Ijodiy faoliyat. 3-ilova
Quyidagi matnni o‘qing.Matnda ma’naviy merosning qanday qudrati aks ettirilgan?
... ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha 242 tasi (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 160 tasi) yetib kelgan. Olimning bizgacha ma’lum bo‘lgan katta asari «Kitob ash-shifo» 4 qismdan iborat bo‘lib, undan mantiq, fizika, matematika, metafizika kabi masalalar o‘rin olgan. Bu asar bizgacha yetib kelmagan, uning Isfahondagi yong‘inda yo‘qolgani ma’lum. «Donishnoma» nomli asari esa fors tilida yozilgan...
Olimning tibbiyotga oid «Kitob al-qonun fit-tibb» («Tib qonunlari») qomusiy asarini yaxshi bilamiz. Bu asar 5 ta mustaqil katta asardan tashkil topgan. Birinchi-uchinchi kitoblarda tibbiyotning nazariy asoslari, 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ayrim tana a’zolarining kasalliklari va ularni davolash usullari bayon etiladi... Sh. Mansurov, «Ming bir xazina»
Do'stlaringiz bilan baham: |