“Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” yo’nalishi bo’yicha amalga oshilayotgan ishlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’grisida»gi PF-4966-son Farmoni qabul qilingan bo’lib, ushbu farmonga ko’ra barcha sud tizimida adolatni o’rnatish, erkin va adolatli sudlov jarayonlarini tashkillashitirish, sudyalarning ongini oshirish ko’zda tutilgan. Toshkent viloyati Parkent tumanida aholining sudga oid ishlari Parkent tuman sudi tomonidan ko’rib chiqiladi. Ushbu Sud tumanning markazida joylashgan bo’lib, naaqat tuman aholisi, balki qo’shni tumanlar (Bo’ka, Olmaliq, Piskent) ning sud ishlarini ham ko’rib chiqadi. Bugungi kunda sud tizimida “Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan sud faoliyatining barcha yo’nalishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bunga misol qilib sud tizimini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali tashkillashtirish va rivojlantirish. Bunda :sudlarga murojat kiritishning soddalashtirilishi, sudlarda elektron hujjat almashinuvini yo’lga qo’yish, texnik ishlar uchun sarflanadigan vaqtni tejash, taraflarning sudga tashrif buyurmasdan turib, aloqa tizimi orqali ariza, shikoyat va da’vo arizalarini va boshqa murojaatlarni elektron tizim orqali sudga topshirish va uning natijasidan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratiladi, taraflar sud majlisining vaqti va joyi to’grisida o’z vaqtida elektron shaklda xabardor qilinadi, sudlarda xisobotlarni yuritishda qulaylik yaratiladi, shuningdek, uning aniqligi ta’minlanadi va sud qarorlarini taraflarga va ijro departamentlariga elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolarning odil sudlovga erishishini ta’minlash uchun ularga bir qancha imkoniyatlar beriladi: sud harajatlarining ko’p bo’lmasligi, sud tomonidan davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi yoki ularni to‘lashning kechiktirilishi, malakali yuridik yordam olishga yo‘l qo’yilishi va fuqarolarga sud ximoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish.
Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo’nalishi 4-bandida «Jinoyatchilikka qarshi kurashish va xuquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish» masalasi nazarda tutilgan. Parkent tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
Do'stlaringiz bilan baham: |