Qoraboyev Husniddin Kamolovichning 5A 140804 – Ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo'yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “O’smirlar orasida huquqbuzarlikning kelib chiqishi



Download 26,99 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi26,99 Kb.
#832240
Bog'liq
Qoraboyev taqriz Yangiboy


Qoraboyev Husniddin Kamolovichning 5A 140804 – Ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo'yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “O’SMIRLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKNING KELIB CHIQISHI, IJTIMOIY SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Insonparvar, demokratik tamoyillar asosida boshqariladigan huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish bosh ijtimoiy maqsaddir. Bizga ma‘lumki, bu uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, uning muvaffaqiyatli kechishi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qonunlar ustuvorligiga erishish, jamiyat a‘zolarida ijtimoiy-huquqiy me‘yorlar hamda qonunlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, ularda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, har bir fuqaroda ijtimoiy faollikning qaror topishini ta‘minlashdan iborat. Ushbu talablar huquq ta‘limining tashkil etilishiga nisbatan yangicha yondashuv zarurligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi Farmoni (1997 yil 25 iyun) hamda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan (1997 yil 29 avgust).
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» kabi me‘yoriy hujjatlarda ta‘kidlanganidek, «aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri» hisoblanadi.
Huquqiy ta‘limni tashkil etish, bu yo‘lda samaradorlikka erishish omillari, shart-sharoitlarini aks ettiruvchi qarashlar huquqshunos, pedagog hamda psixologi olimlar - H.B.Boboyev, K.Normatov, Z.M.Islomov, R.Mahmudov, U.Tojixonov, A.Saidov, O.Karimova; ijtimoiy-huquqiy me‘yorlarning jamiyat va shaxs hayotida tutgan o‘rni, yoshlar ongiga huquqiy me‘yorlar to‘g‘risidagi bilimlarni singdirish haqidagi fikrlar S.I.Vosiqova, Z.M.Islomov, R.Mahmudov, X.R.Rahmonqulov, Sh.Z.O‘razayev, M.Usmonboyeva hamda A.Hamroyev; huquqiy bilimlar targ‘ibotini yo‘lga qo‘yishda ta‘lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligiga tayanish masalasi S.I.Vosiqova, O.D.Danilova, O.Karimova, O.Omonova, H.To‘ychiyeva, Z./offorov; huquqiy tarbiyani muvaffaqiyatli tashkil etish omillari va shart-sharoitlari M.Usmonboyeva, A.A.Hamroyevlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda o‘z ifodasini topgan.
Qoraboyev Husniddin Kamolovichning O’smirlar orasida huquqbuzarlikning kelib chiqishi, ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishi o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari yetarlicha o‘rganilmagani sababli dolzarbdir.
Qoraboyev Husniddin Kamolovichning 5A 140804 – Ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo'yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “O’smirlar orasida huquqbuzarlikning kelib chiqishi, ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishi kirish, 2 bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati hamda ilovalardan tashkil topgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi "O’SMIRLAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIKNI KELIB CHIQISHINING IJTIMOIY SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI" deb nomlangan bo'lib, unda o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish pedagogik muammo sifatidatalqin etilgan. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishda pedagogik-psixologik ta‘sir ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan. Bundan tashqari, turli toifadagi qonunbuzar shaxslar bilan ishlashning pedagogik jihatlari haqida ham ma'lumotlar keltirib o'tilgan.
Magistrlik dissertatsiyaning ikkinchi bobiga "O’SMIRLAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIKNI KELIB CHIQISHINING IJTIMOIY SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISHNING YO’LLARI, SHAKL VA METODLARI" deb nom berilgan bo'lib, ushbu bobda huquqbuzarlikning oldini olishda ta‘lim jarayonining maqsadi va vazifalari hamda ta‘lim va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘smirlarda huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik shart-sharoitlari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek ikkinchi bobda o‘smirlar orasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etishga oid o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi yoritib beriligan. Magistrlik dissertatsiya ishiga umumiy xulosa taqdim etilgan.
Ishning yutugʼi bilan birgalikda ayrim juzʼiy kamchiliklar ham mavjud:
Birinchidan, matnda ayrim grammatik va uslubiy xatolar uchraydi.
Ikkinchidan, ishning nazariy qismida keltirilan maʼlumotlar palapartish xolatda boʼlib, maʼlumotlar xronologik yoki mualliflarning tadqiqot amalga oshirilgan vaqti boʼyicha tizimlashtirilmagan.
Uchinchidan, amaliy tadqiqot natijalari tahlili juda tor.
Lekin keltirilgan kamchiliklarni tuzatish mumkin, ular ishning sifatiga va mazmuniga salbiy taʼsir koʼrsatmaydi.
Magistirant Qoraboyev Husniddin oʼzining magistirlik dissertatsiya ishi oldiga qoʼyilgan maqsadiga erishgan. “O’smirlar orasida huquqbuzarlikning kelib chiqishi, ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish” deb nomlangan mavzuni toʼla yoritgan va bu haqida kerakli ilmiy va amaliy maʼlumotlar asoslab berilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishi Nizom talablariga binoan bajarilgan boʼlib, Qoraboyev Husniddinning 5A140804 – Ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi boʼyicha magistr akademik darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etaman.

Taqrizchi Termiz davlat universiteti
2-kurs magistranti Xo‘shmurodov
Yangiboy Normo‘min o‘g‘li
Download 26,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish