QATTIQ YUZANI SUYUQ LOK-BO’YOQ MATERIALLAR BILAN
NAMLASH.
Qattiq yuzani suyuq lok-bo’yoq materiallar bilan namlash qoplama hosil qilishning asosiy shartlaridan biridir. Namlanishni turli fazodagi jismning chegaralaridagi bog’liqlik deb qarash mumkin: qattiq jism-suyuqlik-gaz yoki qattiq jism – suyuqlik-suyuqlik. U yuzadan adsorbtsion gaz va suvni siqib chiqarishga bog’liq.
Kinetik rejimda namlanish suyuqlikni qattiq yuzada oqishi tushuniladi. Namlanish va oqish yuzadagi Gibbs energiyasi kamayishi natijasida o’zi sodir bo’ladigan jarayondir.
Lok-buyok material podlojkani qanchalik yaxshi namlashi va oqishi ko’p holatda uning tashqi ko’rinishiga, tekisligiga, adgezion mustaxkamligiga va qoplamaning ximoyalanish qobilyatiga bevosita bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |