Qo‘qon xonligi


Toshkent bekligining tashkil topishi



Download 29,31 Kb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi29,31 Kb.
#728237
1   2
Bog'liq
Qo‘qon xonligi

Toshkent bekligining tashkil topishi. Toshkent azaldan О‗rta Osiyoning iqtisodiy va madaniy-ma‘naviy markazlaridan biri hisoblangan. Toshkent miloddan avvalgi IV - milodiy VII asrlarda Qang‗ davlati, eftalitlar, Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Arxeologik topilmalar, me‘moriy obidalar mahalliy an‘analarning qо‗shni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uyg‗unlashib ketganligini kо‗rsatadi. VIII asrga kelib esa Toshkent arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Keyingi bir necha asr davomida Toshkent Xorazmshohlar, mо‗g‗ullar, temuriylar davlati tarkibiga kiritilgan edi. Chunki Toshkent geosiyosiy jihatdan qulay joyda joylashgan bо‗lib, Buyuk Ipak yо‗lining markazida, Xitoy bilan g‗arb davlatlarini birlashtiruvchi savdo tuguni sifatida juda muxim shahar edi. XIII-XIV asrning birinchi yarmida Toshkent viloyati Chig‗atoy ulusi tarkibida, XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrning 80-yillarigacha esa Amir Temur va Temuriylar davlati tarkibida bо‗ldi. 1404 yilda Toshkent Mirzo Ulug‗bek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qal‘aga aylandi, uning hududi kengayib, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, madaniy hayot rivojlandi. Registon, Shayxontohur majmualaridagi maqbaralar, Jome masjidi va boshqalar qurildi.
Toshkent qadimdan О‗rta Osiyo va Sharqiy Turkistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bog‗laydigan muhim siyosiy-iqtisodiy markazlardan biri edi. XVIII asr о‗rtalaridan shaharda yuz bergan siyosiy tarqoqlik uning xо‗jaligi, tashqi va ichki savdosi rivojiga keskin tо‗sqinlik qildi. Bu vaqtda Toshkent tо‗rt qism (daha)ga, Shayxontohur, Kо‗kcha, Sebzor va Beshyog‗och dahalariga bо‗lingan edi. XV asrning ikkinchi yarmida Toshkent qо‗ldan-qо‗lga о‗tib turdi: kо‗chmanchi о‗zbeklar xoni Abulxayr (1428 1468 yillar) tomonidan qisqa muddatda bosib olindi. Sо‗ng turli temuriyzoda hukmdorlarga bо‗ysundi, keyinchalik temuriylar о‗rtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485 yilda Mо‗g‗uliston xoni Yunusxon ixtiyoriga о‗tdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u kо‗p hukmronlik qilmay, 1487 yilda Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning о‗g‗li Sulton Maxmudxon о‗tirdi. Uning hukmronligi ham kо‗pga bormadi. Toshkent 1503 yilda Shayboniyxon va Kо‗chkunchixon tasarrufiga о‗tdi. XVI asrda Toshkent kо‗chmanchi о‗zbeklar davlati tarkibiga kiritildi va shayboniylar davlatining muxim iqtisodiy va siyosiy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan о‗raldi. Me‘morchilik obidalari qad kо‗tardi, ularning ayrimlari - Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Kо‗kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 1558 yilda Toshkent qirg‗iz - qaysoklar qamaliga bardosh berdi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga bо‗ysundirilishi natijasi-da Toshkent bilan Moskva о‗rtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi. 1579 yilda Toshkentni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588 yilda shahar aholisi Abdullaxon II ning noibi, Toshkent viloyatining hokimi О‗zbekka qarshi isyon kо‗targan. Lekin, kо‗p о‗tmay isyon bostirildi. 1597 yilda shaharni qozoq xoni Tavakkalxon (1598 yilda vafot etgan) bosib oldi. Oz fursat о‗tmay Toshkent yana Buxoro xonligiga о‗tdi. Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tormor keltirib, 1612 yilda о‗g‗li Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon kо‗tarib, qochib ketayotgan Iskandarni tutib о‗ldirdi. Bundan g‗azablangan Imomqulixon Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qо‗shin yig‗ib kelib Toshkent aholisini qirg‗in qilgan.
1642 yilda Toshkent mustaqil beklik sifatida tarkib topdi. Biroq bir muddat qozoqlar hukronligi ostiga tushib qoladi. 1723 yilda Toshkent Jung‗or xoni Galdan Siren qо‗liga о‗tdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bog‗dorchilik hamda poliz ekinlari, bug‗doy, tariq, arpa, suli, zig‗ir, kunjut yetishtirish bilan shug‗ullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar kо‗p bо‗lgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli bо‗yoklar keltirishgan. Toshkent bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarqand, Kо‗lob, Shahrisabz va boshqa shaharlar о‗rtasida savdo-sotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda xam hali yaxshi taraqkiy kilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan tо‗lanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jung‗or xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta О‗rda va qalmoklarning hujumlari natijasida kо‗p zarar kо‗rdi. XVIII asrda Toshkentda og‗ir siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yuzaga keldi. Chunonchi 1723 yilda Toshkentni qalmoq kо‗chmanchilari egallab, qozoq xoni Jо‗lbarsni о‗z vassali sifatida shahar boshlig‗i etib tayinladi. Bu vaqtda Chelek, Xondayliq, Xо‗jakent, Zarkent, Parkent, Namdanaq, Qoramurt, Sayram, Chimkent va shu atrofdagi boshqa joylar Toshkent viloyati tarkibiga kirardi. Qalmoq bosqinchilari belgilangan soliqlarni va buyumlarni olib turganlar. Bu ishga Jо‗lbarsxon mutassadilik qilib borgan. Ayrim ma‘lumotlarga kо‗ra, soliqlar miqdori 40 ming tilla hisoblanib, bundan tashqari turli gazlamalar, gilamlar, oltin, kumush, qurol-yarog‗ va boshqa qimmatli narsalar olingan. Qalmoqlar zulmi xalqni shu qadar azobga solganki, 1739 yilda toshkentliklar Jо‗lbarsni о‗ddirdilar. Ammo uning о‗rniga qozoq xoni Tо‗labiy kо‗tarildi va zulm 1758 yilgacha, ya‘ni Xitoy tomonidan qalmoqlar (jung‗orlar) qirib tashlangunga qadar davom etdi. 1758 yilda Jung‗orlar davlatining Xitoy tomonidan ag‗darilishi natijasida Toshkent Xitoyga rasman vassal shaharga, amalda esa mustaqil davlatga aylangan edi. 1784 yilda Yunusxо‗ja hokimiyatni qо‗lga olib, mustaqil Toshkent davlatini barpo etishga muvaffaq bо‗ldi. Bu mustaqil davlatning boshqaruvi о‗ziga xos bо‗lib, beklar tomonidan boshqarilgan va shunga kо‗ra davlat nomi ham Toshkent bekligi deb yuritilgan.
Toshkent bekligining boshqaruv tizimi. XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida yuzaga kelgan siyosiy hayot inqirozi uning turli viloyatlari taraqqiyotiga ta‘sir kо‗rsatgan. Shunday hududlardan biri hisoblangan Toshkentda shu asrning boshlarida mahalliy xо‗jalarning mavqei ortib borgan. Natijada shaharda tо‗rt daha xо‗jalari tomonidan idora etilgan boshqaruv tizimi shakllangan. Bu tizim 1784 yilda Toshkentda ―shahar-respublika‖ga о‗sib о‗tgan. Yunusxо‗ja davlatni boshqarishni ham birmuncha tartibga solib, yakkahokimlik tarzida ish yuritgan. Bu borada shunday deyilgan: «Toshkent hukmdori (Yunusxо‗ja) о‗z fuqarolari ustidan cheksiz hokimiyatga ega. Ammo u о‗z atrofidagi eng yaxshi amaldorlar bilan maslahatlashgan holda hokimiyatni boshqaradi. Bu kengashda Yunusxо‗jaga eng sodiq va ishonchli xо‗jalar qatnashadi. Shaharni Bosh xо‗ja mansabidagi amaldor boshqarib, u tartib-intizom va obodonchilikka doir masalalar bilan shug‗ullanadi. Bosh xо‗ja aybdorlarni jazolash huquqiga ega. Ammo kimki uning hukmidan norozi bо‗lsa bevosita Yunusxо‗jaga murojaat qila oladi. Bosh xо‗ja aholiga Yunusxо‗janing kо‗rsatmasi asosida soliqlar soladi. U hukmdor yо‗qligida viloyatni boshqarish huquqiga egadir». Bu vaqtda Toshkent tо‗rtta dahadan iborat bо‗lib, bular Shayxontahur, Sebzor, (Qaffol Shoshiy), Kо‗kcha (Shayx Zayniddin) va Beshyog‗och (Zangiota) dahalari bо‗lgan. Bulardan qadimiylari Sebzor va Kо‗kcha hisoblanib, Sebzor kо‗plab bog‗lar, Kо‗kcha kо‗plab dalalar, deb ta‘riflangan. Shayxontahur Shayx Xovandi Tahur nomidan kelib chiqqan, Beshyog‗och turkiy nom bо‗lgan. Har bir daha mahallalarga bо‗lingan. 1796 yilga kelib, Chimkent, Sayram, Oltintepa, Qorabuloq, Sarapan shaharlari hamda Niyozbek va Temir mavzelari Yunusxо‗ja qо‗l ostida birlashtiriladi. Turkiston va uning atrofidagi to Chu daryosigacha bо‗lgan yerlarni ham о‗z tasarrufiga oladi. 1800 yilga kelib, Toshkent hokimligining chegarasi janub va g‗arbdan Sirdaryo bо‗ylab, shimoldan Turkiston va Qoratog‗ yonbag‗irlari orqali о‗tgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryolarining о‗ng sohili, janubi-sharqda Chotqol-Qurama tog‗ tizmalari yoqalab Sangir qishlog‗igacha borgan. 1800 yilgi ma‘lumotlarga qaraganda, Toshkent shahrida 80 mingga yaqin kishi yashagan. Toshkentni boshqarishda Bosh xо‗ja lavozimi bо‗lib, Bosh xо‗ja davlatda Yunusxо‗jadan keyin ikkinchi shaxs hisoblangan. Undan keyingi ma‘muriy pog‗onalarni mingboshi, yuzboshi, о‗nboshi va oqsoqollik martabasiga erishgan odamlar egallaganlar. Ular о‗z ishlari haqida bevosita Yunusxо‗jaga hisobot berib turganlar.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Yunusxо‗ja (1784-1803) tomonidan Toshkentda tо‗rt hokimlik tugatilib, kuchli ichki va tashqi siyosat о‗rnatilishga erishilgan bо‗lsada, lekin bu mustaqil boshqaruv uzoq davom etmadi. XVIII asrning boshlarida Farg‗ona vodiysida vujudga kelgan Qо‗qon xonligi о‗z hududini kengaytirishga urinib kelayotgan edi. Qо‗qon xonligi hukmdorlari uchun Toshkentni xonlik tarkibiga kiritish davlatning tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega edi. Shu sababli ham Qо‗qon xonlari Norbо‗tabiy (1763-1798) va uning о‗g‗li Olimxon (1798-1810) bilan Toshkent hokimi Yunusxо‗ja о‗rtalarida harbiy tо‗qnashuvlar bо‗lib turgan. Olimxonning 1809 yilda Toshkent uchun olib borgan harbiy harakati natijasida bu hudud Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritildi. Natijada Toshkentda Yunusxо‗ja hukmronligi davrida joriy etilgan boshqaruv tizimi 1809 yildan barham topib, Qо‗qon xonligidagi boshqaruv tizimiga о‗zgartirildi. XIX asr boshlaridan Toshkent Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritildi va xonlikning eng yirik viloyatiga aylandi.
Download 29,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish