1-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: Metallar va ular qotishmalarining kristallanish jarayoni.
Ishning maqsadi: Suyuqfazadan kristallanish prоtsessinixоsil bo’lishi o’rganish.
Ishni bajarish tartibi:
Umumiy ma`lumоt.
Metallarni va qоtishmalarni kristallanishini jarayyoni.
Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan uskuna
va materiallar:
Biologik mikroskop.
(NaCl) osh tuzi.
Umumiy ma`lumоt.
Qolipga quyilgan metall va uning qotishmalarining sovib borishida kristallanish jarayonining borishini tuz eritmalarida kuzatish yordamida o’rganish shu asosda donlar o’lchamini, tabiatini va zonalar hajmini boshqarish.
Ma’lumki, metall va uning qotishmalari sharoit o’zgarganida kichik erkin energiyali barqaror holatga o’tishga intiladi va shunga ko’ra ular gaz, suyuq va qattiq holda bo’ladi.
Metallarning suyuq holatdan qattiq holatga o’tish jarayonini kuzatish shuni ko’rsatdiki, qolipdagi suyuq metall temperaturasi ma’lum darajaga pasayganda unda mayda kristallanish markazlari hosil bo’la boshlab, ulardan kristallar o’sa boradi. Metallarning o’ta sovish darajasi bilan «tug’ma», barqaror kristallanish markazlar soni va kristallarning o’sish tezligi orasida ma’lum bog’lanish bor, (1-rasm). Metallarning vaqt birligida sovishidagi kristallanish jarayonida hosil bo’layotgan kristallanish markazlaridan kristallarning o’sish sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Sxemadan ko’rinadiki, hosil bo’lgan har qaysi kristallanish markazlaridan to’g’ri shaklli, turli tomonga yo’nalgan kristallar o’sa boradi. Bu kristallarning sirtlari shunaqa bo’lak kristallar bilan to’qnashganlarida ularning sirt qiyofalari buziladi. Bu hosil bo’lgan kristallar majmuasiga kristalitlar yoki donlar deyiladi. Kristallanishning borish tezligi metallning tozaligiga, suyuqlanish temperaturasiga, o’ta sovish darajasiga va hokazolarga bog’liq. Tuz eritmalarining kristallanish jarayonini kuzatishlar ko’rsatdiki, ularda ham kristallanish metallardagi singari borar ekan. Shu sababli laboratoriya ishida metallarning kristallanish jarayonini tuz eritmalari misolida o’rganamiz.
Laboratoriya ishida kuzatiladigan eritmalar sifatida osh tuzi (NaCl), qo’rg’oshin nitrati Pb(MO3)3, ammoniy xlorid (NH4CI), sariq qon tuzi K4[Fe(CN)6], qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] va boshqalarning suvdagi eritmalaridan, ularni tayyorlashda probirka, spirt lampasidan, eritma tomchisi ni biologik mikroskop stolidagi oynaga tomizishda, tomizgichdan, tomchi diametrini o’lchashda chizg’ichdan, kristallanishni kuzatish uchun biologik mikroskopdan foydalaniladi.
Tuz eritmasini tayyorlash. Buning uchun osh tuzi yoki boshqa tuzdan bir necha gramm olib, uni probirkadagi 70-80°C gacha qizdirilgan suvga solib, o’ta to’yingan eritma hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |