Tayanch so’z va iboralar
Adgeziya, yaxlitlik, optik va antikorrozion xossalar, yuza tozaligi, yuzaning makro- va mikrorelg’efi, gidrofil, gidrofob, yuzaning aktiv markazlari, yuza energiyasi, gidroliz, yuzaning xo’llanishi.
Takrorlash uchun savollar
Qattiq yuzaning umumiy xossalarini tushuntiring.
Yuzaning makro- va mikrorelg’efini izoxlab bering.
Turli xil yuzalar gidrofilligi va gidrofobligini Rebinder nazariyasi bo’yicha tushuntiring.
Yuza aktiv markazlarini izoxlang.
Qattiq jismlar yuza energiyasining farqlanishini tushuntiring.
Qattiq jismlar yuza energiyasini aniqlash usullarini ayting.
Qattiq yuzaning suyuq lok-bo’yoq materiali bilan xo’llanishini izoxlang.
Yuza kontakti shakllanishini tushuntiring.
Amaliyotda g’ovak va g’ovaksiz substratlarning lok-bo’yoq materiali bilan xo’llanishini usullarini ayting.
Yuzalarning havoda xo’llanishi, namlangan yuzalarning xo’llanishi va yuzalarning suv ostida xo’llanishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |