Qoplama hosil qiluvchi polimerlar texnologiyasi


KUKUN MATERIALLARNING TAVSIFI



Download 3,58 Mb.
bet22/137
Sana30.12.2021
Hajmi3,58 Mb.
#191017
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Bog'liq
2 5293990235376454884

KUKUN MATERIALLARNING TAVSIFI
Kukun materiallar – sanoatda qo’llashga mo’ljallangan lok-bo’yoq materiallarining eng istiqbolli turlaridan biridi. Ularning eng muhim afzalliklari: erituvchining yo’qligi, deyarli chiqindisiz qoplama texnologiyasi (bo’yoqni surkashdagi utilizatsiya darajasi 100% ga yaqin), qoplama olishning oddiy va iqtisodiy tejamkor jarayoni va yaxshi himoyaviy xossalaridadir. Kukun bo’yoqlarning ikki guruxi mavjud: termaplast va termoreaktiv. Birinchisi kimyoviy o’zgarishlarsiz, asosan zarrachalarning suyuqlanishi va suyuqlanmalarning sovushi hisobiga qoplama hosil qiladilar. Ular asosida olinadigan qoplamalar qaytar, termoplast va ba’zida eruvchan hisoblanadi. Ikkinchi gurux materiallarida qoplama shakllanishi kimyoviy o’zgarishlar va zarrachalar suyuqlanishi natijasida boradi. Bunday qoplamalar qaytmas, suyulanmaydiganva erimaydigan hisoblanadi. Ishlab chiqarilish va ishlatilish xajmiga ko’ra ikkinchi gurux materiallari hisoblanadi, ular 85% dan oshig’ini tashkil etadi.

Kukunli tarkiblar – to’kiluvchan dispers materiallar bo’lib, zarrachalar o’lchami termoreaktiv bo’yoqlarda bir necha mikrometrlardan 80-100 mkm gacha,termoplastlarda esa 200-300 mkm gacha bo’ladi. Bu ko’p komponetli sistemalardir. Ular tarkibiga kiruvchi ingridientlar – qoplama hosil qiluvchilar, pigmentlar, to’ldiruvchilar, plastifikatorlar, modifikatorlar, qotirish agentlari va boshqalar – suyuqlanmani keyingi maydalanishi bilan quruq (kukun shaklida) yoki nam (suyuqlanma holatida) usulda aralashtiriladi. Birinchi usuldan polimerlardan termoplast bo’yoqlar olishda foydalaniladi, ikkinchi usuldan oligomerlardan termoreaktiv bo’yoqlar olishda.

Kukunli lok-bo’yoq materiallariga bir qator spetsifik talablar qo’yiladi. Ular tashishda va saqlashda, xarakatlanuvchan va to’kiluvchan kukun holatida barqaror bo’lishi (agregatlanmasligi, qumoqlanmasligi) kerak. Shu maqsadda shishalanish harorati 600S dan kam bo’lmagan qoplama hosil qiluvchilar qo’llanadi. Bo’yoqlarni saqlash harorati 27 0C da cheklaniladi.

Termoreaktiv bo’yoqlarni kimyoviy qarishini oldini olish maqsadida qotiruvchilarni shunday tanlanadiki bunda, ularni normal haroratda qoplama hosil qiluvchi bilan kimyoviy o’zgarishlarga kirishmasiligining oldi olinadi.

Kukunli bo’yoq va materiallarga qo’yiladigan talablar – isitilgandagi suyuqlanish (zarrachalar monolitizatsiyasi), termoreaktiv tarkiblar esa qo’shimcha – qisqa oraliq vaqt ichida kimyoviy qotish qobiliyati.

Eng ko’p tarqalgan termoreaktiv tarkiblar: epoksidli, poliefirli, epoksidli-poliefirli, poliuretanli, poliakrilatli; termoplastlar: polivinilxloridli, polivinilbutiralli, polietilen, polipropilen, poliamid, pentaplast, ftoroplast asosidagi.

Kukunli lok-bo’yoq materiallarinig dunyo bo’yicha ishlab chiqarilish xajmi 2007 – yilda 1 mln.t. dan oshdi. Ularning ishlatilish soxalari yetarlicha xilma-xildir. Kukun bo’yoqlarni ko’pgina miqdori xo’jalik texnikasini, transport vositalarini, metalli mebellarni, quvurlarni bo’yashda ishlatiladi. Yirik ist’emolchilardan yana biri avtomobil, elektrotexnika va radioelektronika sanoati hisoblanadi. Shu soxalarda va biroz qurilish industriyasida ular borgan sari suyuq organik erituvchili lok-bo’yoq materiallarini siqib chiqarmoqda. Kukun bo’yoqli qoplamalar shuningdek galg’vanik, silikatli qoplamalar va murakkab elektrizolyatsiya turlari uchun yaxshi o’rindosh hisoblanadi.


Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish