55-modda. Ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish va to‘xtatib turish asoslari Ishsizlik nafaqasini to‘lash quyidagi hollarda tugatiladi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olganda;
ishsiz shaxslar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga va shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni olganda;
Oldingi tahrirga qarang. ishsiz shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olganda;
(55-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ishsiz shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda;
ishsiz shaxs o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinganda;
Oldingi tahrirga qarang. ishsiz shaxs qonunchilikka muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lganda (pensiya turidan qat’i nazar);
(55-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ishsiz shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida vaqtincha bajariladigan ishga mahalliy mehnat organini bu haqda xabardor qilmay joylashganda;
ishsiz shaxs vafot etganda.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash yuqorida ko‘rsatilgan hollardan biri yuzaga kelgan paytdan e’tiboran tugatiladi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga muntazam ravishda uzrli sabablarsiz kelmagan yoki belgilangan muddatlarda kelishdan bo‘yin tovlagan yoxud ishga joylashtirishga doir yo‘llanma yoxud ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma olish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini to‘lash muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash davri tugaganligi yoki nafaqani to‘lash tugatilganligi ishsiz shaxslarni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.
Ishsiz shaxsning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tish taklifini rad etishiga maqbul ishni rad etish sifatida qaralmaydi va ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatishga sabab bo‘lmaydi.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda — stipendiya to‘langan holda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida;
ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursidan o‘tganda — bunday muassasada bo‘lish davrida;
ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotganda — bunday ishlarda ishtirok etish davrida.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxs belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda uch oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.