Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika psixologiya fakulteti oligofrenopedagogika yoʻnalishi
102-guruh talabasi Avazxonova Gulmira
O'ZBEKISTONNING XALQARO ALOQALARI VA JAHONHAMJIYATIDAGI O'RNI
Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipak yo'li O'zbekiston hududi orqali o'tgan. Bu yerda savdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog'laydigan yo'llar Markaziy Osiyodan, uning o'rtasida joylashgan O'zbekistondan o'tmoqda.
Markaziy Osiyoda jug'rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta'minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.
Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada yetakchi o'rinda turadi.Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir.
Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir.O'zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o'zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta'minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
Yurtimizning jahonga mashhur boy ma'naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rin egallab, dunyoning ma'naviy va siyosiy jarayonlariga ta'sir o'tkazish salohiyatiga ega.
Prezident Shavkat Mirziyoev ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo'yicha tashabbusi bilan chiqdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi, terrorizm muammosiga katta e'tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jahonhamjamiyatiga qo'shilish, xorijiy mamlakatiar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'matish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko'ndalang bo'lib turardi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi.
Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O'zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi.
O'zbekistonni xalqaro huquq subekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko'lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. 3-jild. – Toshkent: O'zbekiston, 2019. – 400 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. –Toshkent: O'zbekiston, 2018. – 508 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 48 b
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |