Qonun ustuvorligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, yurtimizni yuksak taraqqiyotga erishtirishga qaratilgan islohotlarning besh tamoyili to‘g‘risida eshitgansiz, albatta.
Hozirgi kunda butun dunyoda «taraqqiyotning o‘zbek modeli» deb keng e’tirof etilayotgan bu tamoyillar qo’yidagilar:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi.
2. Davlatning bosh islohotchi ekani.
3. Qonunning ustuvorligi va barchaga barobarligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy muhofaza etish.
5. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Qaysi tuzum yoxud jamiyatda qonuniylik ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, fuqarolar qonunga so‘zsiz itoat etgan bo‘lsa, o‘sha jamiyat va davlat yuksak taraqqiyotga, tinchlik va farovonlikka erishgan. Har bir ishning, vazifaning o‘z egasi – ijrochisi bo‘lgan.
Oqsoqollar kengashi tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalarga eng yirik amaldorlardan tortib oddiy fuqarogacha – barchaning so‘zsiz amal qilishi, bo‘ysunishi talab etilgan.
Qonuniylik oyoqosti qilingan, inson huquq va erkinliklari toptalgan, jamiyat boshqaruvi va xalq taqdiri o‘z holiga tashlab qo‘yilgan davlatlar na taraqqiyotga, na farovonlikka erishgan. Xalqning ahilligi va birdamligini saqlash, milliy manfaatlar yo‘lida qat’iyat bilan turish, mas’uliyat va hushyorlik esa qonuniylik asosida vujudga keladi. Bulardan ko‘rinadiki, qonuniylik har qanday jamiyat taraqqiyotining, farovonligi va xavfsizligining muhim sharti, kafolati hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olish darajasi, kishining qonunlarni bilish va ular asosida yashash borasida orttirgan tajribasi, umumiy huquqiy saviyasidir. Jamiyatda huquqiy madaniyat qaror topishi quyidagi omillarga chambarchas bog‘liq: 1. Davlat tomonidan xalq manfaatlarini ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. 2. Mamlakatda yuridik – huquqshunoslik fanlarining rivojlangan bo‘lishi. 3. Hammaning qonun oldida tångligi. 4. Huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning qonunlar doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishi. 5. Huquqiy tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi va hokazolar. Qonuniylik qonun ustuvorligi, qonunga muvofiqlik, faqat qonun asosida yashash, g‘ayriqonuniylikka yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi. Qonuniylik hukmron bo‘lgan joyda tinchlik-totuvlik, tartib intizom va adolat qaror topadi, insonlarning huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanadi. Huquqiy madaniyatli odam qonunlardan qo‘rqqani uchun emas, balki ularni hurmat qilgani, qonunlar timsolida xalq xohish-irodasini ko‘rgani uchun ham qonun asosida yashashni o‘z hayotining mazmuni deb biladi.
Insonning ma’naviyati yuksalib borgani sari huquq haqidagi ushunchalari ham mukammallashaveradi.
Odamzot yanada ko‘proq huquqqa, yanada ko‘proq erkinlikka ega bo‘lishni istaydi.
Adabiyotlar rо`yxati:
- Boboyev X.B. va Odilqoriyev X. T. Umumiy tahriri ostida. “Davlat va huquq nazariyasi”. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2000. 34-bet.
- “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi”. Mualliflar jamoasi. Toshkent, “Moliya”, 2002. 72-73 bet.
- Odilqoriyev X.T. va G‘oyibnazarov Sh.G‘. hammuallifligida. “Siyosiy madaniyat”. Toshkent, IIV Akademiyasi nashryoti, 2004 42-43 bet.
- Odiqoriyev X.T. Konstitutsiya va fuqorolik jamiyati. – T., 2002. 75-bet.
- Saidov A. va Tojixonov U. hammuallifligida. “Islom Karimov Konstitutsiya to‘g‘risida”. Toshkent, “Akademiya”, 2001. 52-bet.
- Sharifxodjayev M. Formirovaniye otkritogo grajdanskogo obshestva v Uzbe kistane. – T., 2002 101-bet
- Rukavishnikov V. O.Politicheskiy kulturi i sotsialniye izmeneniya. Mujdunarodniye otnosheniye. – M., 1998..82-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |