Mahsuldor qatlamlarni ochish usullari Neft va gaz konlarining geologik kesimida g‘ovakli qumlar, qumtoshlar, ohaktoshlar, gillar, mergellar uchraydi. Bu tog‘ jinslar neftli, gazli va suvli bo‘lishi mumkin. Mahsuldor qatlamlarni ochish bir necha usullarda amalga oshiriladi. 1. Burg‘ilash qudug‘i mahsuldor qatlamning shipigacha kovlanib, oraliq quvurlar yordamida sementlanadi. Keyin mahsuldor qatlamlar ochilib, burg‘ilash qudug‘iga sizgich tushiriladi. Bu holda oraliq quvurlar birikmasi ishlatish quvuri vazifasini bajaradi. 2. Burg‘ilash qudug‘i mahsuldor qatlamning butun qalinligi bo‘yicha kovlanadi va sizgichli foydalanish quvurlari birikmasi tushiriladi. Keyin manjet usuli yordamida neft qatlami shipining ustki qismi sementlanadi. Bunday usullar past bosimli qatlamlarda foydalinadi. 3. Burg‘ilash qudug‘i mahsuldor qatlamning butun qalinligi bo‘yicha kovlanadi. Bundan so‘ng foydalanish (ishlatish) quvurlar birikmasi tushirilib, quduq tubidan boshlab sementlanadi. Keyin mustahkamlovchi quvurlar birikmasining mahsuldor qatlamlari qarshisidan neft va gazlarni quduqga tushishi uchun teshik ochiladi. Bunday usullar yuqori bosimli qatlamlarda foydalaniladi. Qatlamlarni ochish usuli qatlam bosimiga qatlamning neftga to‘yinganligiga va drenaj darajasiga qarab har xil bo‘ladi. Lekin ularning hammasi quyidagi talablarni qoniqtirishi lozim. 1. Yuqori bosimli qatlamlarni ochishda quduqlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ochiq favvoralarni bartaraflash; 2. Qatlamlarni ochishda quduq tubi zonasidagi tog‘ jinslarning tabiiy sizilish xossalarini saqlash. Agar quduq tubi zonasida tog‘ jinslarining o‘tkazuvchanligi kam bo‘lsa, ularning sizilish xossalarini oshirish choralarini ko‘rish hamda past v yuqori bosimli qatlamlarni ochishda Burg‘ilash eritmalarini to‘g‘ri tanlash talab qilinadi.
Birlamchi mahsuldor qatlamlar ochilgandan keyin burg‘ilash quduqlari mustahkamlovchi quvurlar birikmasi yordamida musthakamlanadi va ayrim bo‘shliqlar sementlanadi. Keyin quduqdagi mahsuldor qatlamlardan neft, gaz va boshqa suyuqliklarni olish uchun mustahkamlovchi quvurlar birikmasi, tamponaj toshi va kolmatatsion qatlamlaridan ko‘plab teshiklar ochiladi. Bunday teshiklarni ochish jarayoni «mahsuldor qatlamlarning ikkilamchi ochilishi» deb ataladi. Bunday teshiklarni perforatsiya teshiklari deb aytiladi. Quvurlarning 1 m uzunligidagi teshiklar soniga uning zichligi deyiladi. Perforatsiya teshiklar zichligi 1 m quvur uzunligida 10-20 teshik bo‘lishi mumkin. Mahsuldor qatlamlarning perforatsiya qilinishi kerak bo‘lgan qismi geologik va geofizik ma’lumotlarga qarab aniqlanadi. Agar perforatsiya depressiyada bajarilsa, quduq tubiga bo‘lgan bosim qatlam bosimidan kam, perforatsiya repressiyada o‘tkazilaYotgan bo‘lsa quduq tubi bosimi qatlam bosimidan Yuqori bo‘ladi. Depressiyada perforatsiya ishlari PNKQ, PR, PRK kabi perforatorlar Yordamida bajariladi. PNKQ perforator quduqga nasos-kompressor quvurlariga bog‘lab tushiriladi. Tushirilib bo‘lgandan keyin quduq og‘ziga fontan armaturasi o‘rnatiladi. Quduqdagi suyuqlikni yengil suyuqlikga almashtirilib, bosim pasaytiriladi. Qatlamga beriladigan depressiya 20-25 kg/sm2 dan oshmasligi lozim. PK, PRK turli perforatorlar naoso-kompressor quvurlari ichidan maxsuldor qatlam ro‘parasiga kabelda tushiriladi. Fontan armaturasi ustiga rubrikator o‘rnatiladi. Quduqdagi suyuqlik yengiliga almashtiriladi. Aksari perforatsiya repressiya sharoitida o‘tkaziladi. Perforatsiyani boshlashdan oldin qatlamni ifloslantirmaslik uchun, perforatsiya qilinadigan interval mahsus suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Keyin NKQni ko‘tarib kabelda perforator tushiriladi. Quduq og‘zida kabelni siqi turadigan preventorlar bo‘ladi. Perforatsiya ishlari tamom bo‘lgandan keyin quduqga NKQ tushirilib, fontan armaturasi o‘rnatiladi.