KUKUN BO’YOQLARDAN OLINADIGAN QOPLAMALARNI QOTIRISH
Kukun bo’yoqlarning ajralib turuvchi xossalaridan biri-suyuq komponentlarning (erituvchilar, suv) umuman yo’qligi va materialning aerozol holatidaligi (qattiq jism-havo dispersiyasi) – qoplama shakllanishidagi ba’zi bir maxsus yo’nalishlar aniqlandi.
Ulardan qoplama olishning an’anaviy texnologiyasi kukunli material surkalgan buyumni isitish bilan bog’liq. Ko’pgina termoreaktiv bo’yoqlar uchun qotish harorati 160-2000S oralig’ida yotadi, termoplastlarniki 200-3500C. Ularni qotirishda issiqlik ta’sirida qotiruvchi barcha ma’lum usullar qo’llanadi. Ko’pincha konvektik usuldan foydalaniladi, radiatsion va induktsion usullar bir muncha kamroq ishlatiladi.
Kukunli bo’yoqlar dispers tizimlar sifatida suyuq lok-bo’yoq materiallariga nisbatan kamroq issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. Tarkibida havo miqdorining ko’pligi natijasida (50 da 80% gacha) istalgan kukun bo’yoq qavati tarkibi (ayniqsa pigmentlanmagan) issiqlikni yuzaga kirishi uchun issiqlik to’sig’i bo’lib xizmat qiladi. Konvektiv isitishda kukun suyuqlanishi yuzadan boshlanib, sekin asta namunaning ichiga kirib boradi. Bu ayniqsa suyuqlanmasi yuqori qovushqoqlikka va yuqori suyuqlanish haroratiga ega termoplast qoplama hosil qiluvchilarda seziladi. IK-nurlanish xam kukunli materialda sezilarli qavat bo’lib tarqaladi. Nurli energiyaning singuvchanlik xususiyati to’lqin uzunligining kamyishi xisobiga va nurlanish quvvatining ko’payishi hisobiga bo’ladi. Ik-ta’sirida buyumning belgilangan haroratda isishi odatda konvektiv isitish usuliga nisbatan 5-10 marotaba kamroq. Kukun bo’yoqlarning boshqa alohida xususiyatlaridan biri – qotishninig qisqa tsiklidir (5-20 daqiqa) qoplamaning qotmay qolishi yoki o’ta qotib ketishiini oldini olish maqsadida, isituvchi qurilmlarning bo’yiga nisbatan xam, haroratni oqim bo’yicha doimiyligini ta’minlaydi. Harorat o’zgarishi 2,50S dan oshmasligi kerak. Xuddi shu sabablarga ko’ra termaradiatsion isitish qurilmalarida turli qalinlikdagi buyumlarda qoplama shakllanishi qiyin.
Kukun bo’yoqlarda uchuvchan moddalar miqdorining kamligi sababli (1%dan ko’p emas) kukun bo’yoqlarni qotirish qurilmalarida erituvchi saqlagan suyuq lok-bo’yoq materiallarini qotirishga nisbatan havo almashinish jarayoni qisqaligi bir necha marotaba kam. Tabiiy ventilyatsiya qo’llash ruxsat etiladi.
Energiya chiqimlarini kamaytirish va qotirish jarayonini tezlatish maqsadida oxirgi paytlarda qoplama shaklanishining yangi usullari keltirilmoqda bo’lar; suyuq issiqlik tashuvchilar qo’llash, yuqori haroratli isitish, UB-va lazerli nurlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |