Masalan, 2008 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samara- dorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida » qaroriga asosan mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi : maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi — maktab); - O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi : maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi — maktab);
- bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi mak- tabgacha ta’lim (badiiy-estetik, tillarni o‘rganish va sport yo‘nalishlari va h.k);
- Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yahshilovchi tiklovchi turdagi bolalr bog’chasi;
- tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog‘lig‘ini tiklashga yo‘naltirilgan bo- lalar bog‘chasi;
- birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi)
- Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar, shu- ningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |