Fozil Xo‘qandiy.
63
Bizga ma‘lum bo‗lgan xo‗qandlik xattotlarning eng
qadimiysi bo‗ladilar. Tarjimai hollari va hayotlari xaqida hech qanday ma‘lumot
yo‗q. Hazrat Xoja Ahmad YAssaviy hikmatlarining Fozil Xo‗qandiy tomonlaridan
hijriy 1032 (milodiy 1623) yilda ko‗chirib kitobat qilingan nusxasi Qohira
kutubxonasida saqlanadi.
Xulosa qilib aytganda Qo‘qon xonligida kitobat ishining asosiy tarmog‘i
sanalmish xattotlik san‘ati yuksak darajada taraqqiy topgan edi. Qo‘qonlik xattotlar
mehnati sababli xalqimizning boy manaviy xazinasi yanada noyob asarlar bilan boyib
borgan. Bugungi kunda ularning ijod namunalarini yurtimizning turli muzeylarida,
xususiy shaxslar qo‘lida, turli fondlarda va xorij davlatlari kutubxonalarida saqlanib
kelinmoqda. Kelgusida ularni o‘rganish va tadqiq etish biz tarixchilarimizning
oldimizda turgan vazifalarimizdan biridir.
62
Bobobekov H.N. Qo‘qon tarixi. T.: Fan, 1996. 168-b.
63
Muhammad Yahyoxon Xo‗qandiy. ―Xo‗qandi latif tarixi‖ (Tazkira). Toshkent: 2021.
3. BOB. QO‘QON XONLIGIDA KUTUBXONACHILIK, QO‘LYOZMA VA
TOSHBOSMA ASARLARNING TAHLILI
31. XONLIKDA TASHKIL ETILGAN KUTUBXONALAR VA ULARNING
TAQDIRI
O‗rta Osiyo xonliklari davrida Turonzaminda azaldan rivojlanib kelayotgan
kitobat san‘ati bir qadar ravnaq topdi. Manbalarda ta‘kidlanishicha, Buxoro, Xiva va
Qo‗qon xonliklarida saroylar qoshida sulolaviy kutubxonalar mavjud bo‗lgan. Ushbu
kutubxonalarda arab, fors, turkiy, xitoy, rus, pushtu, hind, afg‗on, chig‗atoy tillarida
bitilgan tarix, geografiya, tibbiyot, tilshunoslik, grammatika, qonunshunoslik, ilohiyot
va boshqa fanlarga oid qadimgi noyob qo‗lyozmalar saqlangan.
XVIII asrda tashkil topgan Qo‗qon xonligida kutubxonalar barpo etish va
ularni turli noyob kitoblar bilan boyitib borishga alohida e‘tibor berilgan. Xonlikdagi
eng yirik kutubxona Qo‗qon xonlarining sulolaviy kutubxonasi edi. Tarixiy an‘ana
asosida kutubxona barcha ma‘rifatparvar xonlar tomonidan qo‗lyozma kitoblar bilan
to‗ldirilib borilgan. Ayniqsa Umarxon va uning rafiqasi Nodirabegim davrida
qo‗lyozma kitoblarni yig‗ish va ularni ko‗paytirish ishiga alohida ahamiyat berilgan.
Qo‗qon xonligida saroy kutubxonasiga alohida e‘tibor berilganligini
xonlikning saroy boshqaruv tizimida kitobdor lavozimidagi amaldor faoliyat
yuritganligidan ham bilish mumkin. Xon o‗zining saroyi (O‗rda)ga ega bo‗lib, xonlik
hududida shunday unvon va mansablarni, vazifa va martabalarni joriy etgandi.
Xususan xonlikda o‗rta martabali unvonlarga kitobdor, risolachi, bakovul,
mirzaboshi, sarmunshiy kabilar kirar edi.
64
Umarxon hukmronligi davrida ilk bor kitobdor lovozimi ta‘sis etilib, Mulla
Mirza Qalandar Mushrif ushbu lavozimga tayinlangan. Ammo Umarxon
kutubxonasining qaerda joylashganligi va ayni qanday kitoblardan iborat bo‗lganligi
haqida aniq ma‘lumotlar ma‘lum emas. Filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov
64
Воҳидов Ш.Х. XIX аср охири XX аср бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши: Тарих
фанлари доктори ... дисс. – Тошкент.: 1998. – 71-бет.
Umarxonga tegishli uchta muxrning mavjudligi, xozirda shu uch muxr qo‗yilgan
ettita qo‗lyozmaning aniqlanganligini ma‘lum qilgan holda, ushbu qo‗lyozmalarni
shartli tarzda Umarxon kutubxonasi tarkibida bo‗lganligini taxmin qiladi.
65
Mulla Mirza Qalandar Mushrifdan so‗ng uning farzandlari ham kitobdorlik
mansabida saroy kutubxonasini boshqarganlar. Bu haqda manbalarda quyidagicha
ma‘lumot uchraydi: Muhammad Alixon davrida Mirza Ayyub Behjat saroy
kutubxonasiga kitobdor lavozimiga tayinlanadi. ―Mirza Ayyub Behjat - Mirza
Qalandar Mushrifning o‗g‗lidur. Bular Isfara qaryasinda bo‗lib mulkdor, mansabdor
kishilar edi. Xon saroyida kitobdorlik mansabi bularga berilganidan bularning avlodi
kitobdor laqabini o‗zlariga iftixor familiya etib yuritadilar.
66
Qo‗qon xonlarining saroy kutubxonasi to‗g‗risida Qo‗qon tarixi va madaniyati
davlat muzeyi katta ilmiy hodimi YAhyoxon Dadaboev ma‘lumotlari ham muhimdir.
YA.Dadaboev ta‘kidlashicha: ―Xudoyorxonning o‗rdasidagi madrasa qoshida katta
kutubxona mavjud bo‗lgan. Bu kutubxonada nafaqat kitob saqlangan, balki islom
dinida muhim bo‗lgan Qur‘on, tavsir, hadis hamda fiqhga oid kitoblar ko‗p nusxada
ko‗chirtirilib, ularga Xudoyorxon muxri hamda ―mulki vaqf‖ degan yozuv bor
muhrlar tushirilgan. Bu kitoblar madrasalarga, qorixonalarga va boshqa diniy
muassasalarga vaqf mulki sifatida tarqatilgan. Bunday muhr qo‗yilgan kitoblarni
bozorga chiqarish ta‘qiqlangan‖.
67
Qo‗qon xoni Xudoyorxon davrida saroy kutubxonasiga xususiy shaxslardan
sotib olingan ko‗plab qo‗lyozma kitoblar kolleksiyalari kelib tushdi. Ular orasida
shahrisabzlik mulla Muhammad Rahimning tarix faniga oid SHarq qo‗lyozma
kitoblari to‗plamini qayd etish mumkin. Mulla Muhammad Rahim juda katta kitob
muxlisi bo‗lib, yigirma sakkiz yil mobaynida noyob qo‗lyozmalar ilinjida Hindiston,
Afg‗oniston va boshqa mamlakatlar bo‗ylab sayohat qilgan edi.
68
65
Эркинов А. Қўқон хукмдори Умархон кутубхонаси масаласи. Амирий ва Қўқон адабий муҳити. Республика
илмий-амалий анжумани материаллари. Тошкент, Тамаддун, 2017. - 69-бет
66
Қайюмов Пўлотжон. Хўқанд тарихи ва унинг адабиѐти // Нашрга тайѐрловчи Азиз Қаюмов. – Тошкент,
Тамаддун, 2011. - 29-бет.
67
Дала ѐзувлари. Қўқон маданияти тарихи давлат музейи каттта илмий ҳодими Яҳѐхон Дадабоев билан бўлган
шахсий суҳбатдан. Суҳбат 2017 йил 15–сентябр куни бўлиб ўтган.
68
Ахунжанов Э. Кутубхонашунослик, архившунослик, китобшунослик: назарияси ва тарихи Тошкент,
Тафаккур-Бўстони, 2011. - 299-бет
Saroy kutubxonalaridagi kitoblardan asosan xonning oila a‘zolari, saroy
mulozimlari va xizmatchilari foydalanishgan. Xudoyorxonning o‗g‗li O‗rmonbek
yoshligidanoq saroy kutubxonasida ko‗p vaqtini mutolaa bilan o‗tkazar edi.
69
Tarixchi Mirza Aziz saroy kutubxonasida saqlanayotgan qo‗lyozmalardan tez-tez
foydalanib, ―Qo‗qon xonligi tarixi‖ nomli katta hajmdagi kitobni tuzgan, unda
Markaziy Osiyo davlatlari va mo‗g‗ullar davlati tarixiga oid ma‘lumotlar ham
qamrab olingan.
70
Qo‗qon xonlarining qo‗lyozma kitoblardan iborat kitob omborlari va
kutubxonalari haqidagi ba‘zi bir ma‘lumotlar rus qo‗shinining 1875 yilgi Qo‗qon
xonligiga istilochilik yurishi ishtirokchilari xotiralarida uchraydi. Xususan mazkur
yurishda qatnashgan A.L.Kunga qo‗lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni yig‗ish
topshirilgan.
Rus hokimyati vakillari Ko‗qon xonlari Xudoyorxon va Mallaxon saroyida
xizmat qilgan Mirzaolim Mushrifdan 50 ta qo‗lyozma kitob topib berishni talab
qiladi. Ammo u axtarib, topib berolmaydi, vahshat-dag‗dag‗a xaddan oshib ketgach,
nixoyat 10 ta kitob berib qutuladi.
71
Mirzaolim Mushrif ham Xudoyorxon saroy
kutubxonasining kitobdori bo‗lgan bo‗lishi mumkin.
72
CHor Rossiyasining O‗rta Osiyoga istilochilik yurishlari davrida ruslar
tomonidan Qo‗qon xoni saroyidagi kutubxonadan 103 ta qo‗lyozma olingan bo‗lib,
ular asosan arab tilidagi diniy kitoblar (Qur‘on nusxalari, payg‗ambarlar,
avliyolarning hayoti va faoliyatiga bag‗ishlangan kitoblar, musulmonlar rivoyatlari,
to‗plamlari) edi. Kitoblar orasida falsafa, mantiq, grammatika va notiqlik san‘atiga,
tibbiyotga doir qo‗lyozmalar (masalan, ―Bahr al-javohir‖ yoki Otabib Xorzaning
―Marvarid dengizi‖), 15 nomdan ortiq fors tilidagi asarlar, musulmon qonunchiligi,
tarixiy mazmundagi ―Tuhfat ul-xoniy‖ (Muhammad Rahimxon hukmronligi tarixi),
Jigan Lodining ―Tarixi Jahongiri‖, SHohruh davridan tortib Xudoyorxon davrigacha
69
Умаров Ш. Худоѐрхон авлодари тарихи. Т.: Янги аср авлоди, 2016. – 170-б.
70
Исабоева Г. ХIХ асрда Қўқон хонлигида маданий ҳаѐт: Тарих фанлар номзоди. ...дисс. – Тошкент.: 2006. –
106-б.
71
Қаюмов А. Қўқон адабий муҳити. Тошкент, Ўзфанакаднашр, 1961. – 332-бет
72
Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. – Т.: Фан, 1973. – 11-бет
bo‗lgan Farg‗ona hamda Qo‗qon xonligi tarixiga doir kitoblar bo‗lgan.
73
Kitoblar
orasida shuningdek «Tavorixi SHoxruxiy», «Tarixi Muqimxoniy», «Jaxonnoma»,
«Rashaxot», «Rashonax ul-funun» kabi ko‗plab noyob qo‗lyozma asarlar ham bor
edi.
74
Ularning barchasi Rossiyaga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasi
(bugungi Rossiya Milliy kutubxonasi)ga topshirilgan.
1897 yilda rus tadqiqotchisi K.G.Zaleman Qo‗qonga kelib Xudoyorxon
kutubxonasini izlashga kirishadi. U xon kutubxonasining sobiq saqlovchisi mulla
Sarimsoqxo‗ja bilan uchrashib, 3-4 qo‗lyozma oladi. O‗shga borib, uezd sudyasi
D.M.Gramenitskiy bilan yaqindan tanishadi. Gramenitskiy Zalemanga Osiyo muzeyi
uchun o‗zining sharq qo‗lyozmalari kolleksiyasini topshiradi. Mahalliy rus olimlari
Nalivkin va Vyatkindan ham qo‗lyozmalar kolleksiyasini oladi. K.G.Zaleman yana
96 qadimiy qo‗lyozmani qo‗lga kiritadi. Safari paytida u shunday xulosaga keladi:
―O‗rta Osiyo qadimiy nodir qo‗lyozmalar makoni ekan. Bundan keyin olimlar
ishtirokida ko‗plab ilmiy safarlar uyushtirib, qo‗lyozmalarni Peterburg muzey va
kutubxonalariga yig‗ib olish zarur‖.
75
XX asrning boshida Qo‗qon xonligi saroy kutubxonasi abgor holatga kelgan,
uning qo‗lyozmalari talon-taroj qilinar, aksariyati bozorlarda sotilar edi. 1902 yilda
qo‗lyozma asarlarni topish va o‗rganish maqsadida Qo‗qonga kelgan rus sharqshunos
olimi, akademik V.V.Bartold xon saroy kutubxonasini ko‗zdan kechirib, taassuf bilan
shunday yozgan edi: ―Ayni vaqtda birorta ham qo‗lyozmalarning to‗plamlari mavjud
emas, hatto 1897 yilda K.G.Zaleman kutubxona kitobdori Sarimsoqhojining uyida
ko‗rgan Xudoyorxon kutubxonasining oz sonli qoldiqlari ham g‗oyib bo‗lgan‖.
76
Qo‗qon xonligi CHor Rossiyasi tomonidan tugatilganidan so‗ng
xonlikdagi
kutubxonalar
faoliyati
deyarli
to‗xtab qoldi. Aksariyat
kutubxonalar talon-taroj qilingan, butun qolgan qo‗lyozmalar va boshqa
xujjatlar Peterburg va Toshkent kutubxonalari o‗rtasida taqsimlangan.
73
Ахунжанов Э. Кутубхонашунослик, архившунослик, китобшунослик: назарияси ва тарихи Тошкент,
Тафаккур-Бўстони, 2011. - 300-бет
74
Мустабид тузумнинг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиѐсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари //
Масъул муҳаррир Алимова Д. – Тошкент, Шарқ, 2000. - 326-бет
75
Мустабид тузумнинг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиѐсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари //
Масъул муҳаррир Алимова Д. – Тошкент, Шарқ, 2000. - 326-бет.
76
Бартольд В.В. Отчет о командировке в Туркестан. 1904. 269-270-бет
Keyinchalik Toshkent xalq kutubxonasidagi barcha sharq qo‗lyozmalari
O‗zSSR
Fanlar
Akademiyasining
SHarqshunoslik
instituti
fondiga
topshirilgan.
77
Bugungi kunda Qo‗qon tarixi va madaniyati davlat muzeyida Xudoyorxon
saroy kutubxonasidan qolgan Qur‘oni Karim kitobi namoyishga qo‗yilgan bo‗lib,
kitob Qo‗qon ipak qog‗oziga taaliq xati bilan yozilgan va har 18-sahifasiga
Xudoyorxonning muxri urilgan. Farg‗ona viloyat tarixi va madaniyati davlat
muzeyida ham Xudoyorxon saroy kutubxonasidan qolgan Qur‘oni Karim kitobining
nusxasi mavjud. Ushbu kitob muqovasi teridan tayyorlangan va sarg‗ish tusdagi
rangda qoplangan. Bu qo‗lyozma kufiy xatida san‘atkorona ko‗chirilgan bo‗lib, 75
joyiga Xudoyorxonning ―vaqf fisabillulloh‖ yozuvli muhri bosilgan. SHuningdek, 36
ta kichik muxr bo‗lib, unga ham ―vaqf fisabilulloh 1287‖ deb, uning yozilgan sanasi
ham ko‗rsatilgan. Oyatlar o‗rtasida 36 joyga oy shaklidagi tamg‗a, yoy, quyosh
ramzlari tillo rangda bosilgan‖.
Xulosa qilib aytganda Qo‗qon xonligda madaniy hayotning ravnaq topishida
kutubxonalar muhim o‗rin egallaydi. Xonlikda saroy kutubxonasidan tashqari,
madrasa va masjidlarda, xususiy shaxslar uyida, ayrim bekliklarda ham kutubxonalar
mavjud bo‗lgan. O‗z davrinig noyob asarlari jamlangan ushbu kutubxonalar
faoliyatini o‗rganish, tadqiq etish, bugungi kun tarixchi olimlarining oldida turgan
muxim vazifalardan biri sanaladi. Ayniqsa O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 24-may sanasida imzolagan ―Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va
targ‗ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
qarorining imzolanishi bu borada amalga oshirilishi zarur bo‗lgan ishlar rejasini
belgilab berdi. Ushbu qarorda chet el fondlaridagi mavjud yurtimiz tarixiga oid
asarlarning nusxalarini ayriboshlash yoki olish masalalari ko‗rsatib o‗tilgan bo‗lib, bu
borada tegishli vazirlik va idoralar tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib
borilmoqda. Xususan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
O‗zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi xodimlari
2019-yilda Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi kutubxona va
77
Оронюк Б, Алиев Б. Архивлар – хужжатлар қалъасидир. Шарқ юлдузи. 1989-й, 11-сон.
arxivlarda bo‗lib, ushbu kutubxona va arxivlardagi O‗zbekistonga oid qo‗lyozma
kitob va xujjatlarni aniqladilar. SHuningdek Rossiya Fanlar akademiyasi SHarq
qo‗lyozmalari institutida saqlanayotgan Vatanimiz tarixiga oid bir qancha noyob
qo‗lyozmalar bilan tanishdilar. Bular qatorida Qo‗qon xoni Umarxon davri tarixiga
bag‗ishlangan Mushrif Isfaragiyning ―SHohnomai Umarxoniy‖ va Fazliy
Namangoniyning ―Umarnoma‖ asarlari qo‗lyozmalarini qayd etish mumkin. Qo‗qon
xonligi tarixini o‗rganishda muhim manba sanaluvchi mazkur ikki qo‗lyozma
nusxalarini O‗zbekistonga keltirish va faksimil nashrlarini amalga oshirish muhim
vazifa sanaladi. Kelgusida Rossiya ilmiy va madaniy muassasalari bilan, o‗zaro
hamkorlikni yanada kuchaytirish, Rossiya fondlaridagi qo‗lyozmalar asosida
―Rossiya Davlat kutubxonasidagi O‗zbekistonga oid qo‗lyozmalar‖, ―Rossiya Milliy
kutubxonasidagi Qo‗qon xonligiga oid qo‗lyozmalar‖ singari kataloglar yaratish va
ilmiy jamoatchilikni xorijdagi merosimizga oid qo‗lyozmalar bilan tanishtirib borish
zarur.
78
78
Эркинов А. Россия кутубхоналаридан Ўзбекистон тарихига оид нодир қўлѐзмалар топилди. https://m.aniq.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |