Barcha metallar ikki guruhga: qora metallar bilan rangli metallarga bo‘linadi. Qora metallarga guruhiga, asosan, temir va uning qotishmalari (Cho’yan va po‘lat) kiradi, qolgan barcha metallar rangli metallar guruhini tashkil etadi.
Rangli metallar, o‘z navbatida, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
A) og‘ir metallar (=5-25 g/sm3);
B) engil metallar (=0,53-5 g/sm3)
V) asl boshqacha aytganda, qimmatbaho metallar;
G) nodir metallar.
Eng engil metall litiy (Li)bo‘lib, uning solishtirma og‘irligi 0,534 g/sm3 ga teng.
Asl metallar kimyoviy aktivligi juda past metallar bo‘lib, kislorod bilan bevosita birikmaydi, ya’ni ular korroziyabardosh metallar hisoblanadi.
Temir-kimyoviy belgisi Fe. D.M.Mendelev elementlar davriy sistemasimasining VIII guruhida joylashgan, tartib nomeri 26, atom og‘irligi 55,847, solishtirma og‘irligi esa 7,86 g/sm3 ga bo‘lgan yumshoq, plastik kulrang tusda tovlanadigan oq metall. Temirning suyuqlanish temperaturasi 1536 gradusga, qaynash tumperaturasi esa 2770 gradusga teng.
Texnikaviy toza temir, asosan, elektrotexnikada elektromotorlari, dinamomashinalar, elektormagnitlar uchun o‘zaklar va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi. Temir kukun metallurgiyasi usulida detallar tayyorlashda foydalaniladi. Temir Cho’yan va po‘latning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Mis-kimyoviy belisi Cu. D.I.Mendeleev elementlari sistemasining I guruhida joylashgan, tartib nomeri 29, atom og‘irligi 63,54, solishtirma og‘irligi esa 8,93 g/sm3 bo‘lagn yumshoq plastik, qizil tusli metall. Mis 10830C da suyuqlanadi va 25600S qaynaydi, issiqni va elektrni Yahshi o‘tkazadi.
Toza mis elektrotexnikada elektr simlari va boshqalar tarzida ishlatiladi. Ishlab chiqariladigan misning anchagina miqdori mis qotishmalari-latun va bronza tayyorlashga ketadi.
Latun asosan mis bilan ruxning qotishmasi bo‘lib, texnikada tarkibdagi rux miqdori 45% gacha bo‘lgan qotishma ishlatiladi.
Latunlar L harfi va latun tarkibidagi misning miqdorini bildiruvchi raqamlar bilan markalanadi. Latun tarkibida mis bilan ruxdan tashqari boshqa elementlar ham bo‘ladigan maxsus latunlarning markasida L harfidan keyin qaysi element qo‘shilganligini bildiruvchi harflar (element ruscha nomini bosh harfi), bilan belgilanadi. Misol uchun, LS-74-3; 74%-mis, 3%-qo‘rg‘oshin va qolgani ruxdir. Keyingi misollarda ham belgilashlar shu kabi bo‘lib, O-qalay (olovo), alyuminiy, N-nikelni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |