Fotokimyoviy qotirish. Suyuq lok-bo’yoqlarni qotirishda keng foydalaniladi, oxirgi vaqtlarda kukun bo’yoqlar va suyuq – lok bo’yoqlar qoplamalar texnologiyasida katta qiziqish uyg’otmoqda. Bunga qattiq to’yinmagan qoplama hosil qiluvchilar, (poliefirlar, poliuretanakrilatlar, vinil-maleinat efirlari aralshamasi) va ularni qotirishga mos jihozlar seriyasining ishlab chiqilishi turtki bo’ldi.
Kompozitsiyalarni qotirish jarayoni (R+) radikallar orqali initsirlanadigan qo’shbog’li gomopolimerlanish mexanizmi bo’yicha boradi, ular (FI) fotoinitsiatorlari parchalanishida hosil bo’ladi. SHunday vinil-maleinat tizimlari uchun maleinat (MA) va vinil (VE) orasidagi qo’shbog’li donor-aktseptorlik kompleksi hosil bo’lib, polimerlanish reaktsiyasi quyidagicha boradi:
Fotokotirishning farqlovchi o’ziga xosligi nisbatan past haroratlarda (100-120oS) jarayonning yuqori tezligidir (1-2 min). Bu haroratga chidamli va chidamsiz substratlarni (eg’och, yeg’ochli materiallar, plastmassalar va b.) qoplashda minimal energetik xarajatlar sarflash imkonini beradi.
Qoplamalar olish texnologik jarayoni uch bosqichni o’z ichiga oladi: 1) kukun materialni yuzaga sepish; 2) IK-nur ta’sirida uning 100-120o S haroratda 30 – 120 s davomida suyulishi; 3) fotoqotishi (qurish). Bu usul yeg’ochli materiallarni bo’yashda – DSP, DVP plitalari, birinchi navbatda haroratga chidamli va chidamsiz elementlari bo’lgan elektrodvigatelg’ va boshqa buyumlar korpuslarini bo’yashda ko’llaniladi.
Kukun va suyuq lok-bo’yoq materiallari asosidagi qoplamalar ko’rishi jarayonini tezlatish – materiallar tejash va mexnat unumdorligini oshirishning muxim omilidir. Bu masala tezkor qotuvchi materiallar yaratish orqali (yangi qoplama hosil qiluvchi moddalar sintez qilish, samaraliroq katalizator va tezlashtiruvchi sistemalar va boshqalardan foydalanish) va qoplamalar texnologiyasini takomillashtirish vositasida xal qilinishi mumkin (yangi usullar va jihozlarni o’zlashtirish, qotish jarayonini yunalishli boshqarish).
Energiya tashuvchilarni to’g’ri tanlash va ulardan tejamli foydalanish xam iqtisodiy ahamiyatga ega. Qoplamalarni sun’iy qotirish asosan tabiiy gaz, siqilgan gaz (propan-butan fraktsiyasi) dizelg’ yoqilg’isi, elektroenergiyasidan foydalanish bilan bog’liq. Tabiiy gaz ichki bozorda eng arzon energiya tashuvchidir. Siqilgan gaz tabiiy gazdan taxminan 5 marta kimmatrok, biroq issiqlik chiqarish quvvati unga nisbatan ko’prok. Dizelg’ yoqilg’isi – uncha xam kimmat emas, biroq turg’un bo’lmagan energiya tashuvchi. Elektr energiyasi kizdiruvchi ko’rilmalarni ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko’rsatishda juda qulay, lekin undan foydalanish tabiiy gazdan ko’ra 10 baravar qimmatroq turadi.
Tayanch so’z va iboralar
Qoplamaning qotishi (ko’rish), tabiiy va sun’iy sharoit, issiqlik ta’sirida qotish, UB-nurlar ta’sirida va radiatsion qotish, konvektiv qotish, qotish davomiyligi, IK-nurlanish, induktsiya, dispers tizimlar, fotokime.
Do'stlaringiz bilan baham: |