamni anglash,borliqni idrok etish orqali faol shaxsga aylanish jarayonlarini, uning ruhiy olami rivojlanishi bosqichlarini o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |