Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

Amirnoma
»sidir. Muallifning mazkur asarni 1801-02 yilda yozgani 
taxmin qilinadi, chunki undagi eng oxirgi sana 1216 yil tarzida tilga olingan. Kitob 
fors-tojik tilida nazm va nasrda yozilgan. Uning she‘riy qismi 3250 baytdan iborat. 
Har bir sahifada 13 satr yozuv joylashgan. Qo‗lyozma 133 varaqdan iborat. Xati 
nasta‘liq. Qora va qizil siyohda yozilgan. Kotibi noma‘lum. Nusxa avtograf bo‗lishi 
ham mumkin.
79
Fazliy Farg‗oniyning «Umarnoma» asari tojik tilida yozilgan manzuma doston 
bo‗lib, asosan Umarxon davriga bag‗ishlangan. Umarxondan oldin xon bo‗lgan 
Qo‗qon xonlarining davrlari juda qisqa bayon etilgan. Asar matni Qo‗qon qog‗oziga 
yozilgan bo‗lib, rangli ramka ichiga olingan. Asarning birinchi beti chiroyli 
«sarlavha» bilan bezatilgan. Xati nasta‘liq. Matn qora rangda, boblarning nomlari 
qizil rangda bitilgan. «Umarnoma»ni yozishda Fazliy Abdulloh Hotifiy (Jomiy)ning 
«Temurnoma» asarini namuna sifatida tanlagan.
80
XVIII asr boshlarida hokimiyat tepasiga kelgan ming sulolasini shajaraviy, 
ya‘ni geneologik legitimlash, bu sulola tarixini yaratish Qo‗qon tarixchilaridan 
Mushrif − Mirzo Qalandar Isfaragiy (vafoti 1823 yil) zimmasiga tushdi. Mirzo 
Qalandar Mushrif Umarxonning buyrug‗iga binoan yozgan «SHohnomai 
Nusratpayom» («G‗alaba xabarini etkazuvchi shohnoma»)
81
– asarida Fazliyning 
«Umarnoma» asarini nazmdan nasrga o‗girdi va tarixiy voqealarni kengroq bayon 
qildi. 
Muallifning o‗z ismiga «Mushrif» unvonini qo‗shganligi uning mirzoligini 
bildiradi va u saroy amaldorlaridan bo‗lib, 1818 yilda Umarxon uni askar qozisi etib 
tayinlaydi
82

79
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 77-б.
80
Воҳидов Ш. XIX –XX аср бошларида Қўқон хонлиги тарихнависликнинг ривожланиши. Тарих фанлари 
доктори илмий даражасини олиш учун дисс… Тошкент: 1998, 115-б. 
81
Бу асарнинг тожик тилида ѐзилган икки нусхаси мавжуд. Улар Россия ФА ва Тожикистон Шарқшунослик 
Институти қўлѐзмалар фондида сақланмоқда. 
82
Муҳаммад Ҳакимхон. Мунтахаб ут-таворих. II жилд. ... − Б. 453. 


Mirzo Qalandar asarni yozishni 1822 yilning may oyida boshlagan bo‗lib, u 
asar ustida uzoq muddat ishlagan, ammo ba‘zi sahifalarning bo‗sh qolganligi asarni 
yozish oxiriga etmaganligidan dalolat beradi
83

Mushrifning asarida Qo‗qon tarixnavislik maktabida birinchi bor ming 
qabilasining kelib chiqishini Oltin beshik qissasi asosida bayon qilgan. Umarxonning 
sayyidlik nasabi «isbot» qilinib, hatto uning onasi payg‗ambar avlodiga mansub 
ekanligini ko‗rsatib bergan
84

Asarning matni ko‗p joylarda tahrir qilingan, hoshiyalarida ilovalar keltirilgan. 
Ba‘zi joylarda matn o‗chirilgan. Bu tuzatishlar ham muallifning o‗z qo‗li bilan tahrir 
qilganiga shubha yo‗q. Demak, muallif bu asar ustida uzoq muddat ish olib borgan. 
Biroq asar nihoyalanmagan, uning xotimasi yo‗q, ba‘zi sahifalar esa bo‗sh ham 
qolgan. 
Qo‗lyozma hajmi 15x14, 149 var. 15-17 satr. Matn hajmi 17x8. Qo‗qon 
qog‗ozi, xati nasta‘liq. Matn qora rangda, boblar nomi hamda ajratilgan so‗zlar qizil 
rangda yozilgan. Ba‘zi satrlarda matn rangli chiziqlar ichiga olingan. Muqovasi qattiq 
qog‗ozdan bezatilgan bo‗lib, charm bilan qoplangan.
85
Qo‘qon tarixnavislik maktabining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu davrda tarixiy 
asarlar yaratilishida ayol kishilarning ham ishtirok etganligidur. Xususan Uvaysiy va 
uning Qo‘qon tarixnavislik maktabidagi o‘rniga to‘xtalib o‘tsak. Uvaysiy – Jahon 
otin asli Marg‗ilonning CHilduxtaron mahallasidan bo‗lib, 1780 yili tavallud topgan. 
Uvaysiy o‗z zamonasining mashhur shoiralaridan bo‗lib, Nodira-Mohlaroyim 
homiyligida Qo‗qonga maxsus yorliq bilan kelgan edi. Uvaysiyning Qo‗qon adabiy 
muhitida ko‗rsatgan xizmati va o‗rni adabiyotchilarimiz tomonidan o‗rganilgan va 
tahlil 
etilgan. 
Uvaysiyning 
tarixiy 
dostoni 
«Voqioti Muhammadalixon 
(Muhammadalixon voqealari)» deb ataladi. Bu asarning nusxasi shoiraning «Devoni» 
va «Karbalonoma» dostoni bilan birga ko‗chirilgan bo‗lib, nusxasi O‗ZR FA Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti xazinasida, qo‗lyozma 1837 
raqam ostida saqlanadi. 14x26,5. Matni 11 satr. Nasta‘liqda, Qo‗qon qog‗oziga 
83
Воҳидов Ш.Х. Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши... −Б. 136. 
84
Ўша ерда. – Б. 134-135.
85
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 83-б. 


ko‗chirilgan. Kotibi Muhammadyunusxon. SHoiraning devoni va «Karbalonoma»si 
bilan birga hijriy 1214 (milodiy 1859) yili ko‗chirilgan. Muqovasi ko‗k, tayaki va 
labakiylari charmdan. Uchta tamg‗asi bor. Ikkitasida «Abdulqahhor sahofning amali, 
1265» degan muhr bor. Muqova o‗lchovi 27x16,7. 151 bayt. 7 var.
86
Qo‘qon tarixnavislik maktabining eng yirik nomoyondalaridan biri 
Muhammadhakimxon bo‘lib uning «Muntaxabut-tavorix» asari va muallif haqidagi 
ma‘lumotlar asosan uning shu asarida kelgan bo‗lib, bu ma‘lumotlar A.A.Semyonov, 
A.Qayumov, A.Muxtorov, B.Ahmedov, Yu.Xurshit kabi olimlarimiz tarafidan 
umumlashgan 
holda 
o‗rganilgan. 
«Muntaxabut 
– 
tavorix» 
asarini 
Muhammadhakimxon fors-tojik tilida Kitob shahrida 1259/1843 yilining yoz oylarida 
yozib tugatgan. Ilovasi 1844 yilning oxiri, 1845 yilida yozilganini aytish mumkin. 
Muallif nusxasidan shu 1843 yili yana o‗nta nusxa ko‗chirilgani ma‘lum. 
Muhammadhakimxon asarining xonlik hududlarida keng tarqalishiga o‗zi ham 
manfaatdor bo‗lgani uchun undan nusxalar ko‗chirishga ancha sa‘y-harakat qilgan. 
«Muntaxabut-tavorix»ning o‗zbek tilidagi qisqartirilgan tarjimasi ham mavjud446. 
Biroq, mazkur nusxani E. Xurshut P.P. Ivanovga o‗xshab asarning o‗zbek tilidagi 
varianti deb qabul qilishni tavsiya qiladi. E.Xurshutning tadqiqoti natijasidan ma‘lum 
bo‗ladiki, o‗zbek tilidagi «Muntaxabut-tavorix»ning nusxasi asl fors-tojik tilidagi 
matnidan ancha yiroqlashib ketgan. Unda ko‗p xatolar, voqea va sanalarning 
chalkashligi, muallif uslubini sodalashtirish yoki matnga daxolat qilish hollari ko‗zga 
tashlanadi. 
Bugungi kunda «Muntaxabut-tavorix»ning O‗zbekiston, Tojikiston va Rossiya 
xazinalarida 11 ta nusxasi saqlanadi. Ulardan №S 470 (Rossiya), №63 (Tojikiston) va 
№592 (O‗zbekiston)dagi nusxalari eng to‗la va yaxshi qo‗lyozmalar sanaladi.
87
Beknazarning «Amirlashkar jangnomasi» asari o‗zbek tilida yozilgan she‘riy 
asardir. U bitilgan qo‗lyozma nusxaning 72a varaqda muallifning nomi berilgan. 
Asarning 70b betida «ushbu kitob jangnoma turur, amirlashkarning urush qilgani 
bayoni turur», deb sarlavha berilgan. Asar bir bayoz tarkibidan o‗rin olgan va bu 
86
Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Тошкент: Асадемнашр, 2010, 155-б. 
87
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 88-б. 


nusxa O‗zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti xazinasida 
qo‗lyozma 1925 raqam ostida saqlanadi. Asar faqat «Xo‗jand ustida urush 
bo‗lganining bayoni» nomli bir bobdan iborat. Unda Xo‗jand mudofaasi va uning 
Rusiya tomonidan bosib olinishi (1866 yili iyun oyida) tafsilotlari davomida, 
Toshkent, muhofazasi va unda qahramonlik ko‗rsatgan Aliquli haqida ham so‗z 
boradi. Asarda qirg‗iz va qipchoq nizolari va Buxoro o‗rtalaridagi munosabatlariga 
aloqador ma‘lumotlar bor. 
«Amirlashkar jangnoma»si 238 baytdan iborat bo‗lib, 27 varaqqa ko‗chirilgan 
(70 b-87 b var.]. Kotibi Muhammadniyoz Oxund. Ko‗chirish sanasi hijriy 1296 
(milodiy 1878) yil. Xati nasta‘liq. Matni qora siyohda, bob nomi qizil rangda 
ko‗chirilgan. 10x6. Matnda 14 satr. Muqovasi qalin mag‗zdan, rangi ko‗k va 
munaqqash. 3 ta tamg‗asi bor. Tayakisi ta‘mirlangan.
88
Mullo Niyoz Muhammad Xo‗qandiy (1802/03-1877) ning «Ibrat ul-xavoqin»

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish