8-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlarining, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning qonunlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishi
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti o‘zi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |