Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish



Download 128,53 Kb.
bet27/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

39-modda. Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish
Aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi, tashkilotlar tomonidan esa ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladi.
Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun nazarda tutiladi.
Tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlariga muvofiq belgilanadigan ish o‘rinlari eng kam sonining jami soni tashkilotning ro‘yxatdagi xodimlari o‘rtacha sonining yetti foizidan ortiqni (shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun uch foizidan kamini) tashkil etishi mumkin emas.
Xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:
lavozimlarni hisobga olgan holda, kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy sonini 1-sentabrdan kech bo‘lmagan muddatda belgilaydi;
kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 15-sentabrdan kech bo‘lmagan muddatda mahalliy mehnat organiga taqdim etadi.
Mahalliy mehnat organi tomonidan olingan ma’lumotlar asosida ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risidagi takliflar shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar kesimida tegishli qaror qabul qilinishi uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklariga har yili 1-oktabrdan kechiktirmay kiritiladi.
Mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan takliflar asosida tumanlar (shaharlar) hokimlari ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida har yili 1-noyabrdan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari asosida mahalliy mehnat organlari zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni, zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga qo‘yiladigan talablar, rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimlarining eng kam miqdorda ish o‘rinlarini tashkil etish haqidagi qarorlari bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish joriy yilning 15-noyabridan kech bo‘lmagan muddatda tashkilotlarning e’tiboriga yetkazadi.
Ushbu Qonun 38-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar tomonidan qo‘yiladigan o‘ziga xos talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rni mazkur toifadagi shaxslar uchun, shu jumladan quyidagilar uchun tashkil etilgan ish o‘rni deb hisoblanadi:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun — bolalarni tarbiyalash majburiyatlari va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan va xodimga sog‘lig‘ining holatini hamda mehnat faoliyatiga doir belgilangan qarshi ko‘rsatmalar hisobga olingan holda mehnat majburiyatlarini moneliksiz bajarish imkonini beradigan ish o‘rinlari.
Ushbu Qonun 38-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar joylashtirib bo‘lingan ish o‘rinlari kelgusi davrga zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi bo‘yicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishga nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv markazlari, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi shaxslarning manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlar ham ularni mahalliy mehnat organlariga yuborish yo‘li bilan ko‘maklashishi mumkin bo‘lib, mahalliy mehnat organlari bunday shaxslarning ishga joylashtirilishini ta’minlaydi. Bunda mazkur tashkilotlar kalendar yil boshlanishidan kamida besh oy oldin mahalliy mehnat organiga aniq tashkilotlar bo‘yicha ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga, zarur hollarda, mahalliy mehnat organlaridan har bir tashkilot bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlarining soni va xususiyati, shuningdek zaxiraga qo‘yiladigan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish huquqiga ega.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish